Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi
Download 344.19 Kb.
|
9 sinf kimyo fanidan konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasrning turi
- Yangi darsning bayoni.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Elеktrolitik dissotsiyalanish nazariyasi haqida bilim ko`nikma va malaka berish; 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish; 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish. Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik Darsning tashkiliy qismi: 1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash. 3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash. Yangi darsning bayoni. Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o`tkazadigan moddalar elektrolitlar deb ataladi. Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o`tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar deb ataladi. XIX asrda kashf etilgan eritmalar nazariyalari (D.I.Mendeleyevning gidratlar va S.Arreniusning ionlanish nazariyalari) bir qarashda qarama-qarshi ma'noga egadek ko`ringan edi. D.I.Mendeleyevning gidratlar nazariyasi ishqor, kislota va tuzlar eritmalarining elektr o`tkazuvchanligini tushuntirib bera olmagan bo`lsa, S.Arreniusning ionlanish nazariyasi elektrolitlarning eritmalarda ionlarga ajralish hodisasini to`liq izohlab bera olmasdi.Biriuchi marta bu ikki nazariyani elektrolhik dissotsiatsiyalanish nazariyasi shaklida birlashtirishni rus olimi I.A.Kablukov taklif etdi.Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasiga ko`ra elektrolitning qutbli erituvchida erishida elektrolitning erituvchining qutbli molekulalari bilan o`zaro ta'sirlashuvi ro`y beradi.Elektrolitlar ion yoki qutbli kovalent bog`li birikmalardir.Dissotsiatsiyalanish jarayonida ionlar gidratlangan holatga o`tadi.Har bir ionga bir necha erituvchi (suv) molekulalari birikadi. Odatda, erituvchi molekulalari elektrolitlarning kimyoviy reaksiyalarida ishtirok etmaydi, shuning uchun kimyoviy reaksiya tenglamalarini tuzishda ular hisobga olinmaydi.Elektrolitmaslar qutbsiz yoki kuchsiz qutbli kovalent bog`li birikmalar bo`lib, erituvchi ta'sirida ionlanmaydi va shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o`tkazmaydi.Elektrolit suv yoki boshqa qutbli erituvchi ta'sirida eriganda hamda yuqori harorat ta'sirida suyuqlanganda, uning ionlarga ajralish hodisasi elektrolitik dissotsiatsiyalanish deb ataladi.Har bir elektrolit musbat va manfiy zaryadli ionlar hosil qiladi va bu ionlar neytral atom yoki molekuladan elektr zaryadi va boshqa xossalari bilan farq qiladi. Xossalar turliligi ularning elektron tuzilishidagi farq asosida izohlanadi.Eritmada ionlar tartibsiz harakat qiladi, lekin elektr toki o`tkazilganda manfiy zaryadlangan ionlar elektrod-anodga, musbat zaryadlangan ionlar elektrod-katodga tomon harakat qiladi.Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasiga ko'ra elektrolitning qutbli erituvchida erishida elektrolitning erituvchining qutbli molekulalari bilan o'zaro ta'sirlashuvi ro'y beradi.Elektrolitlar ion yoki qutbli kovalent bog'li birikmalardir.Dissotsiatsiyalanish jarayonida ionlar gidratlangan holatga o'tadi.Har bir ionga bir necha erituvchi (suv) molekulalari birikadi. Odatda, erituvchi molekulalari elektrolitlarning kimyoviy reaksiyalarida ishtirok etmaydi, shuning uchun kimyoviy reaksiya tenglamalarini tuzishda ular hisobga olinmaydi.Elektrolitmaslar qutbsiz yoki kuchsiz qutbli kovalent bog'li birikmalar bo'lib, erituvchi ta'sirida ionlanmaydi va shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o'tkazmaydi.Elektrolit suv yoki boshqa qutbli erituvchi ta'sirida eriganda hamda yuqori harorat ta'sirida suyuqlanganda, uning ionlarga ajralish hodisasi elektrolitik dissotsiatsiyalanish deb ataladi.Har bir elektrolit musbat va manfiy zaryadli ionlar hosil qiladi va bu ionlar neytral atom yoki molekuladan elektr zaryadi va boshqa xossalari bilan farq qiladi. Xossalar turliligi ularning elektron tuzilishidagi farq asosida izohlanadi.Eritmada ionlar tartibsiz harakat qiladi, lekin elektr toki o'tkazilganda manfiy zaryadlangan ionlar elektrod-anodga, musbat zaryadlangan ionlar elektrod-katodga tomon harakat qiladi.Ma'lum haroratda dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining erigan moddaning dastlabki molekulalari soniga nisbati elektrolitning dissotsiatsiyalanish darajasi (a) deb ataladi.Dissotsiatsiyalanish darajasi erituvchi va erigan elektrolit tabiatiga, eritma konsentratsiyasiga, haroratga bog'liq bo'ladi.Dissotsiatsiyalangan va dastlabki molekulalar orasidagi muvozanat konstantasi dissotsiatsiyalanish konstantasi deb ataladi.Dissotsiatsiyalanish konstantasi erituvchi va erigan elektrolit tabiatiga,haroratga bog'liq bo'lib, konsentratsiyaga bog'liq bo'lmaydi. Download 344.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling