Mavzu: Elektr yuritmalarni ishga tushirish va to’xtatish sxemalari. Reja
Vaqt asosida avtomatik ishga tushirish
Download 22.67 Kb.
|
Elektr yuritmalarni ishga tushirish va to’xtatish sxemalari.
Vaqt asosida avtomatik ishga tushirish. Bunda rubilnik R ulanishi motoming qo'zg'atish chulg'ami PQCh va nol tok relesi R N T dan tok o'ta boshlaydi. Shu bilan birga, maksimal tok relesi RM, birinchi vaqt relesi 1 AT, yakor va to'la tashqi qarshilik orqah ham tok o'ta boshlaydi. Ammo vaqt relesi 1KT chulg'amning qarshiligi katta bo'lishi sababli yakor zanjiridan o'tgan tok kichik qiymatga ega bo'hb, motor aylana olmaydi. Vaqt relesi 1 K T chulg'amidan tok o'tishi bilan uning kontakti tezlatish kontaktorlari zanjirini elektr tarmog'idan uzib qo'yadi. Agar PQCh va R N T nominal qiymatli tezlatish toki o'tib turgan bo'lsa, motomi ishga tushirish uchun SB2 tugmasini bosish kifoya. Bunda birinchi vaqt relesi K T ning chulg'am i liniya kontaktorining KM kontakti bilan shuntlanib, bu rele sozlangan vaqt , hisoblana boshlaydi. O'tkinchi rejim formulasidan topilgan va rele sozlangan tx vaqti o'tishi bilan vaqt relesi o'z yakorini qo'yib yuboradi va K T Z zanjiri 1 K T kontakti bilan elektr tarmog'iga ulanib qoladi. Bunda tezlanish kontaktoming K TZl kontakti bilan qarshihkning birinchi pog'onasi R hamda ikkinchi vaqt relesi 2K T ning g'altagi shuntlanadi va, natijada, motoming aylanish chastotasi maksimal moment ta’sirida yana ortib boradi. Shu singari 2K T sozlangan vaqtdan so'ng R2 shuntlanadi va hokazo. Shunday qilib, motor vaqt asosida avtomatik ravishda ishga tushib, tabiiy tavsifda turg'un chastota bilan ishlay boshlaydi.
Elektr yuritma deb elektr motor, uni boshqaruvchi (ishga tushiradigan, tezligini rostlaydigan, tormozlab to‘xtatadigan) elektr apparatlari va motor bilan ish mashinasi orasidagi mexanik uzatmadan iborat qurilmaga aytiladi. Boshqarish apparatlari vositasida avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to ‘xtatiladigan yoki yuklanishni o‘zgarishiga qaramay aylanish tezUgini o‘zgartirmay saqlaydigan hamda aylanish yo‘nalishini teskari tomonga aylantiradigan yuritma avtomatlashtirilgan elektr yuritma deyiladi. Texnologiya talablariga binoan tezligi majburiy ravishda o'zgartiriladigan yuritma rostlanadigan elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanadigan elektr yuritma tarkibida o ‘zgartgich ham bo'lishi mumkin. 0 ‘zgartgich deb elektr tokini bir turdan boshqa turga, masalan, o'zgaruvchan tokni o'zgarmasga yoki aksincha, shuningdek, tok kuchlanishi yoki chastotasi qiymatim hamda tazalar sonini o'zgartiradigan moslamaga aytiladi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositasida elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishdan tashqari, bu mexanik energiyani elektr usuh bilan talabga binoan rostlash imkoni yaratiladi. Natijada, texnologiya jarayonini takomillashtirish, ish unumi va mahsulot sifatini oshirish mumkin bo'ladi. Birinchi elektr yuritmasi 1838- yilda rus akademigi B.S.Yakobi tomonidan yaratilgan bo‘lib, u o‘zi kashf etgan o‘zgarmas tok motorini kemaga o'm atib, uni harakatlantirgan, ammo bu paytda tejamli tok manbayi mavjud emasligi sababli elektr yuritmani keng ko'lamda qo'llash imkoni bo‘lmagan. Rus injeneri M.O.DolivoDobrovolskiy tomonidan 1889— 1891 - yillar orasida transformator, asinxron motori va uch fazali sistemaning yaratilishi bilan elektrotexnika taraqqiyoti misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib ketdi. Bu rus injeneri o‘z navbatida uch fazali elektr energiyasini transfor- mator vositasida uzoq masofaga tejamli uzatib, Germaniyaning Frankfurt shahrida o'tkazilgan elektrotexnika sohasidagi birinchi umumjahon ko'rgazmasida o ‘zi yasagan asinxron motorli nasos elektr yuritmasi ishini namoyish etgan. Shundan so‘ng, XX asming boshlaridayoq elektr energiyasini dunyo miqyosida ishlab chiqarish va undan xalq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanish keng rivojlanib, elektrotexnika hatto fan sifatida shakllana boshladi. Agar 1915—16- yillarda Toshkent ko'chalarida Belgiyadan keltirilgan konka nomli otlar bilan harakatlantiriladigan yuritmalar paydo bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda Andijon viloyatining Asaka shahrida qad ko'targan zavodda robot va kompyuterlar bilan boshqariladigan elektr yuritmalaming konveyer Uniyalarida Neksiya, Damas, Tiko va Matiz nomh yengil avtomobillar uzluksiz ravishda ishlab chiqarilmoqda, shahrimiz ko'chalarida esa, ketm a-ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorU elektr yuritmaga ega bo‘lgan zamonaviy jihozlangan tramvay, trolleybus va metropoliten ishlab turibdi. Demak, hozirgi kunda og‘ir va yengil sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xatto maishiy xizmat texnikasida elektr yuritmadan keng va samarali foydalanilmoqda. Download 22.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling