Mavzu: Ellektrolizga oid masalalar yechishni o‘rganish
Mavzu: Alkanlar mavzusini o’qitishda ”Klaster” metodidan
Download 293.12 Kb. Pdf ko'rish
|
601545 (1)
Mavzu: Alkanlar mavzusini o’qitishda ”Klaster” metodidan
foydalanish Tarmoqlar metodi (Klaster) texnologiyasi Ushbu metod mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan. Biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishdan oldin o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi. 1.Katta o‘lchamdagi qog‘oz yoki doskaning o‘rtasiga mavzuga doir so‘z yoziladi. 2.O‘quvchilar ushbu so‘z bilan bog‘liq xayolga kelgan so‘z va jumlalarni uni atrofiga yoza boshlaydilar. 3.Yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi bilan xayolga kelgan so‘zlar ham darhol yozib qo‘yiladi. 4.So‘zlarni yozish jarayoni o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so‘z va g‘oyalar tugaguncha davom etadi. Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur. 1.Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e‘tibor bermasdan yozib borish. 2.Orfografiya va boshqa omillarga e‘tibor bermaslik. 3.Vaqt tugaguncha, iloji boricha to‘xtalmasdan yozish. 4.Iloji boricha ko‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish. 5. G‘oyalar va so‘zlar sonini cheklab qo‘ymaslik. Mavzu bayoni: Tabiiy gaz tarkibida ko‘proq molekulyar massasi kichik bo‘lgan uglevodorodlar bo‘ladi. Uning taxminiy hajm jihatdan tarkibi quyidagicha: 80-98% metan, 2-20% uning eng yaqin gomologlari – etan, propan, butan va ozroq miqdorda aralashmalar – vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, uglerod (IV) oksid va suv bug‘lari.Odatda, neft tarkibida erigan holda uni qazib olishda ajralib chiqadigan yo‘ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo‘ldosh gazlar tarkibida metan kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo‘lmagan boshqa tabiiy gazlardagi kabi qo‘shimchalar, ya’ni: vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, suv bug‘lari va karbonat angidrid bo‘ladi. Neftning yo‘ldosh gazlari tabiatda neftdan yuqorida yoki bosim ostida unda erigan holda bo‘ladi. Yo‘ldosh gazlardan, shuningdek neftni krekinglashda olinadigan gazlardan past temperaturalarda haydash yo‘li bilan alohida-alohida uglevodorodlar olinadi. Gazdan polimer materiallar – polietilen, polivinilxloridlar olish mumkin. Propan va butandan degidrogenlash yo‘li bilan to‘yinmagan uglevodorodlar – propilen, butilen va butadiyen olinadi, so‘ngra ulardan kauchuk va plastmassalar sintez qilinadi.Neft yo‘ldosh gazlarining xarakteristikasiGazli benzin - Pentan, geksan va boshqa uglevodorodlar aralashmasi- Dvigatelni ishga tushirishni osonlashtirish uchun benzinga qo‘shiladiPropanbutan -Propan va butan aralashmasi Suyultirilgan gaz holida yonilg‘i sifatida ishlatiladiQuruq gaz -Tarkibi jihatidan tabiiy gazga o‘xshash -C2 H2 , H2 va boshqa moddalar olishda hamda yonilg‘i sifatida ishlatiladi.Tabiiy gaz eng yaxshi yoqilg‘i, to‘liq yonadi va juda katta issiqlik beradi. Bu jihatdan boshqa yoqilg‘ilardan farq qiladi. CH4 + 2 O2 =CO2 + 2H2O + Q Hozirgi vaqtda tabiiy gaz kimyo sanoatida har xil sintetik va organik birikmalar olishda asosiy xomashyo bo‘lib qolmoqda. Metanni 1500o C gacha qizdirib asetilen va vodorod olinadi. 2CH4 =HC≡CH + 3 H2 Elektrkimyo kombinatlarida asetilendan sirka aldegid, benzol, sirka kislota, etil spirt, kauchuk va boshqa moddalar, vodoroddan esa ammiak, nitrat kislota, kaliy, natriy va ammoniyli selitralar olinadi. Metanni suv bilan yuqori haroratda katalizator ishtirokida qizdirib is gazi va vodorod olinadi. Bu aralashma sintez gaz deyiladi. CH4 + H2O =CO + 3H2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling