Mavzu: Ellektrolizga oid masalalar yechishni o‘rganish


Mavzu: Davlat talim standartlari


Download 293.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana25.01.2023
Hajmi293.12 Kb.
#1120225
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
601545 (1)

Mavzu: Davlat talim standartlari. 
Davlat ta’lim standartlarining mazmuni.
Davlat ta’lim standarti umumiy о‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim 
uchun alohida-alohida ishlab chiqarildi. 
Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti о‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligi 
saviyasiga qо‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. О‘z navbatida kasb-
hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti о‘quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, 
saviyasiga qо‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, 
saviyasiga qо‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi. 
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning 
sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi hisoblangan standart 
vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida 
(davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. 
DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv 
rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bо‘lib xizmat qiladi. 
Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS о‘zining tuzilishi va mazmuniga 
kо‘ra davlat, hudud ta’lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks 
ettiradi hamda eng muhimi о‘quvchi shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari 
ustuvorligidan kelib chiqadi. 


 Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida kо‘zga tashlanayotgan 
zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish 
(davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar о‘rnatilishi) his
oblanadi.
Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega: 
1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy о‘rta, 
о‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi 
mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi; 
2) О‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim 
amaliyotida umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi 
tendensiyalarining hisobga olinishi. 
Davlat ta’lim standarti: 
1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bо‘lgan ta’lim 
darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 
2) о‘quv fani bо‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy 
hujjat; 
3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, о‘quvchilar tomonidan bajariladigan 
о‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik 
darajalariga qо‘yiluvchi talablarni belgilaydi. 
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim 
standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima 
qilinganda «meyor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart 
yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik 


darajasini ta’minlashga erishiladi, о‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, 
о‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. О‘quvchi davlat 
tomonidan belgilangan 
ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq e
gallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin 
bо‘lgan yoki qiziqarli bо‘lmagan fanni о‘rganishda о‘quvchiga standartga 
kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi. 



Download 293.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling