Mavzu: Ekinlarni dalada joylashtirish va tup qalinligi
Download 214.05 Kb.
|
5 -Amaliy mashg‘ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ko‘chat qalinligi
Har gektar maydondagi o‘simlikning muayyan harakterda taqsimlangan holda joylashtirilgan ko‘chat soniga ko‘chat qalinligi deyiladi. Ko‘chat qalinligi texnik sxemaga muvofiq quyidagicha ifodalanadi: 90x10x1; 90x15x2; 90x8x1; 60x15x1; 60x30x2; 60x60x4; 60x50x3 va hokazo. Har qaysi sxemada birinchi son sm hisobida qator oralari kengligini, ikkincha son sm hisobida qatordagi o‘simlik oraliqlarini, uchinchi son har qaysi uyada yaganalashdan keyin qoldirilgan ko‘chat sonini ifodalaydi. Odatda nazariy va haqiqiy ko‘chat qalinligi farq qilinadi. Nazariy ko‘chat qalinligi deb har gektar maydonda mo‘ljallangan muayyan sxema bo‘yicha joylashtirilishi kerak bo‘lgan o‘simlik soniga aytiladi. Haqiqiy ko‘chat qalinligi esa vegetatsiya davrida har gektar paxta maydonida haqiqatda mavjud bo‘lgan o‘simlik soni tushuniladi. Ayniqsa, haqiqiy ko‘chat qalinligining vegetatsiya davri oxirida, ya’ni terim oldidan bo‘lgan soni juda muhim hisoblanadi. (Chizmaga qarang) Odatda haqiqiy ko‘chat qalinligi nazariy ko‘chat qalinligidan kam bo’ladi, chunki vegetatsiya davri mobaynida o‘simlik zararkunanda va kasalliklar natijasida yoki qator oralarini ishlash vaqtida shikastlanishi mumkin va shunga o‘xshash boshqa sabablarga ko‘ra nobud bo‘ladi. O‘simlikning normal rivojlanishi uchun ko‘chat qalinligi tanlashga, ekilayotgan o’simlikning turi, morfologik belgilari va biologic xususiyatlarini hisobga olib belgilanadi. Rejada kutilayotgan hosil ekish sxemasini to‘g‘ri tanlashiga va haqiqiy ko‘chat qalinligiga bog‘liq bo‘lib, gektar hisobiga olinadigan paxta hosili ham ana shularga bog‘liq. Shunga ko‘ra paxtachilik amaliyotida har qaysi uchastka bo‘yicha belgilangan sxemaga ko‘ra nazariy va haqiqiy ko‘chat qalinligini to‘g‘ri belgilash juda katta ahamiyatga ega. Download 214.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling