Mavzu: Elektr pechlar konstruksiyasi Reja
Download 27.07 Kb.
|
Elektr pechlar konstruksiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstruktiv jihatdan pechlar quyidagilarga bo‘linadi
- Tigel pechlarining afzalliklari
- Tigel pechlarining kamchiliklari
- Tigel pechi.
Induksion tigel pechlari
Induksion tigel pechlari tok chastotasiga qarab 3ta turga bo‘linadi: 1.Sanoat chastotasida ishlovchi pechlar (50Gs). 2.Baland chastotalarda ishlovchi pechlar (15010000 Gs) 3.Yuqori chastotalardi ishlovchi pechlar (50500 kGs) Konstruktiv jihatdan pechlar quyidagilarga bo‘linadi: -ochiq - metall va qotishmalarni havo atmosferasida eritish uchun; -germetik yopiq – metall va qotishmalarni vakuumda yoki neytral gazda eritish uchun; Tigel pechlari sifatli po‘lat va cho‘yanlarni eritish uchun qo‘llaniladi. Keyingi paytlarda bu pechlar rangli metallarni eritish uchun xam ishlatilmoqda. Tigel pechlarining afzalliklari : 1.Yuqori haroratlarga oson erishish. 2.Elektrodlar bilan tutashishning yo‘qligi. 3.Erigan metall intensiv aralashadi. 4.Oksidlanish juda oz miqdorda va quyish juda kam. 5.Eritish protsessini vakuumda va neytral muhitda amalga oshirish imkoniyati bor. 6.Futerovka qizib ketish xoli yo‘q. 7.Davriy rejimda ishlash imkoni bor. 8.Olovbardosh tigel konstruksiyasi kanal pechlardagiga qaraganda ancha sodda. Tigel pechlarining kamchiliklari : 1.Shlaklar harorati nisbatan past. 2.Erigan metall sirtining shishib ko‘tarilishi (menisk). 3.Yuqori va o‘rta chastota ta’minlash manbalari zarur. Umumiy xolda ITPlar quyidagi ko‘rinishga ega: Tigel pechi. 1-induktor. 2-qizdiriladigan metall.
Pechning ishlash prinsipi tigelda joylashtirilgan yuklanma materiali tomonidan elektromagnit energiyani singdirishga asoslangan. Metallning erishi o‘zgaruvchan tok manbasiga ulangan induktor tomonidan hosil qilingan magnit maydoni elektromagnit induksiya qonuniga asosan paydo bo‘ladigan tokning oqishi orqali yuzaga keladi.
Minimal chastota tigel diametri (d0, m) ga bog‘liq ravishda, kaynok metall solishtirma elektr qarshiligi gor ni hisobga olgan xolda quyidagicha aniqlanadi. Tenglamadan ko‘rinadiki, (23t)-katta sig‘im pechlaridagi tigelning katta o‘lchamlari uchun quyi chastota zarur bo‘ladi, o‘rta va yuqori chastotalar esa kichik sig‘imli pechlar uchun zarur bo‘ladi. Induksion tigel pechlar (ITP lar) po‘lat o‘zaksiz induksion pechlar bo‘lib, ularning asosiy xususiyatlari ushbu pechlarda qizdirilayotgan elektr o‘tkazuvchi jismlar o‘zgaruvchan elektromagnit maydon hosil qilayotgan induktor bilan birgalikda ikkita o‘zaro induktiv bog‘langan tokli konturni tashkil qiladi. Metallarni eritish jarayonida f.i.k. ning qiymatini kattalashtirish maqsadida, pechning tigeli kichik elektr qarshiligiga ega bo‘lgan, tok o‘tkazuvchan materialdan yasaladi ( po‘lat, grafit ). Po‘latdan yasalgan tigel qalinligi 30 - 40 mm, grafitdan yasalgan tigel qalinligi esa 30 - 70 mm ni tashkil qiladi. Induktor – dumaloq, kvadrat yoki to‘rtburchak kesimli, suv bilan sovutiladigan mis trubkalaridan yasaladi. Devorlar qalinligi tok manbasi chastotasiga bog‘liq va chastota kamayishi bilan oshadi. Odatda induktorlar bir qatlamli bo‘ladi. Sovutish uchun suv egiluvchan rezina shlanglar orqali beriladi, kirayotgan suvning harorati 100 S, chiqishda esa 500S dan yuqori emas. Induktorga tok olib kelish shina o‘tkazgichlar yoki egiluvchan, suv bilan sovutiladigan kabellar bilan amalga oshiriladi. Tigellar - elektr o‘tkazuvchan (po‘lat, grafit), yoki elektr o‘tkazmaydigan keramika mahsulotlari bo‘lishi mumkin. Elektr o‘tkazuvchan tigellar kichik solishtirma qarshilikka ega bo‘lgan materialni eritishda f.i.k.ni oshirish uchun qo‘llaniladi. Grafitli tigel magniy eritishda qo‘llaniladi. Tigel va induktor orasida olovbardosh va issiqlikdan izolyatsiyalovchi qatlam ko‘zda tutiladi. Magnit o‘tkazgichlar – pech karkasi va qopkog‘ida elektr energiya sarfini kamaytirish maqsadida magnit maydonlarini ekranlashtirish uchun qo‘llaniladi. Magnit o‘zkazgich elektrotexnik po‘lat listlaridan yig‘iladi. Magnit o‘tkazgich 1000 Gs gacha bo‘lgan chastotalarda qo‘llaniladi, undan yuqori chastotalarda elektromagnit ekranlar qo‘llaniladi. Pech qopkog‘i induktor va tigelni mahkamlash uchun xizmat qiladi. Sig‘imi katta bo‘lmagan pechlar uchun (0,10,5 t) metall bo‘lmagan materiallardan - yog‘ochdan, asbest-sement plitalar, tekstolit brusoklardan, hamda nomagnit po‘lat va rangli metall qo‘shilgan qopqoqlar ishlatiladi. Katta sig‘imli pechlar ( 3 t dan katta) kam uglerodli po‘lat yoki cho‘yandan qilingan payvandlangan yoki quyma qopqoqga ega bo‘ladilar. Pechni og‘dirish mexanizmi elektromexanik yoki gidravlik yuritma bilan jihozlanadi. Download 27.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling