Mavzu: Ellektrolizga oid masalalar yechishni o‘rganish


Mavzu: Alkanlar mavzusini o’qitishda ”Klaster” metodidan


Download 293.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana25.01.2023
Hajmi293.12 Kb.
#1120225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
601545 (1)

Mavzu: Alkanlar mavzusini o’qitishda ”Klaster” metodidan 
foydalanish 
Tarmoqlar metodi (Klaster) texnologiyasi 
Ushbu metod mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil 
ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan. Biron-bir mavzuni 
chuqur o‘rganishdan oldin o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda 
kengaytirishga xizmat qiladi. 
1.Katta o‘lchamdagi qog‘oz yoki doskaning o‘rtasiga mavzuga doir so‘z yoziladi. 
2.O‘quvchilar ushbu so‘z bilan bog‘liq xayolga kelgan so‘z va jumlalarni uni atrofiga 
yoza boshlaydilar. 
3.Yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi bilan xayolga kelgan so‘zlar ham darhol yozib 
qo‘yiladi. 
4.So‘zlarni yozish jarayoni o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki 
barcha so‘z va g‘oyalar tugaguncha davom etadi. 
Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur. 
1.Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e‘tibor bermasdan yozib borish. 


2.Orfografiya va boshqa omillarga e‘tibor bermaslik. 
3.Vaqt tugaguncha, iloji boricha to‘xtalmasdan yozish. 
4.Iloji boricha ko‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish. 
5. G‘oyalar va so‘zlar sonini cheklab qo‘ymaslik.
Mavzu bayoni: Tabiiy gaz tarkibida ko‘proq molekulyar massasi kichik bo‘lgan 
uglevodorodlar bo‘ladi. Uning taxminiy hajm jihatdan tarkibi quyidagicha: 80-98% 
metan, 2-20% uning eng yaqin gomologlari – etan, propan, butan va ozroq miqdorda 
aralashmalar – vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, uglerod (IV) oksid va suv 
bug‘lari.Odatda, neft tarkibida erigan holda uni qazib olishda ajralib chiqadigan 
yo‘ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo‘ldosh gazlar tarkibida metan 
kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar ko‘proq bo‘ladi. Bundan 
tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo‘lmagan boshqa tabiiy gazlardagi 
kabi qo‘shimchalar, ya’ni: vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, suv bug‘lari va karbonat 
angidrid bo‘ladi. Neftning yo‘ldosh gazlari tabiatda neftdan yuqorida yoki bosim 
ostida unda erigan holda bo‘ladi. Yo‘ldosh gazlardan, shuningdek neftni krekinglashda 
olinadigan gazlardan past temperaturalarda haydash yo‘li bilan alohida-alohida 
uglevodorodlar olinadi. Gazdan polimer materiallar – polietilen, polivinilxloridlar 
olish mumkin. Propan va butandan degidrogenlash yo‘li bilan to‘yinmagan 
uglevodorodlar – propilen, butilen va butadiyen olinadi, so‘ngra ulardan kauchuk va 
plastmassalar sintez qilinadi.Neft yo‘ldosh gazlarining xarakteristikasiGazli benzin - 
Pentan, geksan va boshqa uglevodorodlar aralashmasi- Dvigatelni ishga tushirishni 
osonlashtirish uchun benzinga qo‘shiladiPropanbutan -Propan va butan aralashmasi 
Suyultirilgan gaz holida yonilg‘i sifatida ishlatiladiQuruq gaz -Tarkibi jihatidan tabiiy 
gazga o‘xshash -C2 H2 , H2 va boshqa moddalar olishda hamda yonilg‘i sifatida 
ishlatiladi.Tabiiy gaz eng yaxshi yoqilg‘i, to‘liq yonadi va juda katta issiqlik beradi. 


Bu jihatdan boshqa yoqilg‘ilardan farq qiladi. CH4 + 2 O2 =CO2 + 2H2O + Q Hozirgi 
vaqtda tabiiy gaz kimyo sanoatida har xil sintetik va organik birikmalar olishda asosiy 
xomashyo bo‘lib qolmoqda. Metanni 1500o C gacha qizdirib asetilen va vodorod 
olinadi. 
2CH4 =HC≡CH + 3 H2 
Elektrkimyo kombinatlarida asetilendan sirka aldegid, benzol, sirka kislota, etil spirt, 
kauchuk va boshqa moddalar, vodoroddan esa ammiak, nitrat kislota, kaliy, natriy va 
ammoniyli selitralar olinadi. Metanni suv bilan yuqori haroratda katalizator ishtirokida 
qizdirib is gazi va vodorod olinadi. Bu aralashma sintez gaz deyiladi. 
CH4 + H2O =CO + 3H2 



Download 293.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling