4-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Elementlar davriy sistemasining o‘n yettinchi guruh elementlarining xossalari, galogenlarni vodorodli va kislorodli birikmalari, galogenlarning kislorodli kislotalari va tuzlarini xossalarini o‘rganish.
Ishdan maqsad: galogenlarni vodorodli va kislorodli birikmalari xossalarini o‘rganish
Zarur asbob va reaktivlar: shtativ qisqichi bilan. Noksimon kolbalar; probirkalar. Egilgan shisha naylar. Chinni kosacha va tigel. Kristallizator. Kimyoviy stakan. Ko‘k lakmus. Indigo, fuksin. Siyoh binafsha rangda. Kraxmal kleysteri yoki yod-kraxmal qog‘ozi. Benzol. To‘rt xlorli uglerod. Osh tuzi. Kaliy permanganat. Qo‘rg‘oshin (IV) oksid. Marganes (IV) oksid. Kaliy dixromat. Kaliy xlorid. Kaliy bromid. Kaliy yodid. Xlorli, bromli va yodli suv. Vodorod sulfidli suv. Yod kristallari, magniy, alyuminiy, rux (kukuni).
Eritmalar: konsentrlangan sulfat ( =1,84 g/sm3) va xlorid ( =1,19 g/sm3) kislotalar; 0,5 n natriy tiosulfat; 0,5 n kaliy xlorid, kaliy bromid va kaliy yodid; 0,5 n kaliy dixromat; 0,5 n kaliy permanganat; 0,2 n o‘yuvchi natriy. Natriy xlorid. Natriy bromid, 2 n sulfat kislota. 0,5 n marganes sulfat. Qo‘rg‘oshin nitrat. Natriy sulfid. Kumush nitrat.
Galogenlarning olinishi va xossalari
1- tajriba. Xlorning olinishi. (Tajriba mo‘rili shkafda olib boriladi).
Uchta quruq probirka olib, birinchisiga 2—3 dona , ikkinchisiga , uchinchisiga dan soling. Har bir probirkaga navbati bilan konsentrlangan xlorid kislotadan 1—2 tomchi qo‘shib, ajralib chiqayotgan gazning rangiga e’tibor bering va xushyorlik bilan hidlab ko‘ring (xlor zaharli). Reaksiya shiddatli bormasa, probirkani qizdirish mumkin.
Eslatma: Tajribani kuzatgandan keyin tezlik bilan xlor ajralib chiqayotgan probirkani kristallizatordagi 0,5 n eritmasi bilan yuving. HCl ning bilan o‘zaro ta’sirlanib, xlor ajralib chiqish reaksiyasini va xlorning suvli eritmada bilan boradigan reaksiyalarini yozib, yarim reaksiyalar usulida tenglashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |