Mavzu: Dunyo dinlari reja


Download 58.86 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi58.86 Kb.
#1328960
Bog'liq
din


MAVZU:Dunyo dinlari
REJA:
Xristianlik
Islom dini haqida ma'lumot
Buddaviylik haqida
Yaxudiylik dini
Xristianlik paydo bo'lishi
Xristianlik yunoncha christos - "muqaddas yog’ surtilgan", "xaloskor" milodning asrida Falastinda yuzaga kelgan jahon dinlaridan biri. Xristianlik ta’limotining paydo bo’lishi Iso Masih shaxsi bilan bog’liq. Iso o’ttiz yoshga kirganda Xudoning amri bilan Yahyo payg’ambar oldiga boradi. O’sha paytlarda Yahyo isroilliklar orasida targ’ibot olib borib, ularni oxiratdan ogohlantirar, tezroq tavba qilib gunohlardan poklanishga chaqirar, izdoshlarini Iordan daryosi suvida cho’qintirar edi. Xristianlar ilk mo’jizalar mazkur cho’qintirish voqyeasidan so’ng boshlanganini ta’kidlaydilar. Yahyo Isoni suvda cho’qintirgach, birdan osmon yoriladi va yog’du taratib, kabutardek uchib tushayotgan Ruh ko’rinadi. Iso, dastlab, bir qancha vaqt shayton vasvasalarini yengish davrini o’taydi, so’ng da’vat davriga o’tadi. U o’z da’vatlarida o’zining payg’ambarligi va xalqni yaqinlashib kelayotgan “Oxirat”dan ogohlantirish uchun yuborilganini ta’kidlaydi. Gunohlardan tiyilib, tavba qilish va to’g’ri yo’lga kirishga chaqiradi. Yo’l-yo’lakay turli mo’jizalar ko’rsatib, odamlarni davolaydi.
Muqaddas manbalari
Xristianlikning muqaddas manbai “Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd” deb nomlanuvchi ikki bo’limdan tarkib topgan “Bibliya” (yunoncha - “kitoblar”) kitobi hisoblanadi. undan tashqari "Injil" ham bu dinning muqaddas kitobidir.
Xristianlikdagi oqimlar
Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g'arbiy va sharqiy tafovutlari o'sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istanbul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ruy berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi. XVI asr boshlarida katolisizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning doirasida lyuterantlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o'zlariga xos bo'lgan tomonlarga ega bo'lish bilan bir qatorda, bular ham o'z navbatida bir necha yo'nalishlar,mazhablar va oqimlarga bo'lindi.
Islom
Islom (arabcha — bo'ysunish, itoat etish, o'zini Alloh irodasiga topshirish) — jahonda keng tarqalgan uch dindan ( xristianlik va Yahudiy bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; ko'pligi „muslimun“) deb ataladi. „Muslim“, „muslimun“ so'zining boshqa xalqlar orasida o'zgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirg'iz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.Islom 7-asrda Hijoz (G'arbiy Arabiston)da paydo bo'ldi. Uning asoschisi Muhammad s.a.v sanaladi. Islom dinining paydo bo'lishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni to'g'ri yo'lga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb uqtiriladi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga payg'ambar-elchilar yuborgan. Ammo insonlar payg'ambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad sallollohu alayhi vasallamni tanladi, unga o'zining kalomi — Qurʼon nozil qildi.
Buddaviylik
Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo bo'lgan. Markaziy Osiyo, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir ko'rsatgan. Rivoyatlarga ko'ra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda ko'p sekta va mazhablarga bo'linadi.
Yaxudiylik
Iudaizm, iudaizm — asosan, yahudiylar o'rtasida tarqalgan eng qad. dinlardan biri. Mil. av. 1ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan. Arabiston yarim orolningshimolida ko'chib yurgan yahudiy qabilalari mil. av. 13-asrda Falastinni bosib oldilar va mil. av. 10-asrda Isroil — Yaxudiya davlatini tuzdilar. I. ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqparining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. I. nomi Yahudo (Iuda) kabilasining nomidan olingan.
Dastlab I. ko'pxudolik (politeistik) dini bo'lgan. Mil. av. 10—6-asrlarda I. yakkaxudolik (monoteistik) dinga aylangan. Olamni yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar o'rtasidagi ahs (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey) ning payg'ambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirili-shiga, jannat va do'zaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning rag'batlantirilishiga ishonish I.ning asosiy aqidalaridir. I. dinida xilmaxil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, ro'za tutish, .xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiklar, shanba kuni hech qanday ish bilan shug'ullanmaslik, diniy soliklar va yig'imlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qo'yilgan. I.ning asosiy diniy kitoblari — Tavrot va Talmudsa belgilangan bun-day ko'rsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.
Download 58.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling