Mаvzu: Ekzogen geologik jarayonlar. Nurash
Yer po’stining nuragan qismi
Download 1.43 Mb.
|
Mаvzu Ekzogen geologik jarayonlar. Nurash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrotermal nazariyasi
- Qong’ir komir nazariyasi
Yer po’stining nuragan qismi. Yer po’stidagi kaolinli qatlam-larning paydo bo'lish sabablari so'nggi yillarda ko'pchilikning e'tiborini o'ziga jalb qildi. Gidrotermal nazariya g’arbiy Еvropa va Angliyadagi kaolinli konlarni o'rganish asosida yaratilgan edi.
Kaolinning paydo bo'lishi haqidagi hozirgi nazariyalar: gid-rotermal, qo'ng’ir ko'mir va qadimgi po'stning nurashi kabi uch xil nazariyaga bo'linadi. Gidrotermal nazariyasi. 1902 yilda janubiy Germaniyada kaolinni tekshirish natijasi uni gidrotermal yo'l bilan paydo bo'lgan, degan xulosaga olib kelgan. Angliyadagi Kornuel, Shimoliy Amerikaning Aydaxo shtatidagi Spoken va boshqa kaolin konlari ham gidrotermal yo'l bilan paydo bo'lgan konlarga kiradi. Bu konlarning gidrotermal yo'l bilan paydo bo'lganligi quyidagi faktorlardan ko'rinadi, chunonchi: kaolinning juda qalin (70-75 m) bo'lishi; kaolin konlarining yangi jinslar orasida u Yer-bu Yerda va tomir tarzida uchrashi; kaolinli uchastkalarning Yer yorig’ida, daykada, mineral buloqlar zonasida joylashishi; kaolinitning yirik va Yaxshi kristallanganligi; kaolin orasida ahyonda pnevmatolit minerallaridan turmalin, flyuorit va boshqalarning uchrashi; kaolinda engil oksidlanuvchi sul’fit minerallar - pirit, galinit va boshqalarning uchrashi. Bu sabablar kaolinning gidrotermal yo'l bilan paydo bo'lishini to'la ravishda ko'rsatib bera olmaydi. V.P. Petrov kaolin konlarini o'rganib, nurash jarayonida ham Yuqoridagi hollar ro'y beradi deb ko'rsatadi. Shunga qaramasdan, gidrotermal nazariyani noto'g’ri deb bo'lmaydi. Chunki ayrim o'lkalarda, masalan, Yangi Zelandiya va Kam-chatkada gidrotermal kaolin konlarining hosil bo'lganligi ma'lum. Qo'ng’ir ko'mir nazariyasi. Bu nazariya bundan 60 yilcha oldin Mitcherlixom bilan Shtermmel tomonidan taklif qilingan bo'lib, bu nazariyani ba'zi bir g’arb olimlari qo'llab kelmoqda. Shtermmel fikricha, qo'ng’ir ko'mir granit jinsining ustida hosil bo'lsa, granit kimyoviy o'zgarish natijasida bevosita kaolinga aylanadi. Bu nazariyaga juda ko'p olimlar, masalan, I.I. Ginzburg va boshqa nemis olimlari qarshi chiqdilar va bu nazariyaning kam-chiligini ko'rsatib berdilar. Ularning fikricha, kaolinli konlar qo'ng’ir ko'mir konlari bo'lmagan joylarda ham uchraydi. Bundan tashqari, qo'ng’ir ko'mir bilan kaolin koni urtasida (Galle konida) gil qatlami bo'lib, u qo'ng’ir ko'mirdan o'tuvchi eritmalarni ona (granit) jinsga o'tkazmaydi. Rasm 52. Ohangaron vodiysining ko'ndalang kesimi. 1959 yili I.N. Semashova qo'ng’ir ko'mir nazariyasiga ko'ra Ohangaron ko'mir koni ostidagi kaolinni ona (kvartsli porfir) jinsning o'zgarishidan hosil bo'lgan, deb isbotlagan edi. Biroq N.P. Petrov (1964) va boshqalar kaolinlashgan materiallar ko'mir hosil bo'lganga qadar qavat-qavat bo'lib to'planganini aniqlab berdilar. Kaolinli jinslar Ohangaron ko'mir konidan chetroqdagi joylarda ham borligi aniqlandi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling