Mavzu: Egri soliqlarning davlat byudjetida tutgan o’rni
Download 68.81 Kb.
|
Egri soliqlarning davlat byudjetida tutgan o\'rni01
Bugungi kunda respublikamiz soliq siyosatining muhim yo`nalishlari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishni takomillashtirish, bilvosita soliqqa tortish samaradorligini ta`minlash, resurs soliqlariga ko`proq e`tibor qaratish, soliq tizimining soddaligiga erishish, davlat xarajatlarini optimallashtirish kabilarni qayd etish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini shakllantirish mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyilga asosan amalga oshirildi. Mazkur tamoyillardan biri davlatning bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bosh islohotchilik rolini bajarish hisoblanadi. Bu esa, iqtisodiyotga davlat aralashuvining faolligini belgilab beradi. Shubhasiz, bu jarayonda asosiy o’rinni birinchi boshqaruv vositasi sifatida soliqlar egallaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov soliqlarning iqtisodiyotni boshqarishdagi ahamiyatiga to’xtalib, jumladan shunday dedilar: «Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo’lib qoladi»
Download 68.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling