Mavzu: “ekskursiya – maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash shakli”


Download 26.48 Kb.
bet1/6
Sana02.06.2024
Hajmi26.48 Kb.
#1836038
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu “ekskursiya – maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy jihatd




ANGREN UNIVERSITETI



MUSTAQIL ISH


Fan: Maktabgacha taʼlim tarbiyani tashkil etish


Mavzu: “EKSKURSIYA – MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY JIHATDAN TARBIYALASH SHAKLI”


Bajardi: Buronboyeva D.

Guruh: 11 MT


Tekshirdi: Giyasova M.

Angren 2023


EKSKURSIYA – MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY JIHATDAN TARBIYALASH SHAKLI

Reja:

  1. Kirish.

  2. Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan ekskursiya uyushtirish.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng o'z milliy qadriyatlarini tiklash yo'lida jamiyat hayotining har bir jabhasida sobitqadamlik bilan ish olib bormoqda.Bolalarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda tabiatshunoslikning roli katta.Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog'cha yoshidan boshlamoq kerak.Shunga ko'ra bolalar bog'chalarida murg'ak qalblarga ta'lim arbiya berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng muhim vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go'zalliklarini ko'ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz bergan voqea hodisalar haqida to'g'ri tushunchaga ega bo'lishi, qolaversa tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo'lmog'i lozim.

Tabiat bilan tanishtirishning bolalarni aqliy jihatdan o'sishiga ta'siri.

Tabiat - insoniyat yashashi uchun buyuk makon, nozu-ne‘matlar manbai bo‘lib, uni asrash har bir insonning burchi, bu borada xalqimiz o‘zining milliy-tarixiy an‘analariga ega. Bu an‘analar doimo rivojlantirilib, boyitib kelingan. O‘tmishdan ma‘lumki, tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Tabiat, tug‘ilish, yashash, o‘sish-faoliyat maydoni. Inson tabiat bilan birga yashaydi, o‘sadi, rivojlanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng tabiatni muhofaza qilishga oid ma‘naviy qadriyatlar ham xalq hayotida to‘laroq namoyon bo‘la boshladi. Mustaqillik tufayli yurtimizda qadim-qadim zamonlarda kechgan davlatchilik taraqqiyoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma‘naviy hayotni atroflicha tahlil va tadbiq etish imkoniyati vujudga keldi. "Xalqning madaniy qadriyatlari, ma‘naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma‘naviyat manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an‘analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi" deb ta‘kidlaydi I.A.Karimov


Download 26.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling