Mavzu: Electronics Workbenche modellashtirish dasturi. Reja: Electronics Workbenche (ewb) modellashtirish dasturi xususiyatlari


Download 82.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.01.2023
Hajmi82.56 Kb.
#1101412
Bog'liq
17-Mavzu



Mavzu: Electronics Workbenche modellashtirish dasturi. 
REJA: 
1. Electronics 
Workbenche 
(EWB) 
modellashtirish 
dasturi 
xususiyatlari. 
2. EWB dasturida sxemalarni tayyorlash 
Radioelektron 
qurilmalarni 
kompyuterda 
modellashtirish 
texnologiyalarini Electronics Workbench dasturida o'rgatish uchun xizmat 
qiladi. Bu dastur ( keyinchalik matnda – EWB) electron komponentlarni 
o`rganishda, analog va raqamli elektron qurilmalarni sxemotexnik 
modellashtirishda, fizika va elektrotexnika qonunlarini o`rganishda ishlatiladi. 
Sxemotexnik modellashtirish Electronic Workbench dasturi elektron 
sxemalarni tuzish va tahlil qilish uchun mo'ljallangan. 
EWB dasturida sxemalar tahlilini o‘zgarmas (DC- direct current) va 
o‘zgaruvchan (AC- alternative current) toklarda olib borish mumkin.
O‘zgarmas tokda o‘rnatilgan ish rejimida ishchi nuqtasi aniqlanadi. Bu 
rejimda ishchi nuqtasi parametrlari o‘lchov asboblarida o

z aksini topmaydi, 
ular keyingi tahlillarda ishlatiladi. 
O‘zgaruvchan tokda sxemalar modellari va ularning tahlili real vaqt va 
chastota sohalarida olib boriladi.
EWB dasturida kirishga turli shakllardagi signallar berib, o

tish 
jarayonlarini tadqiq qilish mumkin. Dastur etarli darajadagi murakkab analog, 
analog- raqamli va raqamli sxemalarni tahil qila oladi.
EWB dasturi ommalashgan elektron komponentlar (jumladan, sobiq 
Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilayotgan) kengaytirilgan 
kutubxonasiga ega. 
O‘lchov asboblarining ko‘p va etarli darajada mavjudligi ko‘p 
miqdordagi kattaliklarni aniq o‘lchash, tahlil qilish va grafiklar tuzish 
imkonini beradi.


O‘lchov asboblari real asboblar darajisiga etkazilgan, ular bilan ishlash 
oson va qulay, noto‘g‘ri ulanganda dastur xatoni darrov ko‘rsatadi. EWB 
dasturi elementlarning ulanishini va umuman to

liq sxemani yaqqol ko‘rsatib 
turadi. Modellashtirish natijalarini printerga chiqarish yoki matnli va grafik 
redaktorlarga import qilish mumkin. Dastur Windows standart interfeysida 
ishlaydi, bu holat uni ishlatishni osonlashtiradi.
Dastur ruslashtirilmagan, shu sababli biz uning ingliz versiyasidan 
foydalanamiz. 
Komponentlar kutubxonalariga passiv elementlar, tranzistor va diodlar, 
boshqariladigan manbalar, boshqariladigan kalitlar, gibrid elementlar
indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, analog va raqamli 
elementlar, maxsus kombinatsion va ketma- ketlik elementlari sxemalari 
kiradi. 
Aktiv elementlarning ideal yoki real modellarini ishlatish mumkin
hamda elementlar kutubxonalariga yangi elementni kiritish mumkin. 
Dasturda o‘lchov amaliyotlarini o

tkazish uchun ishlatiladigan quyidagi 
asboblar mavjud: ampermetr, voltmetr, ostsillograf, multimetr, Bode-plotter 
(chastota va faza xarakteristkalarini chizuvchi asbob), so

z generatori, logik 
analizator, logik o

zgartgich. 
EWB quyidagi amallar orqali turli qiyinlikdagi sxemalarni yig’ishga 
imkon beradi: 
- kutubxonalardan kerakli elementlar va asboblarni tanlash; 
- elementlar va sxemalarni ishchi oynaning istalgan joyiga ko‘chirish; 
- elementlar va elementlar guruhlarini 90°ga karrali burchaklarga 
burish; 
- elementlar, elementlar guruhlari va sxemalar fragmentlari, butun 
sxemalardan nusxa olish, o

chirish va boshqa erga ko‘chirish; 
- simlar ranglarini o‘zgartirish; 
- ko

rishni osonlashtirish uchun sxemalar konturlarini ajratib olish; 


- bir nechta o‘lchov asboblarini bir vaqtning o

zida ulash va monitorda 
ularning ko‘rsatmalarini kuzatish; 
- elementni shartli belgi bilan belgilash; 
- elementlar parametrlarini keng ko

lamda o‘zgartirish. 
Hamma amallar klaviatura va sichqoncha bilan bajariladi, faqat 
klaviatura bilan ishlash mumkin emas.
Asboblarni sozlash natijasida quyidagilarga erishish mumkin:
- o‘lchov diapazonlariga moslab asboblar shkalalarini o‘zgartirish; 
- asbobning ish rejimini tanlash; 
- sxemaga ta'sir qiluvchi kirish signallari turlari va parametrlarini
- ( o‘zgarmas va garmonik toklar va kuchlanishlar, uchburchak va 
to‘g‘ri burchakli impulslar) keng ko

lamda o‘zgartirish. 
Dasturning grafiklar bajarish imkoniyatlari quyidagicha: 
- grafikda bir vaqtning o

zida bir nechta egri chiziqlarni kuzatish; 
- grafiklarda egri chiziqlarni turli ranglarda tasvirlash; 
- grafiklarda nuqtalar koordinatalarini o‘lchash; 

ma'lumotlarni grafik redaktorga import qilish orqali rasmlarda kerakli 
o‘zgarishlarni bajarish va printerga chiqarish.

Download 82.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling