Mavzu: Dunyo okeanlari
Download 0.61 Mb.
|
Dunyo okeanlar2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temperaturasi
Gidrologik rejimi
Okeanning issiqlik balansi. Okean issiqlik balansining asosiy tarkibiy qismlari: radiatsiya balansi (quyoshning yalpi radiatsiyasidan Okeanning nur qaytarishi ayirmasi), bugʻlanishga sarflanadigan issiklik, okean yuzasi bilan atmosfera oʻrtasidagi turbulent issiklik almashinishi va oqimlarning issiqlikni bir joydan ikkinchi joyga olib ketishi. Jami radiatsiya yukrri kengliklardan quyi kengliklarga qarab kupaya boradi va atmosfera bosimi yukrri bulgan joylarda 20° shimoliy kenglik va 20° janubiy kenglikda maksimumga yetadi, bu narsa tropik va subekvatorial kengliklarda bulut kam boʻlishiga bogʻliq. Bosim baland joylarda bugʻlanishga ham maksimal issiqlik sarf boʻladi. Turbulent issiqlik almashinish barcha kengliklarda ham boshqalardan kam boʻladi. Okean suvi 30° shimoliy kenglik bilan 30° janubiy kenglik orasida issiqlikni yutadi va yuqori kengliklarda esa issiqlikni atmosferaga beradi. Bu faktlar yilning sovuq yarmida oʻrta va qutbiy kengliklarda iklimni anchagina yumshatib tu-radi. 3-jadvalda Okean issiklik balansining tarkibi kkal/sm2 yilda kenglik mintaqalari boʻyicha berilganSuv balansi. Okean yuzasidan bugʻlanadigan namlik, yogʻin suvlari va materikdan oqib tushadigan suvlardan tarkib topadi. Ana shu suvlarning nis-bati turli kengliklarda Okean suvining shoʻrlik darajasini belgilaydi. Materiklardan oqib tushadigan suvlar Okeanga tushadigan yogʻin suvlarining atigi 10% ini tashkil etadi. Shimoliy yarim sharda bugʻlanish bir yilda 111,9 sm; yogʻin 116,7 sm ga, Janubiy yarim sharda bugʻla-nish 113,0 sm, yogʻin 91,6 sm ga teng. Oʻrtacha va qutbiy kengliklarda muzlarning erishi va suv muzlashi ham suv balansida muhim ahamiyatga ega. Temperaturasi Suvning 1 sm qalinlikdagi ustki qatlami Okean ustiga tushadigan quyosh energiyasining 94% ini yutadi. Aralashish natijasida issiklik Okeanning barcha qatlamlariga oʻtadi. Okean yuzasidagi suvlarning yillik oʻrtacha temperaturasi 17,5°, Okean ustidagi havo temperaturasi esa 14,4° ga teng. Shimoliy yarim sharda suv temperaturasi Janubiy yarim shardagiga nisbatan baland-roq (materik taʼ-sirida). Termik ekvator (eng katta temperaturalar liniyasi) ekvatordan shimolda joylashgan. Bu yerda oʻrtacha yillik temperatura 28°, yopiq tropik dengizlarda esa 32°. Ekvatordan qutblarga uzoklashgan sari u qutbiy oʻlkalarda sekin-asta 1,5—1,9° gacha pasayadi. temperaturaning mav-sumiy tebranishlari 100–150 m chuqurlikkacha yuz beradi. Chuqurlashgan sari temperatura pasayadi va tubi yuzasidagi qatlamda 0° dan pastga tushadi. Pekin bu holat hamma yerda ham bir xil boʻlmaydi. Okean tubida temperatura yuzadan kelib turadigan suv temperaturasiga bogʻliq. Okean tubiga yakin suv temperaturasi 1,4—1,8°, qutbiy oblastlarda esa 0° dan past boʻladi. 7 ming m dan chuqur botiklarda temperatura pasaymasdan, ak-sincha, adiabatik jarayon taʼsirida bir gradusning oʻndan bir ulushlarigacha orta boradi. Shoʻrligi Suv balansining tarkibiy qismlari nisbatiga qarab shoʻrlik 0%o dan (yirik daryolar quyiladigan joyda) 30—42%o (tropik dengizlarda — Qizil dengiz, Fors qoʻltigʻi, Oʻrta dengiz) gacha boʻladi. Bunga okimlar, muz hosil boʻlishi va muz erishi ham taʼsir etadi. 5-jadvadda turli xil kengliklardagi Okean yuzasidagi shoʻrlikning oʻrtacha miqsori koʻrsatilgan. Shimoliy yarim sharda Janubiy yarim shardagiga nisbatan shoʻrlik kamroq: Atlantika okeanining tropik kengliklaridagi qismida 37,25%o; qutbiy oʻlkalarda shimolida 31,4%0; janubida 33,93%O; ekvatorda 32—34%o. Shoʻrlikning mavsumiy oʻzgarishi suvning yuza qismida, 100– 150 m chuqurlikkacha seziladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling