Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Download 0.83 Mb.
bet3/92
Sana24.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1393850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
9-sinf kimyo konspekt www.sadikov.uz

Darsning tashkiliy qismi:

1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.


3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.




Yangi darsni rejasi.

1.Kimyoviy bog`lanishning turlari: kovalеnt (qutbsiz va qutbli), ionli bog`lanishlar.


2. Elеmеntlar valеnt imkoniyatlari . 3. Elеmеntlar oksidlanish darajasi.


Yangi darsning bayoni.


Kimyoviy bog`lar hosil bo`lishi ekzotermik jarayon bo`lib, energiya ajralib chiqishi bilan boradi, bog` uzilishi endotermik jarayon bo`lib, energiya yutilishi bilan boradi.Kovalent, ion, metall, vodorod bog`lari kimyoviy bog`lanishning asosiy tiplari hisoblanadi.Atomlarning umumiy elektron juftlar yordamida bog`lanishi kovalent bog`lanish deb nomlanadi.Kimyoviy element atomining umumiy elektron juftni o`ziga tortish xususiyati elektrmanfiylik deb ataladi:elektrmanfiylik qiymati bir xil bo`lgan atomlar orasidagi kovalent bog`qutbsiz kovalent bog` deb ataladi (umumiy elektron jufti qo`shni yadrolar orasida simmetrik joylashadi);elektrmanfiyliklari qiymati turlicha bo`Igan atomlar orasidagi kovalent bog` qutbli kovalent bog` deb ataladi (umumiy elektron jufti yadrolardanbiri tomonga siljigan holda bo`ladi).Oddiy moddalar (H2, F2, C12, O2, N2 kabilar) qutbsiz kovalent bog`ga, ko`pchilik.Murakkab moddalar (H2O, NH3, HF, SO2, C2H5OH kabilar) qutbli kovalent bog`ga ega.Kovalent bog`li moddalar odatdagi sharoitda qattiq (parafin, muz), suyuq (suv, spirt), gazsimon (kislorod, azot, ammiak) bo`lishi mumkin.Elektrmanfiylik jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi element atomlaridan (tipik metallar va tipik metallmaslar) birikma hosil bo`lganda, umumiy elektron jufti elektrmanfiyligi katta bo`lgan atom tomoniga butunlay siljiydi. Natijada, ionlar (musbat zaryadli kation va manfiy zaryadli anion) hosil bo`ladi. Masalan, natriy xlorda yondirilganda natriyning 3s-elektroni xlorning 3p-elektroni bilan juftlashadi va umumiy elektron jufti xlor atomi tomonga to`la siljiydi, natijada natriy kationi Na+ va xlor anioni Cf hosil bo`ladi.Atomlar elektron biriktirishi yoki yo`qotishidan hosil bo`lgan zarralar ionlar deb ataladi.lonlardan hosil bo`lgan birikmalar ion birikmalar deb ataladi. lonlar orasidagi bog` ion bog` deb ataladi.Ion bog` va kovalent bog` orasida keskin chegara yo`q. lon bog`ni qutbli kovalent bog`ning yuqori holati sifatida qabul qilish mumkin. Lekin, kovalent bog`dan farqli ravishda ion bog` yo`naluvchanlikka bir element atomi faqat qat'iy belgilangan sondagi boshqa element atomlari bilan birikishi mumkin.Valentlik - bu malum element atomining qafiy belgilangan sondagi boshqa element atomlari bilan birika olish imkoniyati. Elementning valentligi shu element atomini boshqa element atomi bilan bog`lab turuvchi umumiy elektron jufti soni bilan aniqlanadi.Valentlik nol, manfiy yoki musbat qiymatlarga ega bo`lmaydi. Valentlik tushuuchasini faqat kovalent bog`li birikmalarga nisbatan qo`llash maqsadga muvofiq bo`ladi.Hozirgi vaqtda birikmalardagi atom holatini tavsiflash uchun oksidlanish darajasi deb ataluvchi tushuuchadan foydalanilmoqda.Oksidlanish darajasi - atom ionga aylangan holda (ya'ni, umumiy elektron jufti kuchli elektrmanfiy atom tomonga to`la yoki qisman siljigan holda) molekuladagi atomda hosil bo`Iuvchi shartli zaryad.Oksidlanish darajasi har doim ham valentlikka son jihatidan teng bo`lavermaydi. Birikmalardagi har bir elementning oksidlanish darajasini aniqlashda quyidagilarni yodda tutish lozim:Bir xil atomlardan hosil bo`lgan molekulalardagi atomlaming oksidlanish darajasi nolga teng.Vodorod metall gidridlarida -1, qolgan barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasiga ega.Kislorod ko`pchilik birikmalarda -2, ftorli birikmalarda +2,peroksidlarda (E-O-O-E) -1 oksidlanish darajasiga ega. Ftor barcha birikmalarida -1 oksidlanish darajasiga ega;Ishqoriy metallar barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasiga ega;II guruh bosh guruhcha elementlari barcha birikmalarida +2 oksidlanishdarajasiga ega.Oddiy moddalardagi atomlar nol oksidlanish darajasiga ega. Ion bog`lanishli birikmalar odatdagi sharoitda qattiq moddalardirKuchli elektrmanfiy element atomi (ftor, kislorod, azot) bilan bog`langan vodorod atomi boshqa kuchli elektrmanfiy element atomi bilan yana bir bog` hosil qilish qobiliyatiga ega. Masalan, suv molekulasida vodorod kuchli elektrmanfiy kislorod bilan qutbli kovalent bog` orqali bog`larigan. Umumiy elektron juft kislorod tomonga siljigan va vodorod musbat zaryadlangan, kislorod esa manfiy zaryadlangan. Suvning bir molekulasidagi musbat zaryadli vodorod boshqa suv molekulasidagi manfiy zaryadlangan kislorodga tortiladi. Ikki kislorod atomlari orasidagi to`g`ri chiziq bo`ylab vodorod orqali bog` hosil bo`ladi.Suv, suyuq ammiak, suyuq vodorod ftorid, ko`plab organik birikmalar vodorod bog`iga ega.Metallarga eng quyi ionlanish energiyasi xos va ularda harakatchan elektronlar miqdori ko`p.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling