3.Epifiz bezi Epifiz (yun. — ortiq, doʻmboq): miyaning yuqori qismidagi oʻsimta, “gʻuddasimon bez”. Odam va umurtqali hayvonlar oraliq miyasining yuqori yuzasida joylashgan. E., asosan, yosh individlarda yaxshi rivojlangan. Eksperimental va klinik kuzatishlar E.ning olib tashlanishi yoki strukturasining oʻzgarishi erta jinsiy yetilishga va anormal oʻsishga sabab boʻlishini koʻrsatadi; - uzun naysimon hochoq suyaklarning boʻgʻim uchlari. Epifiz yoki gurrasimon bez(glandula pinealis) cho’zinchoq yoki sharsimon shakllarda uchraydi. Epifizda 2 xil modda – serotonin va melotonin hosil bo’ladi. Serotonin arteriyalarni toraytirib, mediator vazifasini bajaradi. Melotonin esa jinsiy bezlar taraqqiyoti uchun fiziologik tormoz vazifasini bajaradi. Epifizning buzilishi bolalarda erta jinsiy balog’atga yetishga olib keladi
4.Qalqonsimon bez - Qalqonsimon bez — odam va hayvonlarning ichki sekretsiya bezi. Qalqonsimon bezning rivojlanishi homilalik davrida boshlanib, bola 1 yoshga yetganda uning vazni 1—2 g ni tashkil etadi, oʻsish jarayonida u kattalashib 15—20 g gacha yetadi. Qalqonsimon bez embrion jabra xaltachasi epiteliysidan rivojlanadi. Qalqonsimon bez odam embrioni taraqqiyotining 8—9 oyida toʻliq shakllanib, gormon ajrata boshlaydi, u boʻyinda, hiqildoq togʻaylari sohasida joylashgan; 2 palla va boʻyinchadan iborat. Qalqonsimon bezni bir juft yuqori va bir juft pastki arteriyalar qon bilan taʼminlaydi, simpatik va parasimpatik nerv tolalari innervatsiya qiladi. U organizmda modda va energiya almashinuvi regulyatsiyasida ishtirok etuvchi yodli gormon tiroksin (T4), triyodtironin (TZ) va tireokaltsitonin ishlab chiqaradi. Qalqonsimon bez funksiyasini markaziy nerv sistemasi, faoliyatini esa gipofiz bezi boshqaradi.
- Qalqon orqa bezi. Bu bez to`rtta bo`lib, qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ularning umumiy og`irligi 100—150 mg ni tashkil qiladi. Qalqon orqa bezlaridan paratireoidin yoki paratgormon ishlanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqarilsa, nerv-muskul tizimining qo`zg`aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo`Uari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch to`kiladi, suyaklar yumshab, egiluvchan, mo`rt bo`lib qoladi, nerv-muskul tizimining qo`zg`aluvchanligi ortib ketib, odam tanasining umumiy qaltirashi, ya’ni tutqanoq (tetaniya) holati yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |