Mavzu: Ellektrolizga oid masalalar yechishni o‘rganish


Mavzu: Kimyoni o'qitishda eksperemental masalalardan foydalanish


Download 293.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana25.01.2023
Hajmi293.12 Kb.
#1120225
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
601545 (1)

Mavzu: Kimyoni o'qitishda eksperemental masalalardan foydalanish. 


Kimyodan masala yechishning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, masalalalar 
yechish jarayonida moddalar va jarayonlar to’g’risidagi kimyoviy tushunchalar 
mustahkamlanadi va takomillashadi, bilimlarning mustahkam egallashi vujudga keladi.
Kimyoviy masalalarni yechish o’qitishni ishlab chiqarish bilan bog`laydi, mehnat 
tarbiyasi ko’nikmalarini hosil qiladi, ixtisoslikni egallashga yo’naltiradi, matematika 
va fizika fanlari bilan predmetlararo bog`’lanish amalga oshadi. Maqsadga intilish 
xususiyati shakllanadi. Masala yechishning rivojlantiruvchi funksiyasi yoqori bo’lib, u 
o’quvchilarning kimyoviy tafakkurini shakllantiradi va rivojlantiradi, bilimdagi 
formalizmini yo’qotadi, mustaqil fikrlashga o’rgatadi. Kimyodan sifat masalalarini 
yechish jarayonida muommali o’qitishni amalga oshirish mumkin. Metodologik 
jihatidan olganda absrakt taffakurdan amaliyotga o’tishni ta’minlaydi. Masalalar 
yechish o’qitish vositasi bo’lib, u bilimlarni mustahkam o’zlashtirilishini 
taminlaydi(6- rasm). Kimyoviy masalalar sifat va hisoblashga oid sinflarga bo’linadi. 
Kimyo bo’yicha sifatga oid masalalar Kimyo bo’yicha sifatga oid masalalar. Sifatga 
oid masalalarning quyidagi tiplarini keltirish mumkin. 1. Kuzatilgan hodisalarni 
tushuntirish: nima sababdan KMnO4 qizdirilganda ajraladigan gaz cho’g’langan 
cho’pni yondirib yuboradi? Nima sababdan Na2SO4 eritmasiga bariy xlorid eritmasi 
qo’shilganda cho’kma hosil bo’ladi? 2. Aniq moddalarning tavsifi. Xlorid kislotaning 
quyidagi sanab o’tilgan moddalarning qaysi biri bilan reaksiyaga kirishadi? 3. 
Moddalarni bilib olish. Qaysi probirkalarda kislota, ishqor, tuz borligini aniqlang. 
Qaysi probirkalarda xlorid kislota, sulfat va nitrat kislota orligini aniqlab ko’rsating. 4. 
Moddalarning tarkibini sifat jihatidan asoslab berish. Ammoniy xlorid tarkibada 
ammoniy va xlor ioni borligini asoslab ko’rsating.


5. Aralashmalar tarkibidan toza moddalarni ajratish. Kislorodni uglerod (IV)oksididan 
qanday tozalash mumkin. 6. Moddalarning olinishi. Natriy gidroksidni mumkin 
bo’lgan usullar bilan olinishini ko’rsating. Sifat masalalari ichida asboblarni 
ishlatishga oid ham bo’lishi mumkin. Masalan: kislorod, vodorod, xlor, ammiak 
gazlarini yig’ish uchun qanday asboblardan foydalanish mumkin. Sifat masalalari 
og’zaki, yozma va yeksperimental bo’lishi mumkin. 
1- masala. NaNO2 ning 15 g eritmasidagi kislorod atomlarining soni 4,8∙1023 donaga 
teng. NaNO2 eritmasining massa ulushini foizda hisoblang. 
Yechish: 
1) Kislorodning modda miqdorini aniqlaymiz. 
n = N/Na = (4,8∙1023)/(6,02∙1023) = 0,8 mol 
2) NaNO2 ning suvdagi eritmasidagi NaNO2 da 2 ta kislorod atomlari, suvda bitta 
kislorod atomlari bo`ladi. Suvdagi kislorod atomlar sonini x, NaNO2 dagi 
kislorod atomlar sonini u deb olsak, unda x + 2u = 0,8 mol ga teng bo`ladi. 
Undan x = 0,8 – 2u 
Tenglama tuzib, erigan toza modda miqdorini aniqlaymiz. 
69u + 18x = 15 
69u + 18 (0,8 – 2u) =15 
69u + 14,4 – 36u = 15 
33u = 0,6 
u = 0,02 mol 
m(NaNO2) = n∙M =0,02 ∙ 69 = 1,38 g 


ω(NaNO2) = (1,38/15) ∙ 100 = 9,2 % 
Formulalarni keltirib chiqarish boyicha quyidagi usullardan foydalanish mumkin. 
2-masala. Umumiy formulasi A2B2O7 va A2BO4 bo`lgan moddalar berilgan. 
A2B2O7 tarkibida kislorodning massa ulushi 38,1% ga teng, A2BO4 moddada 
kislorodning massa ulushi 33% ga teng. A va B elementlarni aniqlang.
Yechish: 
1-usul. 
Hisoblash 100 g moddalarga nisbatan olib boriladi: 
m(O) = m∙ω =100∙0,381 = 38,1 g 
n(O) =38,1/16 mol = 2,375 mol 
n(A2B2O7) = 2,375/7 = 0,34 mol 
M = 100/0,34 = 294 g/mol 

Download 293.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling