Mavzu: Dunyo okeanlari
Download 0.59 Mb.
|
Dunyo okeanlar2
Shimoliy muz okeani - Yer yuzidagi okeanlar orasida eng kichigi. U avvallari Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi deb ham yuritilgan. Okean Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qirgʻoqlari oraligʻida joylashgan. Ushbu ummon bo'g'ozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. U Dunyo okeanining 2,8 foizini tashkil etadi. Maydoni — 14,75 million kvadrat kilometr. Suv hajmi — 17 million kub kilometr. Oʻrtacha chuqurligi — 1220 metr. Eng chuqur joyi — 5527 metr (Grenlandiya dengizining shimoli-sharqiy qismi) Shimoliy muz okeani orollar soni boʻyicha Tinch okeanidan soʻng ikkinchi oʻrinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglari: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, Franss-Iosif Yeri, Yangi Yer, Shimoliy Yer, Novosibirsk, Vrangel. Ushbu okean mustaqil ummon sifatida 1650-yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o'sha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845-yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi.
Iqlimi Shimoliy muz okeani iqlimi Arktika iqlimiga mansub. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni (yuqori bosimli hudud), yozda past bosimli hudud joylashadi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo harorati markaziy qismida oʻrtacha –28 dan –30 darajagacha. Shamol tezligi ba’zan bir soniyada 25 metrgacha yetishi mumkin. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo harorati –10 dan -12 gacha, gʻarbiy chekka qismida qisqa muddat -6, -8 gacha koʻtariladi. Bulutli va tumanli kunlar koʻp boʻladi. Yogʻin, asosan, qor shaklida yogʻadi. Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi Bu yerda fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham. Shimoliy Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli-tuman boʻlib, ularning turi 2000 dan oshadi. Baliqlardan seld, treska, dengiz olabugʻasi, piksha va boshqalar koʻp uchraydi. Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi. Muzliklari Shimoiy muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri qishda uning oʻndan toʻqqiz qismi muz bilan qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar boʻladi. Okeanning markaziy qismida 3-4 metr qalinlikdagi koʻp yillik muz (pak) maydonlari uchraydi. Muzliklarning umumiy maydoni taxminan 26 ming kub kilometrni tashkil etadi. Arktika havzasida koʻchib yuruvchi muz orollari ham bor. Ularning qalinligi 30-35 metrni tashkil etadi. Biroq soʻnggi vaqtlarda jahon olimlari tomonidan okeandagi muzliklar maydoni tobora qisqarib borayotgani aytilmoqda. Xususan, Kolorado universiteti tomonidan sun’iy yoʻldosh orqali amalga oshirilgan tahlil ma’lumotlari shuni koʻrsatadiki, muz maydonlar oʻrtacha hisobdan 14 foizga qisqargan. Agar vaziyat shu tarzda davom etaversa, 2070-yilga borib qutb muzliklari yoz davrida butunlay yoʻqolib ketishi bashorat qilinmoqda. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling