Elektron katalogdan foydalanish va yuritish texnologiyasi Kutubxonaning elektron katalogini yaratish va undan foy- dalanish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: — EK tizimida foydalanilayotgan texnika vositalari va dasturiy ta’minotning ochiq xarakterdaligi; — mamlakatimizdagi va chet ellardagi nashrlarning biblio grafik tasvirlarini bir marotaba kataloglashtirish va ulardan ko‘p marotaba foydalanish; — tizim ichki formatida standart kommunikativ formatlarda foydalanish va bibliografik m a’lumotlarni import-eksport qilishga mo‘ljallangan konventorning mavjudligi; — EK tizimiga telekirish internet tarmog‘i, http va Z39.50 protokollari yordamida bajariladi;
Elektron katalog bilan ishlash o‘z ichiga kataloglashtirishning asosiy texnologik jarayonlarini: — hujjatlarni kataloglashtirish; — ko‘p aspektli bibliografik qidiruv, chiqish formalarini (formul- yar, kartochka, ko‘rsatkich va boshqalarni) shakllantirishni oladi; — foydalanuvchi, elektron katalogdan olinayotgan natijalarni kompyuter ekranida ko‘rishi, printerda bosib chiqarishi va dis- ketga yozib olishi mumkin.

Kutubxonalarda MARC formatlarining yaratilishi tarixi MARC 21 yangi asr formati Kompyuter tarmoqlarining rivojlanishi foydalanuvchilar orasi- da axborot almashinuv hajmi va sifatini ortishiga olib keldi. Maz- kur imkoniyatlar kutubxonachilikka ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Hozirgi kunda, AQSHning ko‘plab ilmiy kutubxonalari o‘z fon- diga kelib tushayotgan adabiyotlarning 10—20% nigina mustaqil kataloglashtiradi. Qolgan qismini esa bibliografiyalashtiruvchi tashkilotlar tizimlaridan ko‘chirib oladilar. Bibliografik yozuv- larni almashirish jarayonida, bir tizim dagi axborotni ikkinchi bir tizimga benuqson olib o‘tishda MARC (Machihe Readable C ata loguing — mashina o‘qiy oladigan kataloglashtirish) formatlari ning o‘rni beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |