Mavzu: Dzyudo kurashining rivojlanish tarixi Reja
Download 1.44 Mb.
|
Mavzu Dzyudo kurashining rivojlanish tarixi Reja
Mavzu: Dzyudo kurashining rivojlanish tarixi Reja: Kirish
2. Dzyudo kurashining qoidalari 3. Dzyudo kurashining o’rgatish uslubiyati 4. Dzyudo musobaqalari haqida Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Dzyudo (yaponcha dzyu — yumshoq, do — yoʻl) — sport yakkakurashi. D.ga Yaponiyada prof. Dzigoro Kano (1860—1938) 1882 yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, D.ni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifa-tida shakllantirdi. D.chilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalant oyokda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 5 min., ayollarda 4 min. da-vom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yel-kadan oshirib otish va h.k.) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 30 sek. davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga "koko", "yuko", "vazari" va "ippon" baxrlari beriladi ("ippon" — sof gʻalaba, 2 ta "vazari" — gʻalaba, "yuko" va "koko" baxrlari sanab borilib, yakunda ino-batga olinadi). D. boʻyicha musobaqalar 1883 yildan oʻtkaziladi. Xalqaro D. federatsiyasi (FIJ) 1956 yilda tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistan D. federatsiyasi aʼzo (1991). 1956 yildan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964 yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonda D. bilan 20-asrning 80-yillaridan shugʻullaniladi. D.ning ayrim jihatlari oʻzbek kurashiga oʻxshash boʻlgani uchun tez ommalashdi. D. chilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal bilan takdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo oʻyinlarida (1998) — kumush, Farhod Toʻrayev jahon chempionatida (1999) — kumush va "A" toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) — 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) — oltin, "A" toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) — oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) — bronza medallarini qoʻlga kiritishgan.[1]
Dzyudo(yaponcha:柔道)- soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „Yengil yoʻl“ maʼnosini anglatadi. Sharq yakka kurashlari orasida mashhur boʻlgan bu sport turi vatani Yaponiya boʻlib XIX asr boshlarida [2] 嘉納 治五郎 tomonidan dzyudo qonun qoidalari yaratilgan. Olimpiada oʻyinlari dasturiga 1964-yili kiritilgan ushbu sport turi, Oʻzbekistonda ham ommaviy sport turlaridan biri hisoblanib, mustaqil Oʻzbekiston tarixida Olimpiada oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan 21 ta medaldan 4 tasi dzyudochilar hissasiga toʻgʻri keladi.Dzyudo – jangovar sport sifatida qo’llaniladigan jang san’ati va shaxsiy himoya qilish uchun xizmat qilish, jiu-jitsu kabi turli xil jang san’lariga qo’shilish va kuchli jang san’ati yaratish maqsadida yaratilgan. to’liq. Dzyudoning tarixi 1882da Jigoro Kano ismli kishi, jismoniy tarbiya o’qituvchisi bo’lib, dzyudo san’ati yaratdi. Bu nafaqat kuchga bog’liq bo’lmagan to’liq jang san’ati yaratadi.U dzyudoni yagona san’atga aylantirgan turli xil san’at asarlarini birlashtirib, unga kuch va qaramlik etishmasligidan xalos bo’lish uchun gravitatsiya yoki leverage tizimini ishlatish uchun texnikani yaratdi va yaratdi. Ushbu harakatlarni amalga oshirishda vazn yordam beradi. Va u erdan u normalarini o’rnatish qaror qildi, shuning uchun uning ta’lim osonroq bo’lishini va agar u yanada yaxshiroq yoyilishi mumkin bo’lsa. Ushbu jang san’atining eng katta farqlaridan biri nafaqat zafarga emas, balki jismoniy va ruhiy jihatdan jang qilish uchun yana bir ideal beradigan shaxs sifatida o’rganish va o’qitishga qaratilgan. Bularning barchasi Jigoro Kanoning Kodokan chaqirig’i bo’yicha birinchi dzyudo maktabini ochganda amalga oshdi. Sud / dzyudo maydoni Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling