Satr va ustunlar ustida amallar bajarish
Ustunning eni simvollar bilan o’lchanadi. Masalan 9 kenglik bitta yacheykaga 9 tagacha simvol kiritish mumkinligini bildiradi. Ustunning eni 0 dan 255 tagacha simvoldan iborat bo’lishi mumkin. Satrning balandligi punktlarda (0 dan 409 gacha) o’lchanadi. Amalda ustun eni va satrning balandligini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Odatda, asosan ustunning enini o’zgartirishga to’g’ri keladi.
Ustunning enini o’zgartirish uchun FormatStolbesShirina buyruqlari tanlanadi va ekranda paydo bo’lgan quyidagi so’rovga ustun eni (sonlarda) kiritiladi va OK tugmachasi bosiladi. Odatda, jadval ustunining eni standart holatda 8,43 o’lchamda bo’ladi. Foydalanuvchi bu sonning o’rniga kerakli o’lchamni o’rnatishi mumkin. Masalan, 8,43 sonining o’rniga 15,25 sonini kiritishi mumkin. U holda, jadvalning kursor turgan ustunining eni o’zgaradi.
Satrning balandligini o’zgartirish uchun FormatStrokaVыsota buyruqlari tanlanadi va ekranda paydo bo’lgan so’rovga satr balandligi (sonlarda) kiritiladi va OK tugmachasi bosiladi. Odatda jadval satrining balandligi standart holatda 12,75 o’lchamda bo’ladi. Foydalanuvchi bu sonning o’rniga kerakli o’lchamni o’rnatishi mumkin. Masalan, 12,75 sonining o’rniga 18,50 sonini kiritishi mumkin. U holda jadvalning kursor turgan satrining balandligi o’zgaradi.
Nazorat savollari:
MS Excel dasturining interfeysi bilan ishlash
MS Excel dasturining menyulari
MS Excel dasturida fayllar ustida bajariladigan amallar va ularning usullari
Microsoft Excelning asosiy ish maydoni
Ishchi kitobida satr va ustunda amallar bajarish
Sonlar, formula va matnga ta’rif bering
Do'stlaringiz bilan baham: |