Mavzu: Egalik qoshimchalari tizimi
Download 260.83 Kb.
|
Egalik qoshimchalari tizimi Djo’rabekova Mohira
Bajardi: Djo’rabekova Mohira 139-sirtqi guruh boshlang’ich ta’lim Fan: ona tili MUSTAQIL ISH Mavzu: Egalik qoshimchalari tizimi Bu mavzu boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun murakkab hisoblanadi, chunki bu mavzu o`rganilgunga qadar, bolalar “shaxs” tushunchasi bilan hali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlari hali o`rganilmagan bo`ladilar. O`quvchilarga egalik qo`shimchasi narsa birlik va ko`plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishni tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, o`quvchilarni otlarda egalik qo`shimchalari bilan tanishtirishda o`qituvchi ishini sarlavhadagi “egalik ” so`zining leksik ma`nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: egalik ega bo’lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma’nolarini bildiradi, demak, egalik qo’shimchasi deganda biror narsaga ega bo’lishini, shuni narsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini bildiradigan qo’shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo’shimchalari bilan qo’llanadi. Otga qo’shilgan egalik qo’shimchasi shu ot ifodalagan narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini bildiradi.
Download 260.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling