Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Download 344.19 Kb.
bet148/154
Sana16.11.2021
Hajmi344.19 Kb.
#175322
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   154
Bog'liq
9 sinf kimyo fanidan konspekt

Yangi darsning bayoni.
Noorganik va organik moddalaming xossalarini o'rganish uchun modda tarkibiga kiruvchi atom va molekulaning tuzilishini bilish muhim ahamiyatga ega.8-sinf kimyo kursida siz atom, molekulalarning tuzilishi, hosil bo'lishi, kimyoviy bog'lanishlar haqida bilimlarni o'rgangansiz. Ana shu o'rganilgan nazariy bilimlaringizni rivojlantirib borib, 9-sinfda organik birikmalarning xossalari, ular molekulasining tuzilishiga, molekuladagi atomlarning gibridlanish holatlariga, turli xil izomeriya hodisalariga bog'liq ekanligiga yanada ishonch hosil qildingiz.

Masalan, osh tuzi organizm uchun zaruriy kimyoviy birikma hisoblansa-da uning tarkibini tashkil etuvchi xlor va natriy atomlari, molekulalari alohida holda zaharli hamda o'yuvchidir. Molekular massasi 64 bo'lgan oltingugurt (IV)-oksid gaz holda bo'lsa-da, molekular massasi nisbatan kichik bo'lgan metil (32), etil spirtlari (46) suyuq moddalardir. Chumoli metil efiri bilan sirka kislotalarda (C2H402) bir xil atomlar teng miqdorda bo'lsa ham turli xil xossalarni namoyon qiladi.Demak, har bir moddaning xossalarini, ishlatilish sohalarini o'rganish uchun avvalo, uning tuzilishini bilish talab etiladi.Noorganik va organik moddalar bir butun mavjud tabiatni tashkil qiladi va ular bir-biriga aylanib turadi. Bu fikrning tasdig'ini siz noorganik va organik kimyoni o'rganish davomida anglab yetgansiz.Quyidagi masala va mashqlarni bajaring. Moddalaming xossalari bilan ularning tuzilishi orasidagi bog'liqlikni, noorganik moddalar bilan organik moddalaming bir-biriga aylanishi, ya'ni ular orasidagi genetik bog'lanish mavjud ekanligini tushunishga harakat qiling.




Download 344.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling