Mavzu: Elektr toki urishining oldini olishning tashkiliy texnik tadbirlari.
Elektr tokidan shikastlanishning oldini olish:
Elektrdan shikastlanishning oldini olish uchun himoya vositalari: rezina qo’lqoplar, rezina etiklar, rezina gilamchalar, himoyalovchi shlanglar va boshqalar ishlatiladi. Elektr mantaj ishlarida ishlatiladigan metall dastali asboblaming dastalariga himoyalovchi trubkalar kiydiriladi. Elektr tokidan shikastlanishdan ogohlantirish uchun «Kirmang, hayot uchun xavfli», «Ulamang, odamlar ishlashmoqda» deb yozib qo’yilgan plakatlardan foydalaniladi.
Plakatlar odatda elektr qurilmalari joylashgan binoning eshik va devorlariga, elektr shchitlar, rubil’niklar, elektr uzatish liniyalarining tayanchlariga va boshqa joylarga osib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |