Mavzu ekologik ekspertizaning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida tushuncha


Ekologik ekspertiza fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va o‘zaro aloqalari


Download 250.71 Kb.
bet3/3
Sana11.03.2023
Hajmi250.71 Kb.
#1259924
1   2   3
Bog'liq
Kurs Ishi бекzod

Ekologik ekspertiza fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va o‘zaro aloqalari.
Ekologik ekspertiza mamlakat iqtisodiyotining ekologik xavfsiz rivojlanishi muammolari yechimini topishda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. U amaliyotda faqat ekologik asoslangan xo‘jalik qarorlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish maqsadlarida ekologik ekspertizaning atrof muhitga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan g‘oyat xilma-xil ob’ektlarini maqsadga muvofiq joylashtirish, loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash, korxonalar, ob’ektlar va inshootlarni loyixalashtirish, qurish, rekonstruksiyalash, ishga tushirish ishlarini ekologik bexatarlikni ta’minlash va aholi salomatligini muhofazalash talablariga mos yo‘nalishda amalga oshirish lozim. Bunda har bir korxona, idora, tarmoq va boshqa xilma-xil ob’ktlarni ro‘yobga chiqarishda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish, atrof tabiiy muhitni sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Shu sababdan ekologik ekspertizaga taqdim etilayotgan xujjatlar ekologik ekspertiza ob’ektlarining loyihadan oldingi chuqur ilmiy-ekologik tadqiqotlari natijalariga asoslanib tayyorlanishi ekologik sabablarga ko‘ra ob’ektni ro‘yobga chiqarishga ruxsat bermaslikning oldini olishning asosiy shartidir.
Davlat ekologik ekspertizasining loyihadan oldingi bosqichida xo‘jalik yoki boshqa faoliyatning ekologik asoslab berilishini ishlab chiqish va asoslab berish bo‘yicha hozirgi vaqtda qabul qilingan tartib quyidagilardan iborat:1
Xo‘jalik faoliyati tashabbuskori ekologik ekspertizaga quyidagi xujjatlarni taqdim etadi:

  • amaldagi ko‘rsatma xujjatlarga muvofiq bajarilgan ekologik normallashtirish materiallari;

  • amaldagi ko‘rsatmalarga muvofiq tuzilgan atrof muhitga ta’sirni baholash (AMTB) materiallari. Unda quyidagi bosqichlar bo‘lishi kerak:

  1. Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risida bayonotning loyihasi (AMTB loyihasi).

  2. Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risida bayonot (AMTB)

  1. Ekologik oqibatlar to‘g‘risida bayonot (EOTB)

Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risida bayonotning loyihasi (AMTTB loyihasi) xo‘jalik faoliyatini ekologik asoslash mo‘ljallangan bosqichda tuziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • atrof muhitning asosiy xususiyatlari taxlili;

  • ko‘rib chiqilayotgan ob’ektning atrof muhitga ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish texnologik zanjirining barcha elementlari bo‘yicha-xomashyo (yoqilg‘i) manbalardan boshlab to chiqarmalar, oqavalar, va chiqindilarni ham o‘z ichiga olgan asosiy va yordamchi texnologiyaning ta’rifi;

  • belgilanayotgan yoki amalga oshiriliyotgan faoliyatning muqobil taxlili;

  • avariya holatlarining taxlili (salbiy oqibatlarni bartaraf etish extimoli va ssenariyasini baholash bilan);

  • ta’sir turlarining bayoni (ta’rifi);

  • ta’sir harakterining bayoni (ta’rifi);

  • ta’sirining asosiy ob’ektlari taxlili;

  • ko‘rib chiqilayotgan ob’ektning ta’sir zonasi uchun aniqlangan ta’siri natijalarining atrof muhitga ta’sir etishi darajasini baholash va bashorotlash;

  • atrof muhitga ta’sirni maqbul darajagacha kamaytiradigan tadbirlarning takliflari.

Bu xujjatlarni davlat ekologik ekspertizasi ijobiy baholangan taqdirda ushbu ob’ektga yer ajratish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi va xujjatdagi ekologik ishlanmalarning yetarli ekanligi yoki navbatdagi bosqichdagi xujjatlarni tayyorlash zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
AMTTB loyihasini bajarish bosqichida maxsus tadqiqotlarni talab qiladigan holatlar aniqlansa, unda xo‘jalik faoliyati tashabbuskori AMTB presudurasining navbatdagi bosqichiga o‘tadi va «Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risida bayonot»ni tayyorlashga kirishadi. Bunda quyidagilar o‘z aksini topadi;

  • loyihaga kiritilgan dastur bo‘yicha tadqiqot natijalarining taxlili;

  • atrof muhit holatining aniqlangan ta’rifi;

  • jamoatchilik muhokamasi natijalari taxlili va zarur xollarda ko‘rilayotgan faoliyatning ijtimoiy sharoitlarga ta’siriga qarab o‘zgartirishlar kiritish;

  • aniqlangan ma’lumotlar bo‘yicha ta’sir manbalarining taxlili;

  • ko‘rib chiqilayotgan ob’ektning aniq yer maydonlariga nisbatan atrof muhitga ta’sirini baholash;

  • ko‘rib chiqilayotgan ob’ektning ta’sir zonasida joylashgan hududning ekologik haritasi chizimlari va unda hududning funksional zonalashtirilishi, ta’sirga tortilayotgan atrof muhit komponentlarining holati, ko‘rib chiqilayotgan ob’ekt vaziyatining rejasi, aholi zichligi, rekreatsiya zonalari, yaylovlar va ta’sirning harakteri taxlili uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar haritaga tushiriladi.

  • ekologik va u bilan bog‘liq oqibatlar nuqtai nazaridan avariya vaziyatlari taxlili va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari.

Davlat ekologik ekspertizasi ushbu xujjatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra ularning yetarliligi, ob’ektivligi va ta’sirni baholashning chuqurligi, bashoratlarning asoslanganligi va tadbirlarning realligi (amalga oshirilishi imkoniyati) to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
AMTB protsedurasining barcha loyihalashtirilayotgan ob’ektlar uchun yakuniy bosqichi «Ekologik oqibatlar to‘g‘risida bayonot» (EOTB) xujjatini tuzish bo‘lib, unda xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi imkoniyatlari to‘g‘risida asosiy xulosalar chiqariladi va ekologik normativlar belgilanadi (REOruxsat etilgan oqavalar, REChruhsat etilgan chiqindilar, REM ruxsat etilgan me’yor) EOTB davlat ekologik ekspertizasi organlari bilan kelishiladi (tasdiqlandi) va xo‘jalik faoliyati tashabbuskori tomonidan ob’ektni ishga tushirish bo‘yicha qabul komissiyasiga topshiriladi.
Ko‘rsatilgan umumiy talablarni bajarish ekologik ekspertiza ob’ektlarining atrof tabiiy muhitga ta’sirining tarmoqlar va ob’ektlar bo‘yicha ta’sirini ham har tomonlama hisobga olishni taqazo etadi.

Ekologik ekspertiza ob’ektlarining atrof tabiiy muhitga ta’sirining farqlari va ularni baholash
Tabiiy resurslarning ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omili sifatidagi rolining kuchayib borishi ekologik ekspertizada ishlab chiqarishni joylashtirishning «tabiat-ishlab chiqarish» tizimi harakati va ishlab turishining samaradorligini oshirishdagi rol’ining kuchayib borishini har tomonlama hisobga olishni taqazo etadi. Ishlab chiqarishning joylashishi esa normal atrof tabiiy muhitni shakllantirishning asosiy shart-sharoitga aylanmoqda, ayni paytda tabiatdan foydalanish masalalari ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning muhim omillari qatoriga kiradi. Bu masalalarni va ularga bog‘liq holda ekologik ekspertiza ob’ektlarini to‘g‘ri joylashtirish maqsadlarida tarmoqlar, ishlab chiqarish va texnologiyalarni ularning tabiatga va uning komponentlariyer, o‘rmon, suv, atmosfera xavosi, xamda odamga nisbatan klassifikatsiyalash zarur. Tarmoqlar va ishlab chiqarishni klassifikatsiyalashda eng avvalo ularning jonli tabiatga va odamga zararli ta’sirini hisobga olish kerak.
Ekologik ekspertizaning sub’ektlari buyurtmachi (vakolatga ega davlat strukturasi), pudratchi (ekspertiza ijrochilarimutaxasislar), iste’molchi (ekspertiza ob’ektikorxona yoki tashkilotning egasi) o‘rtasidagi munosabatlar “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonunda va boshqa qonun xujjatlarida belgilab berilgan. Ularning huquqlari va majburiyatlari aniq ko‘rsatilgan.
Buyurtmachidavlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat orgoni O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanadi. U qonun xujjatlari talabiga muvofiq davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‘tkazadi; davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit bo‘yicha normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy xujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishga ekspert va mutaxassislarni jalb etadi; davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operesiyalarini to‘xtatib turish (tugatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi; qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi (“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida” qonunning 12-moddasi).
Shu nuqtai nazardan va qonunda belgilangan ob’ektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishning majburiyligini hisobga olib davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisi (ekspertlar) zarur bo‘lgan ma’lumotlar va materiallarni rad etish va boshqa huquqlarga ega. Buyurtmachining (ekspertlarning) majburiyatlari qatoriga davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya etish, belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlash va boshqalar kiradi. Buyurtmachi (ekspertlar) o‘z vazifasini qonunda belgilangan tartibda bajarmasa va ularni buzsa qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Pudratchi ekologik ekspertiza topshiriqlarini bajaradigan ayrim mutaxassislar yoki ilmiy tadqiqot institutlari maxsus komissiyalar bo‘lishi mumkin. Ular qonun xujjatlarida belgilangan huquqlar, majburiyatlardan foydalanib o‘z vazifalarni bajaradilar va qonun talablarini buzganlik va qonunga zid ishlari uchun qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Ekologik ekspertiza tizimida iste’molchi sifatida ekspert taxlilining predmeti hisoblangan korxona yoki tashkilotning egalari qatnashadi. Iste’molchining huquqlari qonun xujjatlarida belgilangan bo‘lib, ularni ekologik ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish, takliflar, mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish, qo‘shimcha ekologik ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida iltimos qilish, ekologik ekspertiza o‘tkazilishining borishi to‘g‘risida axborot olish va boshqalar kiradi. Iste’molchining majburiyatlari qatoriga ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun xujjatlari talablariga muvofiq taqdim etish, ekspertiza uchun belgilangan tartibda haq to‘lash, davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida ko‘rsatilgan talablarni bajarishi shartligi va boshqalar kiradi.
Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Huquqiy va ekologik-huquqiy javobgarlik qonunchilikda belgilangan talablarni davlat tomonidan bajarishga majbur qilishni bildiradi. Ekologik ekspertiza sohasida aybdorlarning javobgarligi turli shakllarda amalga oshiriladi. Bular qatoriga intizomiy, ma’muriy, moddiy, fuqarolik-huquqiy, jinoiy javobgarlik kiradi.
Ekologik ekspertizaning huquqiy normalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan qonunlar bilan belgilanadi.
Ekologik ekspertiza sohasidagi huquqiy normalarning bosh manbai O‘zbekiston respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” qonunda ekologik ekspertizaning maqsadi va ob’ektlari belgilab berilgan. “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida” qonunda essa ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari to‘la bayon qilingan. Ushbu qonunga asoslanib ekologik ekspertiza to‘g‘risida nizom ishlab chiqilgan va u respublikada ekologik ekspertizani o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha misollarni tartibga soladi.
Ekologik ekspertiza munosabatlari sub’ektlari va qatnashchilari qatoriga quyidagilar kiradi: buyurtmachi (vakolatga ega davlat strukturasi), pudratchi (ekspertiza ijrochilarimutaxassislar), iste’molchi (ekspertiza ob’ektikorxona va tashkilotning egasi).
“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida” qonun xujjatlarida sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlar belgilab berilgan, ularning huquqlari va majburiyatlari aniq ko‘rsatilgan.
Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Xulosa:
Xulosa qilib shunini aytishimiz mumkinki Korxonalarni ekspertizadan o’tkazishning asosiy maqsadidan biri bu ona ta’biatnga bolayotgan tasirni kamaytirish va ekologiyani asrash avaylashdir. Korxonalarni o’z vahtida ishlashi ekologiyaga o’z tasirinik kamaytirish va texnologiyalarni samador ishlashi uchuk eng kerakli bir jaryondir. Ekologik ekspertiza o‘tkazishda loyihalardagi atrof tabiiy muhitga ta’sirning xususiyatlari, ularni aniqlash, taxlil qilish, baholash va hisobga olish nuqtai nazaridan quyidagi komleks yo‘nalishlari ajratish mumkin: 1) texnologik (texnika) ekologik ekspertizasi; 2) korxona ekologik ekspertizasi; 3) shaharsozlik ekologik ekspertizasi; 4) tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni o‘zgartirish loyihalarining ekologik ekspertizasi.


Texnologik ekologik ekspertiza texnologiya va texnikaning ekologik mos kelishi va resurs iste’moli sig‘imini (xajmini) aniqlash asosida zarur xulosalar va yechimlarga kelishni bildiradi. Texnika texnologiya, materiallar moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir barcha texnologik xujjatlar davlat ekologik ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
Korxonalar loyihalarining ekologik ekspertizasi ushbu korxona qurilishning ehtimol tutilayotgan ekologik oqibatlarini atrof muhitning maqbul yo‘l qo‘yiladigan (me’yordagi) holati bilan taqqoslab, ob’ektiv ekspertiza xulosalarini chiqarishni bildiradi. Xulosalar tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha amaldagi normativ-texnik va yo‘riqnomauslubiy xujjatlarga, tabiat muhofazasi qonunchiligi talablariga asoslanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLA RO’YXATI




  1. 2005 yilgacha atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish bo‘yicha davlat dasturi. T.2000.

  2. Atrof muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi. T. 1998.

  3. Natsiolnalno‘y doklad. O sostoyani i okrujaeshiy prerodnoy sredo‘ i ispohlzolvanii prirodnix resurssov v respublike Uzbekistan.

  4. Li N. «Ekologicheskaya ekspertiza. Uchebnoe rukovozstvo. M. 1995.

  5. Natsionalno‘y doklad. O sostoyanii okrujayushey prirodnoy sredo‘ i ispolzovanii prirodnix resursov v respublike Uzbekistan. T. 2002.

  6. Uzbekistan: na puti k ustoychivomu razvitiyu. Povestka dnya na 21 vek. T. 2002.

  7. O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari atlasi. T. 2002.

  8. Abirqulov Q.N., Jumaev T.J., Rajabov N.R., Ekologik ekspertiza. Namunaviy o‘quv dasturi (bakalavrlar uchun). TDIU Namunaviy o‘quv dasturlari to‘plami. T.2001.

  9. Akimova T.A., Xaskin V.V. Osnovo‘ ekorazvitiya Uchebnoe posobie. M.1994.

Foydalanilgan saytlar.


  1. https://uz.petmypet.ru/1768-environmental-expertise-what-is-it.html

  2. https://www.lex.uz/docs/-32955

  3. http://eco.gov.uz/uz/site/news?id=1453



1


Download 250.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling