Mavzu: Elektir yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlatilishi. Maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalari. Darsning maqsadi
Download 148.56 Kb.
|
1 2
Bog'liqDars-ishlanma-2017-2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh bahosi Guruh xatosi To’g’ri javob Harakat mazmunni
- O’quvchilar zexnini sinash.
- III. Yangi mavzu bayoni.
- IV. Yangi mavzuni mustaxkamlash.
- Darsni yakunlash va baholash.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism: - o’quvchilar bilan salomlashish; - davomatni aniqlash; - darsga tayyorgarlik ko’rish; Sinf o’quvchilarini 2 guruhga bo’lish va tanishtirish. O’quvchilar ketma – ketlikda guruh nomini aytadilar. Har bir guruh belgilangan o’z joyini egallaydi. guruh – Topqirlar guruh – Zukkolar II. Aqliy hujum: Savollar yozilgan tarqatma materiallar guruh azolariga ketma – ket beriladi. Tarqatma materiallarga quyidagi savollarni berish mumkin. 1. Oyoq yuritmali tikuv mashinasi qanday tuzilgan? 2. Oyoq yuritmali tikuv mashinasining harakatni uzatish moslamasi qanday tuzilgan? 3. Naychaga ip qanday o'raladi? 4. Qo'l yuritmali tikuv mashinasining asosiy qismlari va asosiy mexanizmlarini aytib bering. 5. Oyoq yuritmali tikuv mashinasida ishlaganda qanday qoidalarga rioya qiiinadi? 6. Qo'l yuritmali tikuv mashinasi bilan oyoq yuritmali tikuv mashinasining qanday o'xshash va farqli, afzalik va kamchilik tomonlari bor? Endi o’quvchilar bilan ”Blis” o’yini o’tkazamiz. U quyidagi tartibda bo’ladi. Guruhdagi o’quvchilar kiyim tikish ishlarining ketma – ketligin iyozib beradilar.
O’quvchilar zexnini sinash. Ushbu belgilardan foydalanib o’quvchilar yashiringan xalq maqolini topadilar.
Hunarli kishi xor bo’lmas
Hunar hunardan rizqing unar III. Yangi mavzu bayoni. Reja: 1. Elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzulishi, ishlatilishi. 2. Maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalari. 3. Tikuv mashinalaridan xavsiz foydalanish. Biz oldingi siniflarda o’tilgan mehnat ta’limi darslarida qo’l yurutmali va oyoq yurutmali tikuv mashinalari bilan tanishganmiz. Elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzulishi va ishlash prinsifi qo’l va oyoq yurutmali tikush mashinalaridan farq qilmaydi. Faqat harakatni uzatilishi bilan farq qiladi, yani qo’l yurutma mashina qo’l kuchi yordamida, oyoq yuritmalik mashina oyoq kuchi yordamida harakatga keltirilsa, elektr yuritmali mashina esa elekter divigatel yordamida harakatga keltiriladi. Buning uchun maxsus ishlangan elektr dvigateli mashinaga o’rnatiladi. Elektr yuritmali tikuv mashinasida tikuv ishlari qo’l va oyoq yuritmali tikuv mashinalariga nisbatan tez bajarilishi bilan ajiralib turadi. Elektr yuritmali tikuv mashinasida asosan beshta ish bajaruvchi mexanizm bo’ladi, bular: 1) ish mexanizimi ya’ni nina mexanizimi; 2) mokki mexanizimi; 3) ip tortkich mexanizimi; 4) surguch mexanizimi, ya’ni gazlamani surib turadigan tishcha; 5) tepki mexanizimi. Yordamchi mexanizimlarga quydagilar kiradi: 1) naychaga ip o’raydigan o’ragich; 2) ip yo’naltirgichlar; 3) ustki ipni taranglovchi rostlagich; 4) baxiyani mayday va yirik qiluvchi rostlagich. Ma’lumki, tikuv mashinasini kashf etishga bo’lgan dastlabki urushlar XVIII asrning ikkinchi yarimida boshlangan edi. Hozirgi paytda ferma va korxonalarda xilma-xil bo’lgan tikuv mashinalari ishlab chiqarilmoqda ayniqsa, Rossiyaning “Podolsk”, “Chayka”, Germaniyaning “Zingyr”, “Tekstima”, Yaponiyaning “Juke”, “Yamata” kabi tikuv mashinalari mavjuddir. Bunday mashinalar ko’plab o’quv yurtlarida ham mavjud bo’lib, ularda o’quvchilar tikuvchilik ishlarini maroq bilan bajarmoqdalar. Maxsus mashinalar. Gazlamalarning eni va uzunligini o’lchash hamda nuqsonlarini aniqlash mashinalari, kashta tikish mashinalari, tugma qadedigan mashinalar, petlya yo’rmalaydigan mashinalar, zigzak mashinalar maxsus mashinalar turkumiga kiradi. Xavsizlik texnikasi qoidalari. 1. Shnurni xamma ochiq qisimlari izolatsiya lentasi bilan o’rab chiqiladi. 2. Shnurlar chigal bo’lmasligi kerak. 3. Mashinada kuygan hid chiqsa darxol uni to’xtatish lozim. 4. Tepki oldida saqlagich o’rnatilishi shart. 5. Aylanuvchi qisimlar yaqinida o’tkir tig’li asboblarni qo’yish mumkun emas. 6. Ish vaqtida moylash, igna o’rnatish man qilinadi. IV. Yangi mavzuni mustaxkamlash. Elektr yuritmali tikuv mashinasi qanday qisimlardan tuzilgan? Hozirgi kunda korxonalarda qanday tikuv mashinalari ishlab chiqarilmoqda? Maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalariga qaysi mashinalar kiradi? Tikuv mashinalaridan foydalanishda qanday xavsizlik qoidalariga rioya qilish kerak? V. Amaliy mashg’ulot. O’quvchilar tikuv mashinasining tuzilishiva qismlari bilan tanishadilar, mashinani ishga tayyorlashni va unda ishlashni o’rganadilar. Darsni yakunlash va baholash. Dars yakuniga ko’ra guruhlarning faolligiga o’rin beriladi va yaxshi faol ishtorik etgan o’quvchilar baholanadi. VII. Uyga vazifa berish. Elektir yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi va ishlatilishi, maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalari haqida o’rganib kelish. Download 148.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling