Mavzu: Elektron pochta
Download 58.5 Kb.
|
7-sinf tezis informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viruslardan himoyalanish
- Uyga vazifa
Uyga vazifa: Birinchi "kompyuter virusi oandemiyasi" qachon bo'lgan va u haqida ma'lumot toping
№4 01.05.2020 7-A va B sinflar Mavzu: Kompyuter viruslari Fan: Informatika Viruslar kiassifikatssyasi Viruslarni quyidagi shartli guruhlarga bo'lish mumkin: fayl viruslari; Boot-viruslar (disketlarni boshlang'ich yuklovchi sektorlari (yoki MBR - Master Boot Record), qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi); makrovinislar; tarmoq viruslari. Fayl viruslari kompyuterlarda eng ko'p tarqalgan viruslardir. Ular barcha viruslarning taxminan 80 % ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib, o`z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Masalan, RCE-1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black Friday (qora juma). Boot-viruslar o'zini diskning operatsion sistemani yuklovchi 0-trekiga yozib qo'yadi. Bunday viruslar foydalanuvchi hali antivirus dasturini ishga tushirmasdan avval operatsion sistema yuklangandayoq faollashadi va tarqaladi. Boot-viraslari fayl viraslaridan tubdan farq qiladi. Boot-viraslarining soni fayl viruslariga qaraganda ancha kam va ular sekinroq tarqaladi Viruslardan himoyalanish Bunday xavflarning oldini olishning bir qancha chora-tadbirlari mavjud. Ularga rioya qilish xavfni butunlay bartaraf etmasa-da, sezilarli darajada kamaytiradi. Quyida ushbu chora-tadbirlarning asosiylari keltirilgan: Shaxsiy va lokal tarmoqdagi kompyuterlarga tashqaridan Internet orqali kirishni cheklovchi va nazorat qiluvchi texnik va dasturiy vositalardan foydalanish; Internet orqali faqat ishonchli manbalardan axborot olish va ularning asl nusxasiga mosligini tekshirish; Ma'lumotlarni uzatish va qabul qilishda kriptografiya (axborotni kodlash) usullaridan foydalanish; Kompyuter viruslariga qarshi nazoratchi va davolovchi dasturlardan foydalanish. Uyga vazifa: Xalqaro axborot himoyasi kuni (Computer Security Day) to'g'risida qidiruv tizimlaridan ma'lumot izlang. №5 08.05.2020 7-A va B sinflar Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling