Axborot bilan ishlashda axloqiy va huquqiy me’yor - Lotin tilidagi media(medium) so‘zi o‘zbek tilida vosita, vo-sitachi, muhit ma’nolarini bersa ham, hozirgi kunda bu so‘z ingliz tilidagi mazmuniga mos radio, televideniye, mobil telefon va Internet vositalarini o‘z ichiga oluvchi «ommaviy axborot vositalari» kabi tushunilmoqda. Ma’lumki, ushbu vositalar orqali turli mazmunda juda katta hajmdagi axborotlar o‘tmoqda. Bu axborotlardan qaysi biri foydali, qaysi biri g‘arazli ekanini ajratib olish oson emas. Ayniqsa, Internet tizimida yoshlarning dunyoqarashiga, g‘oyaviy tarbiyasiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, odobaxloq va huquqiy me’yorlarning buzilishiga sabab bo‘ladigan ma’lumotlar ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |