Mavzu: Elektron stimulatorlar. Past chastotali fizioterapeftik elektron apparatlar. Reja
Download 28.07 Kb.
|
Elektron stimulatorlar.Past chastotali fizioterapeftik elektron apparatlar. — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diadinamik toklar
Elektruyqu
Elektr uyquda organizmga past chastotali to‘g‘ri burchakli impuls toklari bilan ta'sir etiladi. Organizmga ta'sir ko‘rsatish uchun bitta elektrod (katod) yumilgan ko‘zlarga, ikkinchisi (anod) so‘rg‘ichsimon o‘simta sohasiga qo‘yiladi. Bosh miyada uzoq vaqt va doimo bir xil va ritmik holda qaytariluvchi qisqa vaqtli zaif impulslar bosh miya po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlarini kuchaytiradi va fiziologik uyquga o‘xshash holatni yuzaga keltiradi. Elektr uyqu tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligini trenirovka qildiradi va asosiy jarayonlar orasidagi buzilgan o‘zaro aloqalarning tiklanishini yuzaga keltiradi, fiziologik uyquni yo‘lga qo‘yuvchi mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Elektr uyquni amalga oshirish uchun ko‘z-ensa sohasiga joylashtirilgan elektrodlardan foydalaniladi. Bunda tok bosh suyagining tabiiy teshigidan ichkariga kiradi. Uyqu uchun adekvat impuls chastotalari muolajaning boshidayoq tanlanib olinishi va uni keyingi muolajalarda ushlab turmoq zarur, uni faqat bemor tomonidan yomon qabul qilishda o‘zgartiriladi. Past chastotali impuls toklari o‘rganib qolish xususiyatini yuzaga keltirishi mumkin, shuning uchun bir muolaja vaqtida tok kattaligini doimiy, keyingilaridan agar bemorlarda yomon xissiyotlar bo‘lmasa, uni oshirib borish kerak. Tok kuchi katta bo‘lganda bemorlarda chumoli yurish, kichik bo‘lganida mushaklarning yengil tortilish xissiyoti seziladi. Elektr uyquda quyidagi sub'ektiv sezgilar seziladi : kiprikda og‘irlik, yengil tebranish, yoqimli bosh aylanish, hayolning qochishi, mudrash holatidan asta-sekin uyquga o‘tish. Muolajalar qorong‘ilashtirilgan, shovqin kirmaydigan tinch xonada o‘tkaziladi. Elektr uyqu nevroz, gipertoniya, endigina boshlanib kelayotgan miya tomirlarining sklerozida, ekzema, oshqozon yara kasalligi va boshqa kasalliklarda tavsiya etiladi. Elektr uyqu muolajasini o‘tkazishda “Elektroson - 4”, “Elektroson - 3” apparatlaridan keng foydalaniladi. Muolaja 10-30 minutdan 2-4 soatgacha o‘tkaziladi, har kuni yoki kun ora. Diadinamik toklar Diadinamoterapiyada 2 xil yarimsinusoidal shakldagi impuls toklari qo‘llaniladi, ya'ni chastotasi 50 Gs (bir taktli uzluksiz) va 100 Gs (ikki taktli uzluksiz). Bu toklar Bernar tomonidan davolash amaliyotida qo‘llash uchun taklif qilingan, shuning uchun Bernar toklari ham deb ataladi. Bir taktli tok ta'sirida mushakning keskin qisqarishi kuzatiladi, natijada tok qo‘zg‘atuvchi ta'sirini uyg‘otadi. Ikki taktli tok ta'sirida terining elektr tokini o‘tkazuvchanlik xususiyati oshiriladi, sezuvchanlik kengligini ko‘paytiradi, tormozlash, og‘riq qoldirish effektini yuzaga keltiradi. Bir va ikki taktli impuls toklarining bir xil uzluksiz qaytarilishi organizmning unga o‘rganishiga, asab-mushak apparatining charchashiga olib keladi. Shuning uchun maxsus apparatlar yordamida diadinamik toklarning qisqa va uzun davrli modulyasiyalari ishlab chiqiladi va undan foydalaniladi. Qisqa davrli tok ta'sirida qon aylanish tezlashadi, qon tomirlari kengayadi, qon oqimi tezlashadi, ta'sir joyidagi harorat ko‘tariladi, modda almashinuvi faollashadi. Uzun davrli tok ta'sirida qisqargan mushaklarning qo‘zg‘aluvchanlik effekti kamayadi, tormozlanish, og‘riq qoldirish xususiyati ortadi. Bundan tashqari uzuq-uzuq ritmli toklar (Sinkop ritmi), bir taktli to‘lqinsimon va ikki taktli to‘lqinsimon toklar qo‘llaniladi. Tokning mana shu turlari o‘ziga xarakterli bo‘lgan fiziologik ta'sir ko‘satadi va ular muayyan tartib bilan qo‘llaniladi. Masalan : ikki taktli uzluksiz tok avval sezuvchi sohaga, keyin esa harakatlantiruvchi sohaga tormozlovchi ta'sir ko‘rsatadi. Bir taktli uzluksiz tok ikki taktli tokdan keyingina qo‘llaniladi, u qo‘zg‘atuvchi va ancha vaqtdan keyingina susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Impulsli toklar ta'sirida patologik o‘choq sohasida vegetativ bog‘lamlarning qo‘zg‘alish hisobiga qon aylanish, ionlar konsentratsiyasi va membranalarning o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi, gistamin va boshqa kimyoviy aktiv moddalar ajraladi, to‘qimalarning himoya xususiyati oshadi, funksiya normallashadi. Diadinamik toklar bir qator kasalliklarda qo‘llaniladi. Masalan : mushaklar lat yeganda, bog‘lamlarning cho‘zilishida, periartritlarda, og‘riq sindromi bilan birga davom etadigan periferik nerv sistemasi kasalliklarida va boshqa kasalliklarda, jarohatlarda keng foydalaniladi. Download 28.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling