Mavzu: Elektron hukumat tizimi taqdim etuvchi xizmatlar. «Elektron hukumat»


Download 15.64 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi15.64 Kb.
#1001632

Mavzu:Elektron hukumat tizimi taqdim etuvchi xizmatlar.
«Elektron hukumat» tizimi va interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish – OAVning diqqat–markazida
Shu yilning 18 mart kuni Toshkentda «Elektron hukumat» tizimi va interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirishga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi. Unda ommaviy–axborot vositalarining vakillari aholi va yuridik shaxslarga davlat organlarining veb–saytlari orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatish uchun axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida xabardor qilindi
O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi va uning tarkibidagi tashkilotlarning vakillari jurnalistlarga «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish Kontseptsiyasi va Kompleks dasturi hamda 2013–2017 yillar davrida O'zbekiston Respublikasida Milliy axborot–kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini ishlab chiqish to'g'risida batafsil gapirib berdilar
Bizning mamlakatimizda aholi va yuridik shaxslarga davlat organlarining veb–saytlari va O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatish uchun axborot–kommunikatsiya texnologiyalari uzoq yillardan beri va maqsadli ravishda joriy etilmoqda. 2007 yildayoq 49 ta xizmatlarni o'z ichiga olgan Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari Reestri tasdiqlangan edi. 2009 yilda bu ro'yxat kengayib, 94 taga etdi va hozirgi kunda esa u 195 tadan ortiq xizmatlarni o'z ichiga oladi.
Bugungi kunda «elektron hukumat»ning samarali elementlari sifatida 20 dan ortiq loyihalar amalga oshirilgan. Ularning ichiga quyidagilar kiradi:
O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali–gov.uz, u tashkilotlarning elektron–axborot o'zaro hamkorligi infratuzilmasining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi tizim yaratuvchi elementi hisoblanadi. Istalgan fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili O'zbekistondagi davlat hokimiyatining barcha elementi batafsil ma'lumotni olishi, hamda elektron ravishda bevosita gov.uz portali orqali u yoki bu hokimiyat organiga rasmiy talabni yuborishi mumkin. Ushbu portalda, shuningdek Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri ham to'liq ravishda joylashtirilgan.
«E-Kommunal.uz» portali, bu – uy–joy va kommunal xo'jaligi sohasidagi umumiy axborot infrastrukturasini aks ettiruvchi axborot resursi bo'lib, u aholi, nazorat organlari va xususiy uy–joy mulkdorlari shirkatlari hamda kommunal xizmatlarni ko'rsatuvchi tashkilotlar o'rtasidagi o'zaro axborot almashish jarayonini soddalashtirishga xizmat qiladi. Ushbu portalda qulay shaklda O'zbekiston Respublikasining uy–joy va kommunal xo'jaligining barcha masalalari bo'yicha ma'lumotlarni olish mumkin, shuningdek, unda tariflar bo'yicha informer va hattoki, barcha kommunal xizmatlarning interaktiv hisoblagichi ham joylashtirilgan.Istalgan foydalanuvchi Portalda kommunal xo'jalik sohasiga taalluqli bo'lgan muammo bo'yicha ma'lumot, fotosurat joylashtirishi mumkin, ushbu ma'lumot davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan ma'lum chora–tadbirlarni qabul qilish uchun ko'rib chiqiladi.
Tadbirkorlik sub'ektlaridan elektron ravishda statistika, soliq va boshqa moliyaviy hisobotlarni yig'ish va qayta ishlashni avtomatlashtirish tizimi (stat.uz, soliq.uz). Davlat soliq qo'mitasining saytida istalgan soliq to'lovchi, ham jismoniy, ham yuridik shaxs bir qator - maslahat olishdan boshlab, to soliq hisobotlari yoki daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyani elektron ravishda toshirish yoki o'zining Soliq to'lovchining individual raqamini (STIR) tasdiqlashgacha bo'lgan xizmatlar ro'yxatini olishi mumkin. Davlat statistika qo'mitasining sayti orqali esa har bir tadbirkorlik sub'ekti statistika hisobotini elektron ravishda taqdim etishi mumkin, yangi firmani tashkil etishda esa, har bir fuqaro firma nomlarini elektron zaxiralash tizimidan foydalanishi mumkin. Hozirgi kunda davlat statistika hisobotining 101 shaklini (mavjud bo'lgan 141 shakldan) Internet tarmog'i orqali elektron ravishda taqdim etish mumkin. Joriy yilning 1 fevral kuni holatiga ko'ra 103 mingdan ziyod firma nomlari elektron ravishda zaxiralangan.
Ochiq shaklda o'zida 25 mingdan ortiq me'yoriy–huquqiy hujjatlarni jamlagan O'zbekiston qonunchiligining milliy bazasi (lex.uz). Lex.uz Milliy tizimning asosiy maqsadi jismoniy va yuridik shaxslarning me'yoriy–huquqiy hujjatlardan foydalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, aholini huquqiy axborot bilan ta'minlash ishini takomillashtirish yo'li orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirishdan iborat. Ushbu ma'lumotlar bazasida o'zbek va rus tillarida O'zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi, 1990 yildan to hozirgi kunga qadar mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar, kodekslar, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning mer'yoriy–huquqiy hujjatlari va boshqa hujjatlari, Konstitutsiya sudi, Oliy sud va Oliy xo'jalik sudining qarorlari, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari joylashtirilgan. Shu narsani aytib o'tish kerakki, lex.uz Milliy qonunchilik bazasi me'yoriy–huquqiy hujjatlar bilan Internet orqali bepul tanishish imkonini beruvchi O'zbekistonda yagona axborot–huquqiy tizim hisoblanadi.
Elektr energiyasidan foydalanuvchi har bir iste'molchi uchun uning shaxsiy ma'lumotlariga kirish imkonini beruvchi Elektr energiyasi iste'molchilari uchun Shaxsiy kabinet (uzbekenergo.uz). Har bir tashkilot, korxona yoyoki oila elektr energiyasi iste'molchisi hisoblanadi. Mazkur loyiha qulay interaktiv shaklda mamlakatning barcha iste'molchilari tomonidan elektr energiyasidan foydalanish hisobini nazorat qilish imkonini beradi.
Elektr energiyasidan foydalanuvchi har bir iste'molchi uchun uning shaxsiy ma'lumotlariga kirish imkonini beruvchi Elektr energiyasi iste'molchilari uchun Shaxsiy kabinet (uzbekenergo.uz). Har bir tashkilot, korxona yoyoki oila elektr energiyasi iste'molchisi hisoblanadi. Mazkur loyiha qulay interaktiv shaklda mamlakatning barcha iste'molchilari tomonidan elektr energiyasidan foydalanish hisobini nazorat qilish imkonini beradi.
Litsenziyalanadigan faoliyat turlarining ro'yxati va ruxsat berish tartib–taomillari, litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar va boshqalar to'g'risida axborot olish imkonini beruvchi litsenziatning Yagona portali (license.uz). O'zbekistonda litsienziyalanadigan faoliyat turlarining soni doimiy ravishda qisqarib kelmoqda va ularni olish tartib–taomillari ham soddalashmoqda. Mazkur loyiha barcha axborotni olish va zarur litsenziyani olishda byurokratik bosim darajasini kamaytirish imkonini beradi.
Shuni tushunmoq kerakki, Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari to'laqonli «Elektron hukumat» tizimining faqatgina bir qismi bo'lib hisoblanadi.
2013 yilning 18 yanvarida Hukumatning 2012 yilda respublikani ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalariga bag'ishlangan majlisida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimizda «Elektron hukumat»ni shakllantirish tizimining Kontseptsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishning muhimligini ta'kidlab o'tdi.
Matbuot anjumanida shuningdek, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislaridan iborat maxsus tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan ushbu sohada jahondagi eng ilg'or mamlakat bo'lgan Janubiy Koreya va «elektron hukumat» sohasida boshqa etakchi chet el davlatlarining tajribasini hisobga olgan holda «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo'yicha Kontseptsiya va kompleks dastur hamda O'zbekiston Respublikasida 2013–2017 yillar davrida Milliy axborot–kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini ishlab chiqish bo'yicha ishlar amalga oshirilayotganligi aytib o'tildi.
Loyihalarni ishlab chiqishda koreyalik va boshqa chet ellik ekspertlar faol ishtirok etmoqdalar, ushbu yo'nalish bo'yicha O'zbekistonning turli vazirlik va idoralarining mutaxassislari bilan ushbu yo'nalish bo'yicha davra suhbatlari, seminarlar va yig'ilishlar o'tkazilmoqda.
O'zbekiston Respublikasida 2013–2017 yillar davrida «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish Kontseptsiyasi va kompleks dasturi doirasida ishlab chiqilayotgan loyihalar joriy holat va davlat organlarining o'zaro bir–birlari hamda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari bilan o'zaro aloqadorligini hisobga olgan «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha asosiy vazifalarni belgilab beradi. «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo'yicha taklif etilayotgan chora–tadbirlarning samaradorligini baholash maqsadida davlat organlari interaktiv xizmatlarining turli sohalar va yo'nalishlar bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlari va indikatorlari ishlab chiqildi.
«Elektron hukumat» tizimini joriy etish natijasida aholi hamda biznes vakillari uchun davlat xizmatlarini olish uchun turli instantsiyalarga tashrif buyurish va davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot qilish zaruratini bekor etuvchi to'laqonli tranzaktsiya xizmatlariga o'tish ko'zda tutilmoqda, bu esa o'z navbatida aholiga qo'shimcha qulayliklarni yaratish va biznesni olib borish sharoitini yaxshilashga yordam ko'rsatadi.
Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Download 15.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling