Mavzu: Empirik modellar. Tajriba natijalarini qayta ishlash. Ehtimollar nazaryasi va matematik statistikaning asosiy tushunchlari


Download 14.55 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi14.55 Kb.
#1422515
Bog'liq
2 Mavzu


2 Mavzu:Empirik modellar. Tajriba natijalarini qayta ishlash. Ehtimollar nazaryasi va matematik statistikaning asosiy tushunchlari.
Empirik modellar passiv va aktiv tajriba ma’lumotlari asosida quriladi. Empirik model o‘zida jarayonning mumkin bo’lgan barcha tajriba ma’lumotlarini aks ettiruvchi appiroksimatsiyalangan bog’liqlik tenglamasini tashkil qiladi.
Nazarda tutish kerakki barcha o’lchanayotgan kataliklar va laboratoriya tahlili natijalari tasidifiy kattalik hisoblanadi. Shuning uchun empirik modellarni qurish, tajriba ma’lumotlarini qayta ishlash, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qonuniyatlariga asosan amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy amaliy tadqiqotlar obyekt haqidagi axborotlarni yig’ish bilan bog’liqdir va u ma’lumotlar keyinchalik obyekt xususiyatlarini ko’rsatib beruvchi jadval, grafik yoki matematik ifodalar ko’rinishida tasvirlanadi. Bunda axborotlarni yig’ishni tasodifiy faktorlarsiz (o’lchash asboblarinng xatosi, olchash metodikasi, tashqi muhit tasirlari va hokozo) amalga oshirish mumkin emas. Bitta fizik o’zgaruvchini o’lchash ishonchliligini baholash uchun statistika uslublaridan foydalanishni talab qiladi bunda ayni fizik kattalikni bir qancha takroriy o’lchashlar amalga oshirish zarur.
Bundan tashqari tadqiq etilayotgan obyekt xususiyatlarini ifodalovchi matematik bog‘liqlikni qurishda bir qancha o‘zgaruvchilarni kuzatish amalga oshiriladi. Bu o’zgaruvchining birinchi guruhi chiqish yoki nomustaqil ikkinchi guruhi esa kirish yoki mustaqil o’zgaruvchilar deb nomlanadi.
Bir xil sharoitda turlicha quymat qabul qilshi mumkin bo’lgan kattalik tasodifiy kattalik deyiladi. Tasodifiy kattalik xususiyatlarini aniqlash uchun uning mumkin bo’lgan barcha qiymatlarini bilish yetarli emas. To’liqroq xarakterlash uchun tasodifiy kattalik, u yoki bu, qiymatni qanchalik ko’proq qabul qilishini ko’rsatish kerak.
Agar X tasodifiy kattalik takroriy tajribalar natijasida diskret x1,x2,…,xn qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo’lsa va m ta ta tajriba xi qiymat qabul qilsa m barcha tajriba soniga nisbati m/n ga X=xi hodisaning sodir bo’lish nisbiy chastotasi deyiladi. O’tkazilgan tajribalarni oshirish natijasida nisbiy chastota o’zgarmas kattalik Pi ga intiladi va u kattalik X=xi hodisa ehtimolligi deyiladi.
(1)
Download 14.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling