Agar oxirgi elementni bilmasangiz, ketma-ketlikni buzib qo‘yishingiz mumkin, ya’ni 5-
element o‘rniga 6-element qilib yangi qiymatni kiritib yuborishingiz mumkin. Buni oldini
olish uchun, “push” kalit so‘zi orqali yangi element qo‘shishingiz mumkin. Bu holatda
oxirgi element avtomat topilib, undan keyingi raqam bilan keyingi element qo‘shiladi.
Natija: 3man. Massiv 3 ta qiymatga ega bo‘ldi (0, 1, 2 elementlar soni), oxirgi element 2.
Bu orqali biz massivni oxirgi elementini topib, yangi elementni oxiriga qo‘shmoqdamiz,
agar massiv boshiga qo‘shish kerak bo‘lsa, “unshift” kalit so‘zidan foydalanamiz.
Natija: 0man. Massivning 0-elementi hosil qilindi va unga “0man” qiymati berildi. Shu
yangi qo‘shilgan qiymat ekranga chiqarildi. Shu tariqa keraksiz elementni olib tashlash
ham mumkin, bu holatda ham 2 xil funksiya bor, massivning oxirgi elementini olib tashlash
va boshidagi elementini olib tashlash, dastlab massini oxirgi elementini “pop” kalit so‘zi
yordamida o‘chirib tashlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |