1-bosqich - tayyorlov: “loyihaga kirish” fazasi
Bunda talabalar quyidagilarni amalga oshirishadi:
muammoni shaxsan o`zlashtirish (muammoni tushunish va amaliy faoliyatning muayyan sohasi uchun uning yechimi dolzarb va muhimligini anglash);
loyihaning maqsadi, muammoni hal etish masalalarini qabul qilish, aniqlashtirish va muayyanlashtirish;
loyihaning natijasi (mahsuloti) va uni taqdim etish shakllarini anglash, loyihaning boshqa ishtirokchilari va o`qituvchi bilan muloqatning xarakteri.
Talabalar loyiha ustidan ishlash shakllarini tanlashadi: alohida yoki guruh bo`yicha. Agar guruhli shakl tanlangan bo`lsa:
- guruhlarga birlashishadi;
- loyiha bo`yicha ishlar turlarini ajratib, qatnashchilar orasida taqsimlashadi;
- loyiha bajarish bo`yicha ishchi rejasini ishlab chiqishadi;
-uni bajarishning optimal usullari va vositalarini tanlashadi; -natija taqdimotini rasmiylashtirish usullari va shakllarini belgilashadi;
-loyiha ma’suli, hisobot va taqdimotni baholash mezonlarini muhokama qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |