Mavzu: elektr rostlagichlar va pozision rostlagichlar reja: Elektr rostlagichlar Pozision Rostlagichlar


Download 138.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi138.56 Kb.
#1344564
  1   2   3
Bog'liq
4-MAVZU



MAVZU: ELEKTR ROSTLAGICHLAR VA POZISION ROSTLAGICHLAR

REJA: 
1. Elektr rostlagichlar 
2. Pozision Rostlagichlar 
3. PR1.5 pozision rostlagichi 
 
 
Elektr rostlagichlar 
Elektr rostlagichlar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda keng 
ishlatiladi. Bunga quyidagi omillar sabab bо‘ladi. 
1. Noelektrik kattaliklarni elektr rostlagichlar yordamida о‘lchash usullari yaxshi 
ishlangan va avtomatik о‘lchashning bir qator masalalarini hal qilishga, keng 
spektrdagi fizik-kimyoviy parametrlarni noinersion о‘zgartishga va ularni 
texnologik reglamentlarga rioya qilgan holda rostlashga imkon beradi. 
2. Turli murakkab matematik operatsiyalarni bajarishni talab qiluvchi har xil 
rostlash 
qonunlarini 
elektr 
elementlarda 
amalga 
oshirish 
prinsipial
qiyinchiliklarni hosil qilmaydi. 
3. Rostlash tizimlaridagi elektr yuritmalarda energiya ta’minoti uzilib qolganda, 
ijro etuvchi mexanizm qanday holatni egallab turgan bо‘lsa, shu holatda 
tо‘xtaydi, pnevmatik yuritmalarda esa bunday sharoitda rostlovchi organning 
о‘tish kesimi yoki batamom berqiladi, yoki tо‘la ochiladi va avariya xavfi hosil 
bо‘ladi. 
4. Elektr datchik va о‘zgartgichlarning kо‘rsatishini masofaga uzatish juda oddiy 
bajariladi. 
5. Elektr rostlagichlarning ishlashi yetarli darajada ishonchlidir. 
Elektr rostlagichlarning quyidagi modifikatsiyasi va qо‘shimcha qurilmalar
komplekti ishlab chiqarilgan: 
1) Unifikatsiyalashgan elektron agregat tizimlari (EAUS) 
2) «Teplopribor» zavodining rostlagichlari;
3) Avtomatik nazorat va rostlashning unifikatsiyalashgan tizimi (USANR). 
EAUS asboblari energetika, metallurgiya, qurilish materiallari hamda oziq-
ovqat sanoatlarida ishlatiladi. Tizim rostlashning mutanosib, mutanosib-integral, 
mutanosib-differensial va mutanosib-integral differensial qonunlarini amalga 
oshiradi. Tizimning bloklari uzluksiz yoki uzlukli chiqish signallariga ega. Tizimdagi 
alohida rostlovchi blokning uzluksiz chiqish signalini boshqa bir blokning kirishiga 
keltirish mumkin, bu esa kaskad yoki bir turli rostlash sxemalarini amalga oshirish 
imkonini beradi. Tizim tuzilishi bо‘yicha apparat prinsipiga asoslanadi. Bunda, 
rostlovchi bloklar chiqish signallarini tо‘g‘ri datchiklardan qabul qiladi. Tizim blok 


(agregat) prinsipida qurilgan deganda, uning tarkibiga turli vazifani bajaruvchi 
bloklar (datchiklar, о‘lchov о‘zgartgichlari, ikkilamchi asboblar, rostlagichlar, 
topshiriq bergichlar, differensiatorlar natijalarni masofadan turib kо‘rsatuvchi 
asboblar, ijro etuvchi mexanizmlar va boshqalar) kirgan tizimni tushunish lozim. Bu 
qismlarni muayyan usullar bilan bog‘lab stabillovchi, kuzatuvchi, dasturli va kо‘p 
aloqali rostlash tizimlarini yaratish mumkin. Tizimni ishlab chiqishda ayrim 
bloklarning chiqish signallarini unifikatsiyalash talabi nazarda tutilgan. EAUS tizimi 
tokli sxemani amalga oshiradi chiqish signali 0,5...5 mA chegaralarda о‘zgaruvchi 
doimiy tok). Chiqish signallari doimiy yoki о‘zgaruvchi kuchlanishga ega bо‘lgan, 
induktiv, transformatorli yoki ferrodinamik datchiklar bilan ta’minlangan 
asboblarning ham chiqish signali 0,5...5 mA diapazondagi doimiy tokka ega bо‘lib, 
meyorlovchi о‘zgartgichlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. 
16-1-jadvalda tizim rostlovchi qurilmalarning rusumlari keltirilgan. 
16.1-jadval 
О‘lchash blokining 
vazifalari va rusumlari 
Shakllanuvchi bloklarga ega bо‘lgan rostlovchi qurilmalarning 
rusumlari 
ER-62 
(ER-62-EG) (PI-
rostlash qonuni, 
rele kontaktli 
chiqish) 
RPI va RP-2 
(RPI-EG) (PI-
rostlash qonuni, rele 
kontaktsiz chiqish) 
KPI-62 
(RI-rostlash qonuni, 
uzluksiz kontaktsiz 
chiqish) 




O‘zgaruvchan tokli uchta (induktiv,
differensial-transformator va 
ferrodinamik) datchik signallarini 
qo‘shish (I-III) Shuning o‘zi, faqat
to‘rtta datchik uchun (I-IV) Termojuft 
signalini o‘zgartirish (I-T) 
Termojuft signalini o‘zgaruvchan tokli
ikkita datchik signallari bilan qo‘shish 
(I - T2) 
Qarshilik termometrining signalini 
o‘zgartirish (I-S) 
Ikkita qarshilik termometrlarnning 
signallarini qo‘shish, (I - 2S) 
Magnitli kislorod o‘lchagich 
signalini o‘zgartirish(I-MK) 
Unifikasiyalashgan ikkita 
0 ... 5 mA signallarni qo‘shish 
Unifikasiyalashgan to‘rtta 0 ... 5 mA 
signallarni qo‘shish 
RPIK-III 
RPIK -IV 
RPIK -Т 
RPIK -Т2 
RPIK -С 
RPIK -2С 
RPIK -МК 



RPIB -III 
RPIB -IV
RP2 -P2 
RPIB -T
RP2 -T2 
RPIB -T2 
RPIB -S 
RPIB -2S 
RP2 -2 
RPIB-M K 
RP -2 

RP2 -U2 
KPI -SH
KPI -IV 
KPI-T 
KPI -T2 
KPI -S 
KPI -2S 
KPI -M 



EAUS larning shakllantiruvchi bloklari rostlashning izodrom qonuni amalga 
oshiradi. Rostlashning PID qonunini amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda 
DLP-P yoki DL-T differensiatorlardan foydalanish kerak. 


Differensiatorlar PID rostlash qonunini shakllantirishda va rostlash qonuniga 
oraliq nuqtalardan hosila kiritishda ishlatiladi. 

Download 138.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling