Tashqi ekzogen maromlar. Ko’pchilik hayvonlarda kun davomidagi davriylik fiziologik funksiyalarning o’zgarib turushiga to’g’ri kelmaydi.Jumladan, hayvonlardagi sutka davomida periodiklik kunduzgi, g’ira – shira va tunda yashaydigan hayvonlarga xosdir.Suv havzalarida plankton organizmlarning kunduz va tunda almashib turushi kuzatiladi.Yerning aylanishi bilan geofizik o’zgarishlar quyosh radiatsiyasining aktivligi tirik tabiat (har 11 yilda) va undagi tirik jonzotlar holatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Hamma tirik organizmlarda sutkalik maromlar mavjud. Biologik maromlar hayotning hamma tuzulishi oddiy hujayradagi bioximik reaksiyalardan tortib, eng murakkab tuzulishga ega bo’lgan organizmlarda bo’lib o’tadi. Har bir hujayra, har bir organizm o’zining “ish maromi “ (ritmi) ga ega. Taxminan 24 soat vaqtdagi (sirkat ritim) sutkalik ritimlar asosida ish maromlari bir – birlari bilan bog’langan.
Tirik organizmlardagi sutkalik (sirkat) maromlar juda keng diapazonda kuzatiladi. Sutkalik maromlar nafas olish va tana harorati o’zgarishida, yurak faoliyati va qon aylanishida, ichak – oshqozon va ortiqcha moddalarning tanadan chiqarish jarayonlarida kuzatiladi.
Bioritm organizmning vaqtni seza bilishi bo’lib, bu holat “biologik soat” deb aytiladi. Organizm kunlik o’zgarishga emas, balki tabiatdagi ancha marakkab giofizik o’zgarishlarga ham oriyentirovka qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |