Mavzu: Emperik sotsiyalogik tadqiqot. Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism : Emperik sotsiyalogik tadqiqot dasturi


Download 43.47 Kb.
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi43.47 Kb.
#261127
1   2   3   4
Bog'liq
Nargiz mustaqil ish

EMPIRIK METODLARI

1. So‘rov metodi.

Ushbu metodni ishlab chiqish XVIII asrdan boshlanib ketgan edi.

hozirgi vaqtda bu metod keng tarqalgan va ko`p qo`llaniladigan metod

hisoblanadi. So`rov metodining quyidagi turlarini ko`rsatishimiz mumkin:

1. Anketalashtirish yozma shakldagi so`rov bo`lib, texnikasiga ko`ra,

tarqatiladigan (anketa tadqiqotchi tomonidan tarqatiladi va yig`ib olinadi)

matbuot orqali (anketani gazeta va jurnallarda chop ettirish), telefon yoki

telesko‘p orqali, ya'ni texnik vositalari bilan (televizor yoki telefonga oid

qo`shimcha sifatida) amalga oshiriladigan So`rov turidir.

2. Suhbatlashish (Intervyu) — suhbat o`tkazuvchilarni (intervyuer)

bir qanchasini talab qiluvchi, og‘zaki Sarovturidir. Bu So`rov klinik

(respondentning sub'ektiv dunyosini samimiyligi) bir nuqtaga qaratilgan o`rganish uchun bir asosiy savolni ajratib olish) So`rovlarga bo`linadi.

3. Sotsiometrik So`rov—guruhdagi shaxslararo munosabatlarning

yaxshi ko`rish, yoqtirmaslik, do`stlik, adovat, qismat va boshqa jihatlarini

o`rganishga qaratilgan. Amerikalik sotsial psixolog J.Moreno tomonidan

ushbu So`rov metodi ishlab chiqilgan. Bu metod guruh, to`planishiga

zarurat tug`ilganda, liderni aniqlashda, kollektivda psixologik klimatni

aniqlashda va boshqa yo`llarda qo`llaniladi.

4. Test o`tkazish So`rov — maxsus qayta ishlangan vositalar sxema,

rasmlar, takliflar, savollar yordamida shaxsiy sifat va qobiliyatlarni

namoyon bo`lishini aniqlaydi. Testlar tematik, birikmalari (assotsiativ)

intellektual qobiliyatlarni aniqlaydigan, takliflarni yakunlaydigan turlarga

bo`linadi.

5. Ekspert So`rov — Bu metod ekspertlarga, ya'ni mutaxassislarga

yon beradi. Bular, asosan muammo bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar

yoki javobgar shaxslardir. Bunda so`ralayotganlarning qiziqishlari

e'tiborga olinishi kerak.

6. Panel So`rovlar — kishilarning doimiy doirasiga mo`ljallangan

So`rov bo`lib, tashkilotlardagi boshqarish uslubidagi ma'lum o`zgarishlarga

ulargacha va ulardan keyin kiritiladigan so`rov turidir. Bu metod

guruhlarning faqat bir belgisiga ko`ra bir-birini taqqoslash va farqlash,

ya'ni protsessning sabab va oqibat analizlarini o`rganish maqsadida

qo`llaniladi. Ko`pincha so`rovning bu turi eksperimental tadqiqotlarga

qo`shimcha ravishda kiritiladi.

7. Yaxlit So`rovlar — demografik protsesslarni, jamoatchilik fikrini,

aholini ro`yxatga olishni o`rganishda qo`llaniladi. Yaxlit so`rovlar barcha

aholini yoki muammo bilan bog`liq bo`lgan bosh majmualarning so`rovini

o`zida aks ettiradi.

Ushbu so`rovlarning har biri maxsus xususiyatlarga ega bo`lib,

O`tkaziladigan tadqiqot texnik muammosini, informatsiyaning aniqligini

O`z-ozicha hal qiladi. Ularni o`zaro birlashtiradigan vosita bu — anketa

So`rovning barcha turlari asosida anketa yoki savol varaqasi yotadi.

Anketa — empirik ma'lum o‘t olish uchun tadqiqotning umumiy

konsepsiyasi va yo`nalishi bilan o`zaro aloqadorlikda bo`lgan, kiritilgan

gipotezani tekshirishga layoqatli bo`lgan savollar sistemasining

ifodalanishidir. Anketa tashkil topishining va savollar tuzilishining bosh

mezoni bu — tushunmoqlikdir, ya'ni savollarni alohida izohlamoqda

intilishdir.

Savollar ob'ektiga ko`ra: faktlarga, fikrlarga va harakatlarga; shakliga

Ko`ra: to`g`ridan-to`g`ri, chetdan, ochiq va yopiq bo`ladi (ochiq savolla javobni erkin shaklda bo`lishini ta'minlaydi, yopiq savollar tekshirilgan va

respondentning tomonidan tanlangan bo`lib, uning fikriga mos kelishi

kerak); funksiyasiga ko`ra: psixologik (aktivlikni, ishtirok etishni, ishochni

kuchaytirmoq maqsadida), bo`linuvchi (diqqatni bo`linishi uchun, bir

guruhni ikkinchi guruhdan ajratmoq uchun), nazoratlangan (asosiy

savollarni javobini tekshirish uchun, xotirani tiklash uchun, savol-tuzoq

ya'ni chiqib ketolmaydigan savol berish) turlarga bo`linadi.

Savol-So`rov metodining asosiy instrumenti hisoblanadi. Savol — bu

anketa yoki blankga tadqiqotchining fikri joylashtirilib respondentga

yo`llangan bo`ladi va undan javobning u yoki bu tomonini talab qiladi.

Sotsiologik tadqiqotda savollarning bir qancha konsepsiyalari mavjud.

Masalan, test konsepsiyasi shaxsning belgilari yoki uniig qobiliyatlarini

aniqlashda savolning alohida elementini emas, balki bir qancha

elementlarni aks ettiradi. Bunda so`rovning natijalari baholanadi, alohida

savollarga javoblar ahamiyat kasb etmaydi va ko`p javoblarning elementi

sifatida analiz qilinadi. Savolning bu turi kam qo`llaniladi. Savolning bir

muncha an'anaviy turi informatsion konsepsiyadir. Uning har bir savoli

voqelikni yagona semantik informatsiya bilan ta'minlaydi. Bu ko`rinishi

tez-tez qo`llanilganligi sababli, sotsiolog ikkita masalani hal qiladi:

a) tadqiqot birligini o`rganishni qo`llaydi:

b) har bir birlikdan informatsiya to`plash uchun qanday savol berish

kerak.


Savolning uchinchi konsepsiyasi, indikator konsepsiya bo`lib, anketa

ishlab chiqishda va aniq, ma'lumot olishda maqsadga yo`naltirilgan

natijalar beradi. Shundan keyin savollar konsepsiyasi aniqlab olingach,

sotsiolog har bir savolni ishlab chiqishga kirishadi. Buning uchun

quyidagilarni nazarda tutish kerak: faktlar to`g`risidagi savollar yengil

formulirovka va analiz qilinib, respondentga qiyinliklar tug`dirmasligi

kerak. (Siz transport vositasidan foydalanasizmi? Oliy ma'lumotlimisiz?

Va x.k.) Fikrlar, nigohlar, sabab (motiv)lar to`g`risidagi savollar

qiyinchiliklar tug`dirilishi mumkni. Bular qiyin formulirovka qilinib aniq,

javoblar olish uchun qo`shimcha kuchlar talab qiladi. Taniqli nemis

tadqiqotchisi E.Noel quyidagicha misol keltiradi: Janubiy Germaniyada

nima uchun ma'lum markadagi televizorlarni kam sotib olishlarini

o`rganish uchun kamida 70 ta savol berish kerak, shu bilan birgalikda bu

savollar nafaqat ushbu xududda, balki boshqa xududlarda ham taqqoslash

uchun tarqatilishi kerak.

Olingan informatsiyani nazorat qilish uchun nazorat savollar

tayyorlanadi, ular ma'nosiga ko`ra asosiy tadqiqot savollariga o`xshash tasavvur qoldiradi, lekin birinchi ko`rinishni aniqlaydigan birmuncha

bekitilgan formada bo`ladi. Nazorat savollar chetdan beriladi. Shuni

ta'kidlash lozimki, to`g`ridan-to`g`ri berilgan savollar salbiy

munosabatlarni keltirib chiqaradi, agarda asosan «nima uchun» degan

savol bilan boshlansa. Shuning uchun sotsiologlar «nima uchun» degan

savol bilan tadqiqot boshlashni tavsiya etishmaydi va chetdan savol berish

formasini ishlatishni ta'kidlaydilar (Marhamat qilib ayting, Sizning

fikringizga nisbatan...?).

Sotsiologning anketa tuzishda yana to`qnash keladigan boshqa bir

muammosi bu — standartlashtirish bo`ladi. Standartlashgan So`rov —

ommaviy so`rovlarda kerakli bo`lib, bir xillilikka, terminologikka,

mohiyatga keltirishdir. Standartlashtirish natijalarni taqqoslashga imkon

yaratib, ma'lumotlarni qayta ishlashni engillashtiradi. Standartlashgan

so`rov yopiq, savollarni qo`llashni imkoni baland ekanligini tahmin qiladi,

ya'ni anketada javob bor bo`lgan savollarni, respondent, o`z fikriga

(variant) mos kelganini tanlaydi. Standartlashgan So`rovning kamchiligi bu

— individual xossasining yetarli bo`lmaganini hisobga olish, ko`rilayotgan

savollarga sub'ektiv munosabatda bo`lishni tashkil etadi, qachonki

kishilarning sub'ektiv dunyosiga chuqur kirib borilar ekan, bunda standart

bo`lmagan so`rov qo`llaniladi. Savollar ochiq formada formulirovka

qilinadi va har bir anketa informatsiyaning alohida birligi sifatida olib

qaraladi. Standartlashning darajasi muammo va tadqiqot maqsadidan qat'iy

nazar tadqiqotchi tomonidan belgilanadi. So`rov metodida asosiy

tomonlardan biri bu tushuntirish muammosi yoki interpretatsiya asosiy

tomonlardan biri hisoblanadi. Savollarni tuzilishi — bunda konsepsiya

tushunchasinnng terminlarini So`raluvchi tarjima qilihdan iborat. Savollar

asosan, So`raluvchining pozitsiyasidan, uning hayot faoliyati darajasidan

kelib chiqib tuziladi. Bu tilning o`ziga xos xususiyatining hisobini,

respondentning konkret tafakkurini, psixologik xususiyatlarini (alohida

shaxsiy savollarda, foydada va boshqalarda salbiy reaksiya berish),

ma'lumot darajasi (chuqur bilimga egalik), diniy yoki siyosiy xarakterdan

qo`rqish va boshqalarni farz qiladi. Savollar qisqa va aniq, ikki xil

tushunishga yo`l qo`ymaydigan, imkoniyatiga ko`ra bir xil ma'noli

formulirovka qilish kerak. Tushuntirish muammosi nafaqat anketani qayta

ishlashda, balki tadqiqotchi tomonidan informatsiyani analiz qilish

jarayonida ham ishlatiladi. Bunday yo`lda, u tadqiqotchining mahorati va

tadqiqot apparatining qayta nshlangan darajasiga bog`liq, bo`ladi.

Endi anketaning umumiy kompozitsiyasiga to`xtalib o`tamiz, bunda

anketaning joylashishi va uning ketma-ketligi o`rin olgan. Empiri tadqiqotlar praktikasida maqsadga muvofiqlashgan ketma-ketlik

anketasining mazmuniga ko`ra tarqatish murakkabdir. Anketa har doim

So`ralayotgan shaxsga murojaatdan boshlanadi va unda quyidagilar

Ko`rsatiladi:

a) qanday tashkilot, boshqarma So‗rov o‗tkazyapti;

b) umumiy yo‗llarda tadqiqotning maqsadi tushuntiriladi va natijalar

qanday qo‗llanishi, tadqiqotda respondent ishtirokining shaxsiy ahamiyati

ko‗rsatiladi;

v) javoblarning yashirincha bo‗lishi anonimlik kafolatlanadi.

Bulardan keyin anketani to‗latish qoidalari va qaytarib berish usuli

keladi. Murojaat va qoidalar, odatda anketaning tashqi tomoni, ya'ni

muqovasiga joylashtiriladi. Keyin boshqa varaqalarga savollar

joylashtiriladi.

Anketa murakkab vaziyatda emas, balki oddiy savollar bilan

boshlanadi. Bu savollarga faktlar, egallab turgan darajasi (lavozimi),

shug‗ullanadigan ishi va o‗.q.lar kiradi. Undan keyin anketaning markaziy

qismida ma'nosiga ko‗ra asosiy bo‗lgan savollar joylashtiriladi. Ular

belgilangan mantiqiy izchilligi, ko‗rilayotgan dasturi nazorat savollari

bilan almashinib turadi. Asosiy qismning ikkinchi bo‗lagida bir muncha

murakkab va qaltis masalalar joylashtiriladi. Sotsiologik tadqiqot

praktikasining ko‗rsatishicha, anketa savollariiing katta qismini

to‗ldirgach, respondent ishni oxiriga yetkazishga psixologik jihatdan

tayyor bo‗ladi. Anketaning, so‗ngi qismida bu pasport deb ham yuritiladi,

shaxsning ob'ektiv ahvoli va statusi ko‗rsatilgan savollar joy oladi (jinsi,

yoshi, oilaviy ahvoli). So‗rov o‗tkazish vaqtida sotsiolog yana tadqiqot

o‗tkazishning texnikasini aniqlaydi; tarqatiladigan, matbuot orqali, pochta

orqali, telefon orqali. Shuni aytish mumkinki, tarqatiladigan so‗rov boshqa

so‗rovlarga nisbatan birmuncha effektivdir, bunda sotsiolog guruhga kelib,

anketani tarqatadi va birmuncha vaqtdan keyin uni yig‗ib oladi. Bunda

respondentlarni 100% so‗rovga jalb etish mumkinligi kutiladi, matbuot

yo‗li bilan o‗tkaziladigan so‗rovda, anketani yig‗ib olish 5% tashkil etishi

mumkin.


So‗rov o‗tkazishda «neytral xudud» tanlanadi, ya'ni rahbar

xodimning kabineti emas, intervyu iloji boricha bir xil yondashish turli

jinsdagi kishilar orasida do‗stona, xotirjamlik, yaxshi kayfiyat bilan

o‗tkazilishi kerak. Tadqiqotni xoxlovchilar orasida emas, tanlab olinganlar

orasida o‗tkazish kerak.


Download 43.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling