Mavzu: ekologiya jurnalistikasida kasb etikasi
Download 21.16 Kb.
|
EKOLOGIYA JURNALISTIKASIDA KASB ETIKASI
MAVZU: EKOLOGIYA JURNALISTIKASIDA KASB ETIKASI O’zbekiston elekrtron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O’zEOAVMAga a’zo nodavlat teleradiostansiyalar va “Mening yurtim” telekanali jurnalistlari ishtirok etdilar. Ekologik jurnalistika buguni kunda dolzarb yo’nalishlardan biri hisoblanadi. OAV vakillari uchun tizimli ravishda o’tkaziladigan seminar treninglar va mahorat darslari bu yo’nalishda ta’lim berishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bunda ayniqsa, oliy o’quv yurtlari talabalari, kollej, litsey va maktab o’quvchilariga yetarlicha axborot yetkazish masalasi alohida ahamiyatga ega. Seminarning ochilishida so’z olgan YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkatning ta’kidlashicha, ekologik muammolarni hal etishda, barqaror rivojlanishga erishishda, ekologiya sohasida hamda atrof-muhitni asrashda olib borilayotgan ishlar haqida keng ommani xabardor etishda, aholining ushbu jarayonda faol ishtirokini ta’minlashda va albatta ekologik ta’limni rivojlantirishda OAVning o’rni beqiyos. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2013-2017-yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boyicha harakatlar dasturi” to’g’risidagi qarorida belgilab qo’yilgan keng ko’lamli vazifalarni amalga oshirishda tizimli ishlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi “Ekologik nazorat to’g’risida”gi O’RQ-363-son Qonunining qabul qilinishi atrof-muhit muhofazasi bo’yicha holatni va aholi salomatligini monitoring qilish hamda ekologik nazoratni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning (NNT) o’rni va rolini aniq belgilab berdi. Qonunda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning turli shakllari, xususan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, NNTlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining ishtiroki nazarda tutilgan. – Asosiy maqsadimiz, ekologiya mavzusida qalam tebratayotgan jurnalist va blogerlarni birlashtirish, muammolarni yoritishda jurnalistika tamoyillariga amal qilishdan iborat, – deydi ekologik jurnalistika kengashining raisi, filologiya fanlari doktori Nargis Qosimova. – Yurtimizda ekologik muammolar juda ko‘p. Ammo biz faqatgina ularning uch-to‘rttasini yoritishgagina e’tiborimizni qaratyapmiz. Misol uchun, daraxtlarni kesilishi yoki qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning o‘ldirilishi, chiqindi hamda suvlarning ifloslanishi va yetishmasligi muammosi kabilar. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov ekologik muammolarga eng ko‘p e’tibor qaratishi zarur bo‘lgan tashkilot, ya’ni ekologiya partiyasining harakatlari sust ekanini tanqid qildi. O‘zbekistonda hozirgi kunda global deb sanalgan barcha ekologik muammolar mavjud. Ularni bartaraf etishda mamlakatimiz ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – atrof-muhit muhofazasi misolida inson huquqlarini himoya qilish, salomatligini asrash, kelajak avlodga ekologik xavflardan holi toza tabiiy muhitni qoldirishdan iborat. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2019 yil 30 oktabrda “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unda qator ekologik muammolarning yechimini topish orqali mamlakatimizni aynan ekologik jihatdan xavfsiz hududga aylantirish, aholining ekologik ongini shakllantirish va ekologik madaniyatini oshirish ko‘zda tutilgan. Men ekojurnalist sifatida 2004 yildan buyon faoliyat yuritib kelaman. Hozirgi paytda rahbarligimdagi ekolog.uz sayti va https://t.me/ekologuz telegram kanali orqali mamlakatimizning barcha hududlaridan kuniga kelib tushayotgan ekologik muammolar haqidagi 15-20 tagacha murojaatni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda o‘rganib, ularni bartaraf etishga hissamizni qo‘shib kelmoqdamiz. Bundan tashqari, o‘zim ta’lim berayotgan O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Media va kommunikatsiya fakulteti, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti Internet jurnalistikasi fakulteti o‘quv dasturlariga “Ekojurnalistika” fanini kiritdik. Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazining mediatreneri sifatida BMTTD, Kanada fuqarolik tashabbuslari markazi, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi, YuSAID xalqaro tashkilotlari hamkorligida O‘zbekiston jurnalist va blogerlari uchun ekologik muammolarni yoritish bo‘yicha seminar-trenerlar o‘tkazib kelayapmiz. Bugun mening mamlakatimiz tabiatini muhofaza qilish, yurtdoshlarimizni aynan mavjud ekologik xavflar haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish, yoshlarning ekologik ongini shakllantirishga qo‘shayotgan kichik hissamni e’tirof etgan holda, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoniga munosib ko‘rilganim uchun minnatdorchilik bildiraman. Fursatdan foydalanib, Xalqaro inson huquqlari kuni, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilganining 25 yilligi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman. Markaz faoliyatiga respublikamizda inson huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlariga omad tilab qolaman. Gazeta hamda davriy nashrlarda koʻpincha jurnalistlar tomonidan yozilgan xususiyatlar (xususiyatlar uslubiga qarang) mavjud boʻlib, ularning aksariyati chuqur jurnalistik yozishning ushbu shakliga ixtisoslashgan. Badiiy maqolalar odatda yozishning uzunroq shakllaridir, toʻgʻridan toʻgʻri xabarlarga qaraganda uslubga koʻproq eʼtibor beriladi. Koʻpincha ular fotosuratlar, chizmalar yoki boshqa „sanʼat“ bilan birlashtirilgan. Ular, shuningdek, tipografik effektlar yoki ranglar bilan taʼkidlanishi ham mumkin. Yozish xususiyatlari toʻgʻridan toʻgʻri yangiliklar yozishdan koʻra koʻproq talabchan boʻlishi ham mumkin, sababi esa jurnalist voqea faktlarini toʻgʻri toʻplash hamda xabar qilish uchun bir xil kuch sarflashi kerak boʻlsa-da, uni yozishning ijodiy va qiziqarli usulini ham topishi kerak. Yetakchi yoki munozarali lede (yoki hikoyaning birinchi ikki paragrafi; Yongʻoq grafigiga qarang) oʻquvchi eʼtiborini jalb qilishi va shu bilan birga maqola gʻoyalarini toʻgʻri aks ettirishi kerak. XX asrning oxirgigi yarmida toʻgʻridan toʻgʻri xabar berish bilan bir qatorda badiiy yozish oʻrtasidagi chegara xiralashdi. Bugungi kunda jurnalistlar va nashrlar yozishga turlicha yondashuvlarni sinab koʻrmoqda. Tom Wolfe, Gey Talese, Hunter S. Tompson bu misollardan baʼzilari. Shahar va muqobil haftalik gazetalar farqni xiralashtirishda yanada uzoqroqqa boradi. Koʻplab jurnallar toʻgʻridan toʻgʻri yangiliklardan koʻra koʻproq xususiyatlarni oʻz ichiga oladi. Baʼzi telekoʻrsatuvlar muqobil formatlar bilan tajriba oʻtkazdi. Yangiliklar koʻrsatuvi deb daʼvo qilingan koʻplab telekoʻrsatuvlar anʼanaviy tanqidchilar tomonidan bunday deb hisoblanmadi, chunki ularning mazmuni va usullari qabul qilingan jurnalistik standartlarga mos kelmaydi. Boshqa tomondan, Milliy jamoat radiosi odatda yuqori sifat standartlariga javob beradigan toʻgʻridan-toʻgʻri xabarlar, xususiyatlar va ikkalasining kombinatsiyasini aralashtirishning yaxshi namunasi hisoblanadi. AQShning boshqa jamoat radiosi yangiliklar tashkilotlari ham xuddi shunday natijalarga erishdi. Gazetalarning aksariyati, televideniye va radio yangiliklari tashkilotlari kabi, yangiliklar va nashrlar oʻrtasidagi aniq farqni saqlab kelmoqda. Ekologiya muammosi davrimizning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qoldi. Insoniyat XXI asrga qadam qo‘yar ekan, uning oldida olamni asrash, kelajak avlodning barqarorligini ta’minlash, turli ekologik muammolarning oldini olishdek dolzarb masala ko‘ndalang turibdiki, bu hech kimni tashvishga solmay qolmaydi. Natijada iqlimning o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayib ketishi, turli kasalliklarning paydo bo‘lishi, fasllarning o‘zgarib borishi kabi salbiy oqibatlar kelib chiqmoqda. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish, tabiiy resurslarni ishdan chiqarish, ekotizimdagi ekologik aloqalarni buzish global muammo bo‘lib qoldi. Hozirgi paytda dunyoning qaysi bir mintaqasini olib qaramaylik, inson hayoti uchun katta xavf tug‘dirayotgan ekologik vaziyatni bartaraf qilishdek og‘ir muammolar o‘z yechimini kutib turganligining guvohi bo‘lamiz. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolardan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir»1 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 2013-yilning «Obod turmush yili»2 deb nomlanishi yoshlarga bozor iqtisodiyoti sharoitida ekologik ta’lim va tarbiyani xalqaro andozalar talabi darajasida olib borilishini ham taqozo etadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida «Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar» va 54-moddasida «Mulkdor o‘z mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart», deb ifoda etilgan. Download 21.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling