Xo’jalik-iqtisodiy yo’nalishi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish bosqichlarida tabiat muhofazasining vazifa va maqsadlari o’ziga xos xususiyatlariga ega. Ko’pchilik geografik hududlar tabiatni o’z-o’zi tiklash qobiliyatini yuqotdi. Tabiatshunos olimlar, tabiat muhofazasining asosiy yo’li ded xo’jalikda ishlatilishdan iloji boricha o’zgartirilmagan landshaftlar va boshqa tabiiy obektlarni saqlash deb biladilar. O’zbekiston hududida har yili ko’plab kanal, ariq va zovurlar qaziladi. Biroq bu inshoatlar chekkalariga daraxtlar ekib, yasil daraxtzorlar hosil qilashga yetarlicha ahamiyat berilmaydi. Agar bunday inshoatlar bilan birgaularning atroflariga daraxtlar ekilsa, tabiat yashil o’simliklar bilan yanada boyitiladi, ko’rkam orombaxsh joylar ko’paya boradi. Buni katta Farg’ona kanali misolida ko’rish mumkin.
Tabiatning muhofaza qilishning qo’riqxona sistemasi xo’jalik hisobida turgan tabiiy zahiralarning tiklanish va ko’payishini ta’minlay olmaydi. Ya’ni iqtisodning rivojlanishiga javob bera olmaydi. Shuning uchun ham oxirgi vaqtda tabiat zaxiralaridan oqilana foydalanib, uni muhofaza qilsh birinchi navbatdagi vazifa bo’lib qoldi.
Tabiat muhofazasi iqtisodning zaruriy tarkibiy qismi va uni rivojlantirish shartlaridan biridir. Xo’jalikning iqtisodiy masalalari tabiat muhofazasida birlamchi rol o’ynaydi. Fan-texnika inqilobi va texnika taraqqiyoti, sharoiti, aspektning muhimligi ana shundadir.Inson hayoti uchun optimal sharoit yaratish tabiat muhofazasining eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |