Mavzu: Ekоlоgiya fаni, uning rivоjlаnishi, prеdmеti vа vаzifаlаri Mа’lumki, kеyingi pаytlаrdа kundаlik turmushimizdа «ekоlоgiya»


Mavzu:Atmosfera havosining ifloslanishi. REM tushunchasi


Download 69.51 Kb.
bet9/10
Sana01.05.2023
Hajmi69.51 Kb.
#1418042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
EKOLOGIYA MUSTAQIL ISH SAYIMOV

Mavzu:Atmosfera havosining ifloslanishi. REM tushunchasi
XX asrning ikkinchi yarmida atmosferaning ifloslanishi to‘g’risidagi masala dolzarb global masalalardan biriga aylandi. “Atmosferaning ifloslanishi” tushunchasiga berilgan ko‘plab ta’riflarni umumlashtirgan holda unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: atmosferaning ifloslanishi- atmosferaning quyi qatlamlarida kishilarning salomatligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun xavfli bo‘lgan , tabiiy muhitning inson hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchun nomaqbo‘l yo‘nalishlarda o‘zgarishiga olib keladigan miqdordagi zararli moddalarning to‘planishidir.
Atmosferani ifloslanishiga sabab bo‘ladigan moddalar, yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, juda ko‘p sonli va xilma-xil. Atmosfera tarkibidagi chang zarrachalari inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi . Changlarning asorati ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning biologik faolligiga, xususiyatlariga bog’liq. Zararli deb hisoblanadigan moddalarning aksariyat katta qismi atmosfera tarkibida doimo mavjud bo‘lgan. Lekin ularning zararli xususiyatlari muayyan miqdordan (tabiiy meyordan) yuqori bo‘lgan holdagina namoon bo‘la boshlaydi. Shu sababli atmosferadagi moddalarning odam organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan miqdori belgilanishi lozim. Bunda odamning mehnat faoliyatiga va sog’ligiga zarar yetkazmaslik nazarda tutiladi.
Moddalarning bunday me’yorlari sanitariya-gigiyena mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi va ruxsat etiladigan miqdor (REM) deyiladi.
Ruxsat etiladigan miqdor (REM) – moddalarning atrof tabiiy muhit va uni tashkil etuvchi qismlarida muayyan vaqt davomida inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatmaydigan va insonning geofondiga nomaqbo‘l ta’siri bo‘lmaydigan meyorlaridir. Keyingi paytlarda REM ni aniqlashda moddalarning nafaqat inson salomatligiga, balki ularning yovoyi hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizm va shuningdek, butun biosenozga ta;sir darajasi ham e’tiborga olinmoqda. Ammo REMning har bir modda uchun shu moddaning muhitdagi tabiiy miqdori mezon qilib olinishi lozimligi to‘g’risidagi fikrlar bildirilmoqda.
Muhitning iflоslаnishi ko‘p turdаgi murаkkаb jаrаyon bo‘lib, iflоslоvchi оmillаr turigа ko‘rа iflоslаnishni quyidаgichа sinflаsh mumkin:
• kimyoviy (ingrеdiеnt) iflоslаnish — muhitdа bir yoki bir nеchа turdаgi yot kimyoviy mоddа – ingrеdiеnt ( lоt. ingredientis – kiruvchi ya’ni birоr аrаlаshmаning tаrkibigа kiruvchi) kоnsеntrаsiyasining оshib kеtishidаn muhit kimyoviy tаrkibining o‘zgаrishidir;
• fizikаviy (pаrаmеtrik) iflоslаnish — muhitning fizikаviy pаrаmеtrlаri sifаtining o‘zgаrishidir;
• biоlоgik iflоslаnish — yashаsh muhitidа оrgаnizmlаrgа zаrаr еtkаzаdigаn, ulаrdа kаsаllik kеltirib chiqаrаdigаn mikrо- vа mаkrо- оrgаnizmlаrning pаydо bo‘lishidir;
• mеxаnik iflоslаnish — muhitdа sаnоаt vа mаishiy turmush qаttiq chiqindilаrining to‘plаnib qоlishidаn kеlib chiqаdigаn iflоslаnish.

Download 69.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling