Mavzu: egalik shakllarining o‘z va k o‘chma ma’nolarda voqealanishi mundarija


Download 56.61 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi56.61 Kb.
#1411529
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EGANING OZ VA KOCHMA MANOSI

UMUMIY XULOSALAR
Xulosa qilib aytamizki Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo‘yish, gapda sifat bog‘langan otni (so‘z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda -roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko‘proq bo‘lishiga e’tibor beriladi. O‘quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. SHunday qilib, sifatni o‘zlashtirishda uni ot bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishga asoslaniladi. So‘z orqali predmet va hodisa bir-biriga qiyos qilinadi va shu yo‘l bilan uning umumiy va xususiy belgisi ajratiladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilda daraxt so‘zi umuman daraxt haqidagi tushunchani bildiradi. Ayni zamonda bu so‘z mevali va mevasiz daraxtni, mevaldaraxtdan olma, o‘rik shaftolini shaftolidan chillaki shaftoli yoki anjir shaftoli kabi tushunchani ham ifodalash ham mumkin. Misoldan ko‘rinadiki, tushuncha doirasi qanchalik kengay sari, predmet haqidagi tasavvur ham kengayib boradi, Shu predmetni anglatgan so‘z manosida ham kengayish yuz beradi. Narsa va predmet, voqea hodisa yoki ular orasidagi munosabatning so‘zda aks etishi so‘zning ma’nosi deyiladi. Boshqacha aytganda u so‘zning borliqdagi narsa va hodisa (narsa – shaxs, belgi, miqdor, harakatni bildirishi, nimaningdir atamasi, nomi bo‘lishidir). Odatda, predmet yo hodisaga duch kelinganda dastlab u tanish predmet bilan qiyoslanadi va shu asosida yangi predmet yoki hodisaning biror muhim belgisi (xususiyati) ajratiladi. Ana shu muhim belgi narsa va predmetga nom berish uchun asos bo‘ladi, Bu nom so‘zning ma’nosini tashkil qiladi. Buni ayniqsa, tildagi barcha yasama so‘zda yaqqol ko‘rish mumkin! ishchi - “ishlaydigan”, tomchi-“tomadigan”, guliston-“gul o‘sadigan”, qumtepa-“qum uyumi” kabi. So‘z gapdagi vazifasini grammatik shakllanganda ro‘yobga chiqaradi. Biz litseyda o‘qiymizgapi grammatik shaklsiz (Biz, litsey, o‘qi) holida fikr ifodalay olmaydi. Demak, so‘zning mohiyatini tushinmoq uchun uning fonetik, sematik, grammatik tomoniga e’tibor berish kerak. Yuqoridagi fikrdan kelib chiqib, so‘zga quydagicha ta’rif beriladi: tugal shaklangan ma’lum ma’no bilan bog‘langan tovush yoki tovush birikmasidagi iborat til birligi so‘z sanaladi. So‘zning ma’nosi murakkab bo‘lib, uning bir necha tipi mavjud. Eng avvalo ma’noning lug‘aviy (leksik), grammatik va qo‘shimcha ma’no turini farqlash kerak. So‘zning borliqdagi qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat holatni bildirishni uning lug‘aviy (leksik), atash ma’nosi deyiladi. Masalan: non-“ oziq-ovqat”, keldi-“harakat”, so‘zning leksik ma’nosi uning o‘zak, negizida bo‘ladi.Ba’zi bir so‘zda lug‘aviy ma’no bo‘lmaydi: Lekin, bilan, va, ammo, uchun so‘zi kabi. Faqat mustaqil so‘zgina atash ma’nosiga ega bo‘ladi. Olmosh bundan mustasno. U o‘zi almashtiradigan mustaqil so‘zning atash ma’nosiga ishora qiladi. Grammatik ma’no. So‘zning biror so‘z turkumiga xos belgisi, so‘z birikmasi va gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi. Masalan: biror so‘z ot turkumiga, uning turdosh, aniq, yakka turiga, biror kelishikda va ma’lum bir egalik qo‘shimchasini olgan shuningdek, so‘z birikmasida, ergash so‘z, gapda toldiruvchi bo‘lib kelgan. Sanalgan xususiyatning barchasi ot turkumiga mansub bu so‘zning grammatik ma’nosidir. Demak, so‘zning morfologik va sintaktik xususiyati uning grammatik ma’nosini tashkil etadi.

Download 56.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling