Mavzu: Eneoli va bronza davrida o’rta osiyo, Samarqand


Download 193.5 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi193.5 Kb.
#1143486
  1   2
Bog'liq
Eneoli va bronza davrida o’rta osiyo, Samarqand




Mavzu: Eneoli va bronza davrida o’rta osiyo, Samarqand
Reja:
1.Eneolit davri va manzilgoxlari.
2.Bronza davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Bronza davri kashfiyotlari.
4.Birinchi va ikkinchi mexnat taqsimotlari
O‘rta Osiyoda bronza miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri va II ming yillikning boshlaridan ma’lum. Bronza davri "metallurglari" dastlab metallni er yuziga chiqib yotgan rudadan olganlar, keyinroq er osti ruda konlaridan xam foydalanganlar. qazib olingan mis ruda avval ochiq gulxanlarda, so‘ngra aloxida pechlarda (sopol tigel) da eritilib, undan sof mis-metall ajratib olingan va uni qalayiga qorishtirib bronza olganlar. Bronza tosh va terrakota qoliplariga quyilib, undan turli shakllarda qurollar va bezaklar yasalgan.
Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa xo‘jaligida ro‘y bergan buyuk madaniy-xo‘jalik ixtiro edi. Shu munosabat bilan mexnat qurollarining turi ko‘paydi, xarbiy qurollarning xili va jangovarligi ortdi. Bronzadan yasalgan uy-ro‘zg‘or buyumlari xam paydo bo‘ldi. Ammo bronza mexnat qurollari ishlab chiqarish uchun nodir va kamchil metall bo‘lib qolaverdi. U mexnat qurollari yasashda tosh xomashyosini uzil -kesil siqib chiqara olmadi.
Bronzadan asosan turli bezaklar, uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik buyumlari, xarbiy qurol-aslaxalar va mexnat qurollari yasaydigan maxsus temirchilik chilangarlik va zargarlik ustaxonalari vujudga keldi. xunarmandchilikning ixtisoslashuvi bilan mintaqalararo ayriboshlash kuchaydi. Viloyatlarni iqtisodiy jixatdan bog‘lab turuvchi tabiiy aloqa yo’llari paydo bo‘ldi. Masalan, O‘rta Osiyo rayonlarini Xitoy bilan bog‘lab turgan "ipak yuli" yoki Badaxshon la’lisining Yaqin Sharqda yoyilishini ta’minlagan lazurit yulini eslash mumkin. Aloqa bobida quruklikda transport sifatida xayvonlar (ot, xo‘kiz, eshak tuya) kuchidan foydalanish boshlandi. xayvonlar qo‘shilgan g‘ildirakli aravalar vujudga keldi. Masalan, ularning loydan ishlangan namunalari bronza davri yodgorliklaridan ko‘plab topilgan.
Arxeolog olimlarning O‘rta Osiyo xududida olib borgan ilmiy izlanishlarining natijalariga ko‘ra bronza davrida axolining asosiy xo‘jaligi chorvachilik va dexqonchilik bo‘lib qoldi.
Chorvachilikni birinchi bor ayollar kashf etgan. Matriarxal urug‘i jamoalari xukmronlik qilgan davrda xali ibtidoiy ajdodlarimiz to‘la-to‘kis tabiat kuchlari oldida ojiz edilar, ularning kundalik xayoti ovchilik va termachilikdan keladigan daromadga bog‘liq edi. Ana shunday sharoitda ayollar oldida erkaklar ovdan olib kelgan ov o‘ljasini tejab-tergab sarflash vazifasi doimo ko‘ndalang bo‘lib turardi. Erlar xam ma vaqt xam ovdan o‘lja bilan qaytavermas edilar. xayvon ovi yilning xar faslida bo‘lgani sababli ovchilar ovdan xayvon bolalarini o‘ldirmay tutib kelgan xollar ko‘p bo‘lgan. Shu bois matriarxal urug‘ jamoalari ixtiyorida o‘zining yovvoyi tabiati bilan odamlardan cho‘chimaydigan, ayollar va bolalarga ergashadigan xayvon bolalari paydo bo‘ldi. Bunday xayvonlar O‘rta Osiyo sharoitida avval echki, qo‘y va qoramol bo‘lib chiqdi. Ov paytida tiriklayin qo‘lga kiritilgan ana shu xayvonning bolalarini ayollar parvarish qila boshladilar. Shunday qilib, jamoada uy xayvoni paydo bo‘ldi, chorvachilik xo‘jaligida dastlabki qadam qo‘yildi. Ovdan o‘lja bilan qaytmagan erkaklar uy xayvonlarini parvarish qilishda endi ayollarga yordam bera boshladilar. Asta-sekin uy xayvonlari ovga nisbatan xo‘jalikka nafi ko‘proq tegadigan ishonchli daromad manbaiga aylanib bordi. Uy xayvonlari jamoani birgina go‘sht maxsulotlari bilan emas, balki sut maxsulotlari bilan xam ta’minlaydigan bo‘ldi. Uy xayvonidan keladigan foydani ko‘rgan ibtidoiy ajdodlarimiz xayvon parvarishlashdan, chorvachilik kabi yangi xo‘jalik tarmog‘ini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lib qoldilar. Shunday qilib materiarxal urug‘ jamoasi davrida chorvachilik kelib chiqdi. Uning ixtirochilari onalar bo‘ldilar.
Dexqonchilikning paydo bo‘lishida xam ayollar asosiy rolni o‘ynaganlar. Erlar ovga ketganda ular keltirgan ov o‘ljasi-tirik xayvon bolalarini boqish va ularga em-xashak topish, dastlab ayollar zimmasida edi. Butun tosh davri davomida xukmronlik qilgan tabiiy mexnat taqsimoti ayollar zimmasiga termachilikni, ya’ni yovvoyi boshoqli o‘simliklarni yig‘ish, yovvoyi daraxt mevalarini terish vazifasini yukladi. Ayollar yovvoyi boshoqli o‘simliklarni yig‘ib urug‘ jamoasi makoniga keltirar ekanlar, ularni yanchish, tozalash jarayonida jamoa kulbalar atrofida beixtiyor to‘qilgan donlardan unib chiqqan nishonalarni kuzatmaslik mumkin emas edi. Tabiat mo‘jizalarini kuzatish bobida tengi yo’q iqtidorga ega bo‘lgan ajdodlarimiz asta-sekin urug‘ jamoalari kulbalari atrofida xamda o‘zlariga yaqin-uzoqda bo‘lgan joylarda unib chiqayotgan maysazorlarni sezmasligi mumkin emas edi. Shu bois dexqonchilikka qo‘yilgan birinchi qadam dastlab jamoa kulbalari atrofida unib chiqqan don ekinlarini avaylab parvarish qilishdan boshlandi. Bu ishni xam ayollar boshlab berdilar. Dexqonchilikdan keladigan daromad termachilikka nisbatan yuz bor, ming bor unumli edi. Buni ibtidoiy bobokalonlarimiz juda tez payqaganlar. Shunday qilib dexqonchilik xo‘jaligi paydo bo‘ldi.
Osiyo sharoitida, aniqrog‘i uning janubiy rayonlarida dexqonchilik neolit davrida paydo bo‘ldi. Eneolit va bronza davriga kelib dexqonchilik va chorvachilik o‘zining dastlabki rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tib, bu xo‘jaliklar bilan endi asosan erkaklar shug‘ullanadigan bo‘ldilar.
O‘rta Osiyoda bronza davri ibtidoiy jamoa xo‘jaligi ikki zona bo‘ylab rivojlanishda davom etdi. Agar bu tarixiy manzara O‘zbekiston misolida ko‘rilganda xam bronza davri jamoalari xayotida zonalararo rivojlanish kuzatiladi. Masalan, O‘zbekistonning janubi-sharqiy va markaziy rayonlarida, Farg‘ona vodiysining shimoli-sharqiy rayonlarida, Toshkent voxasining daryo xavzalarida, qarshi voxasida o‘troq dexqonchilik xo‘jaliklar bronza davrining so‘nggi bosqichlarida tashkil topdi. O‘rta Osiyoning, jumladan O‘zbekistonning kamsuv, cho‘l va dasht rayonlarida ko‘proq chorvachilik uchun tabiiy-jug‘rofiy qulayliklarga ega edi. Darxaqiqat, u erlar qadimgi chorvador qabilalarning makoni bo‘ldi, dexqonchilik esa bu rayonlarda faqat daryo etaklarida, maxsus sug‘orishni talab etmaydigan pastqam, zaxkash, botqoq joylarda olib borildi. Bunday dexqonchilik uchun ayiiqsa Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo etaklari, ularning delta tarmoqlari qulay edi. Bronza davrining oxirlariga kelganda bu rayonlarda xam kichik-kichik dexqonchilik voxalari tashkil topa boshladi. Chorvador qabilalarning o‘rtoqlashuvi faollashdi va ularda xam keyinroq sug‘orma dexqonchilik vujudga keldi.
Bu davrda, birinchi navbatda, sug‘orma dexqonchilik bazasida qad ko‘targan doimiy qishloqarning ko‘payishi, ularda yashayotgan axoli sonining tobora zichlashib borishi va yangi erlarni intensiv o‘zlashtirish jarayonining kuchayishi kuzatiladi. Yangi erlarning o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq xolda qanchadan-qancha dexqonchilik madaniyati o‘choqari vujudga keldi, ibtidoiy xunarmandchilik xo‘jaligining turli soxalarida yangidan-yangi ixtirolar qilindi. Masalan, bronza davrida metall bilan ishlash xunarmandchiligi, zargarlik uy-joy qurilishida-g‘ishtdan foydalanish, kulolchilikda-charxdan foydalanishga o‘tish urug‘doshlik jamoasining madaniy-xo‘jalik soxasidagi yirik kashfiyotlaridan xisoblanadi.
Arxeologik materiallarning guvoxlik berishicha, O‘rta Osiyoning janubiy dexqon jamoalari bilan shimoliy chorvador qabilalari o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy va qon-qrindoshlik munosabatlari keng rivojlangan. Birining madaniy-xo‘jalik yutug‘idan ikkinchisi foydalangan. Bu ikki zona o‘rtasidagi aloqalar va etnik munosabatlarning davom etishi natijasida ibtidoiy jamoa iqtisodiyotining asosini tashkil etgan chorvachilik va dexqonchilik xo‘jaligi va ular doirasida shakllanib borayotgan xunarmandchilik yanada rivoj topgan.
Miloddan avvalgi II ming yillik O‘rtalarida qozog‘iston cho‘llarida yashovchi chorvadorlar (arxeologiyaga oid asarlarda ular "Andronova madaniyati" chorvadorlari deb yuritiladi) avval O‘rta Osiyoning shimoliy rayonlariga, so‘ng esa uning janubiy chegaralariga-eng qadimgi dexqonchilik madaniyati zonasigacha kirib bordilar.
Ayniqsa uning oxirgi choragida "cho‘lli zona" chorvadorlarining janubga yurish va u erdagi maxalliy o‘troq axoli bilan aralashib ketishi faollashadi. Natijada O‘rta Osiyo axolisi etnik tarkibida turli antropologik tip vakillarining aralashish jarayoni jadallashadi.
Bu voqealar O‘rta Osiyo xalqlarining, avvalo o‘zbeklar va tojiklarning etnogenetik tarixida yuz bergan birinchi yirik jarayon edi.
Ibtidoiy urug‘chilik jamoalari zaminida chorvachilik va dexqonchilik xo‘jaliklari tarkib topgach, jamoa ixtiyorida ortiqcha daromad paydo bo‘ldi. Jamoada ortiqcha iste’mol mollarining mavjudligi urug‘lar va qabilalar o‘rtasida ayriboshlashni keltirib chiqardi. Ayriboshlash o‘z navbatida qabilalararo iqtisodiy, madaniy va etnik aloqalarning paydo bo‘lishiga asos soldi.
Bronza davriga kelib dastlab ayollar mashg‘uloti bo‘lib kelgan dexqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklari bilan shug‘ullanish erkaklar qo‘liga o‘tgach, endi ayollar uy-ro‘zg‘or ishlari farzand tug‘ish va tarbiyalash yumushlari bilan ko‘proq band bo‘lib, bir vaqtning o‘zida chorvachilik va dexqonchilik bilan shug‘ullanishga vaqt topolmay qoldilar.
Bu xo‘jalik ixtirolari ko‘proq erkaklar mexnatini talab etar edi. Shu boisdan bo‘lsa kerak jamoada moddiy boylik yaratuvchi kuch sifatida bolalar oldida erkaklarning roli tobora ortib bordi. Jamoada erkaklar mavqeining ortib borishi xisobiga matriarxal urug‘ jamoasi negiziga zil ketdi.
Ana shunday sharoitda juft oila o‘zining dastlabki bosqichida ayollar xaq-xuquqlari asosida qurilgan ijtimoiy mazmun va moxiyatini yo’qotdi. Juft oila endi o‘zining so‘nggi bosqichiga, ya’ni oilada erkaklar xukmron bo‘la boshlagan bosqichga ko‘tarildi. Endilikda juft oila matriarxal urug‘ jamoasi manfaati asosida emas, balki patriarxal urug‘ jamoasi iqtisodiy negizi asosida quriladigan bo‘ldi. Oddiy so‘z bilan aytganda, jamoani, uning tarkibida shakllangan oilani boshqarish ayollar ixtiyoridan erkaklar qo‘liga o‘tdi. Shunday qilib patriarxal ya’ni ota urug‘i boshlandi.
Ota urug‘ining vujudga kelishi urug‘ jamoasi doirasidagi turli munosabatlar moxiyatini o‘zgartirib yubordi. Ikki urug‘ o‘rtasida bir necha ming yillar davom etgan guruxiy nikox tizimi buzildi. Juft oila o‘z mazmuni bilan monogomiya (yakka) oila darajasiga ko‘tarildi. Bunga ko‘ra oilada erning xaq-xuquqi mustaxkamlandi. Erkaklar cheksiz xuquq va davlat egasi sifatida oilani boshqardi. Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi iqtisodiy negizida sodir bo‘lgan bu o‘zgarishlar o‘z navbatida urug‘chilik jamoa tuzumining emirilishiga, dastlabki sinfiy jamiyat asoslarining vujudga kelishida xizmat qildi. Bunday inqilobiy o‘zgarishlar bronza davrida, ayniqsa uning so‘nggi bosqichida yuz berdi. O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston sharoitida bu bosqich tariximizning arxeologik davriy tizimida miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi.


Janubiy O‘zbekistonda qadimgi dexqonchilik madaniyati.

Janubiy O‘zbekiston xaqida fikr yuritilganda birinchi navbatda Surxondaryo viloyati ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Yaqin kunlargacha vaqtli matbuotda bu o‘lkada qush uchsa qanoti, qo‘nsa oyog‘i kuyadi, degan qarashlar tez-tez uchrab turardi. Bu o‘lka fanda qadimgi Baqtriyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida tan olinsa-da, uning qadimgi (antik) davri tarixi va madaniyati Eron axamoniylari va yunonistonlik ellinlar tufayli kamol topdi, degan tasavvur mavjud edi. Bu o‘lka tarixining ildizidan ana shu ajnabiy mustamlakachilarning o‘rni va roli qidirilardi. Bunday qarashlar Ovrupa sentrizmi ta’siridagi sovet davri olimlariga xos ilmiy yo’nalish bo‘lib keldi.


Tarixiy xaqiqat nuqtai nazaridan fikr yuritganda shuni ta’kidlash kerakki, Janubiy O‘zbekistonning yuksak darajada rivojlangan antik davr madaniyati shu o‘lkaning bronza davri dexqonchilik madaniyati asosida tashkil topdi. Xo‘sh, bunday o‘ta ma’suliyatli ilmiy xulosaga qanday kelindi? Mazkur mavzuda ana shu savolga javob qidirilib, bronza davri madaniy dunyosi bilan tanishish imkoniyati paydo bo‘ladi.
1960 yillarda Sherobod cho‘lini o‘zlashtirish rejasi munosabati bilan zamonaviy texnika yordamida bu xududda yangidan-yangi davlat xo‘jaliklar qad ko‘tara boshladi. Bu ishlardan ogox bo‘lgan arxeologlar otryadi xam Sherobod cho‘lida ishlay boshladi. Arxeologik qidiruv ishlari davomida kushonlar davriga oid bir qancha yodgorliklar topildi. Bu yodgorliklar orasida bronza davriga oid Sopollitepa yodgorligi xam bor edi. Sopollitepa Amudaryodan 2,5-3 km lar chamasi sharqda, Ko‘xitong tog‘i daralaridan biri bo‘lgan qaynarbuloq asosida-vujudga kelgan Ulanbuloq soyining yoqasida joylashgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi choragida Ulanbuloq soyining quyi xavzasida qadimgi bobo-dexqonlarimizning qishlog‘i qad ko‘taradi. Ana shu qishloq xarobalari axoli orasida Sopollitepa deb yuritiladi.
1969-1974 yillarda Sopollitepada ilmiy izlanishlar olib borildi. Sopollitepaning dastlabki maydoni 4 ga. ga yaqn bo‘lgan. Uning yaqin atrofida yana bir necha tepachalar bo‘lgan. Ammo ular xamda Sopollitepaning katta qismi 1960 yillarning boshlarida buzib tashlangan va paxta maydoniga aylantirilgan. Uning saqlangan markaziy qismi kvadrat shaklida bo‘lib, maydoni 82x82 m.kv, atrofi uch qator mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Devorlarning qalinligi 2 m dan ortiq. Bu devorlar juda murakkab me’moriy reja bilan qurilgan. qadimgi muxandislarning g‘oyasiga ko‘ra, dastlab mudofaa tizimi to‘lg‘ama tuzoq usulida ishlanib, aniq o‘lchamdagi koridorsimon bloklarga bo‘lingan. Tashqi bloklar daxliz tipidagi xonalar orqali ichkaridagi uy-joylar bilan birlashtirilgan. Ichki bloklar mudofaa tizimida qopqon rolini o‘ynagan. Taiqaridan qaraganda ular go‘yo qal’a ichiga olib kiruvchi darvozalarni eslatadi. Aslida xuddi shu tipda ishlangan yagona darvoza qal’aning janubiy tomonida joylashgan edi.
Qazishmalar shuni ko‘rsatadiki, mudofaa tizimini tashkil etgan ichki va tashqi bloklardan Sopollitepaning keyingi bosqichlarida xar xil maqsadlarda (urug‘ xilxonasi, uy-joy, kulolchilik xumdoni) foydalanilgan.
Qal’a - qo‘rg‘on ichida joylashgan uy-joy majmuilari ko‘chalar orqali 8 ta kvartalga bo‘lingan. Ammo xar bir kvartal doirasida uy-joy qurilishi bir vaqtda yuz bermay, Sopollitepa tarixining barcha bosqichlarida sodir bo‘lgan.
Sopollitepa axolisi Janubiy O‘zbekiston xududining eng qadimgi dexqonlari edi. Bu erdan topilgan juda boy va xilma-xil materiallar taxlili, ularni boshqa o‘lka va viloyat yodgorliklari bilan qiyoslashlar Sopollitepa axolisining bu yurtlarga qo‘shni Marg‘iyonadan dexqonchilikka qulay erlar qidirib kelgan qabilalar ekanligini ko‘rsatadi.
Sopollitepani qazish vaqtida xom g‘ishtdan qurilgan ko‘p xonali uy-joy qoldiqlari, toshdan, bronzadan, suyadan yasalgan turli shakl va ko‘rinishdagi mexnat qurollari, uy-ro‘zg‘or asbob-uskunalari, xujalikda, xarbiy ishda, ovchilik vaqtida, ziroatchilik, xunarmandchilikda ishlatiladigan qurollar, sopol idishlar, turli taqinchoq va bezaklar, urug‘ va qabila muxrlari, tamg‘alari topildiki, ularning ishlanish texnikasiga qarab Sopollitepa axolisining o‘z davrida yuksak madaniy-xo‘jalik rivojiga erishganligining guvoxi bo‘lamiz.
Sopollitepa davrida urug‘ jamoa a’zosi olamdan o‘sa, uni o‘zi yashagan xonaning poli ostiga, eshik va o‘choq oldiga, xona devori ostiga ko‘mish odati bo‘lgan. Agar o‘lgan kimsa jamoada nufuzli obro‘ga ega yoki urug‘ oqsoqoli bo‘lsa, u xolda uning qabri unga ajratilgan xonaning qoq o‘rtasida joylashgan. Sopollitepaliklar abadiy o‘limga ishonmaganlar, "narigi dunyo" tushunchasi ularda kuchli bo‘lgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak qabrga o‘lgan kishini o‘z shaxsiy mulki va urug‘doshlari keltirgan idish-tovoqlardagi ovqatlar bilan kuzatganlar.
Mozorlarga qo‘yilgan narsalarning tarkibiga qarab, marxumning duradgor usta, bo‘zchi, kulol, podachi, ovchi yoki jangchi, tabib, chilangir bo‘lganligini aytish mumkin. Ba’zi mozorlarga bedarak yo’qolgan jamoa a’zosining ruxi ko‘milgan. U xolda qabrga, odatda, odam xaykalchasi yoki qo‘y va echki bolasi ko‘milgan. Bunday mozorlar fanda "kenetaf" deb ataladi.
Sopollitepada xayot taxminan ikki yuz yillar davom etgan. Yangi erlar o‘zlashtirish maqsadida uning axolisi sharqqa tomon siljib, xozirgi Sherobod shaxri yaqbniga Oqqo‘rg‘on qishlog‘i xududiga ko‘chib ketadilar, Sherobod daryosining quyi oqimidagi Bo‘stonsoy o‘zani yoqasiga joylashadilar. xozirgi kunda Oqqo‘rg‘onliklar bu joyni Jarqo‘ton deb atashadi. Ana shu Bo‘stonsoy soxilida bundan 3,5 ming yil avval maydoni 100 gektardan kam bo‘lmagan qishloq qad ko‘targan. Uying axolisi xuddi sopollitepaliklar singari dexqonchilik xo‘jaligi bilan shug‘illanganlar. Sopollitepada nima topilgan bo‘lsa, ana shunday ashyoviy dalillar Jarqo‘tonda xam topildi. Jarqo‘tonliklar bu joyda 500 yilcha yashashgan.
Jarqo‘ton Sopollitepadan farqli o‘laroq, uch qismdan iborat. Uning 5 gektarga yaqin maydonining atrofi mudofaa devorlari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu er Jarqo‘ton yodgorligining arki a’losi bo‘lib chiqdi. Arxeologik qazishmalar natijalariga ko‘ra, ark ichida xukmdorning qarorgoxi joylashgan. Jarqo‘ton arkiga tutash bir necha uy-joy massivlari bo‘lib, ularning o‘rtasida, yodgorlikning eng baland qismida otashparastlarning ibodatxonasi ochilgan. Uy-joy massivi ark maydoniga nisbatan 10-15 marta katta. Uning janubida kamida 15-20 gektar maydonni egallagan qadimgi shaxar qabristoni paydo bo‘lgan .
Jarqo‘tonda qazishma ishlari 1973 yylda boshlandi va xozirgacha davom etmoqda. Shu davr ichida Jarqo‘tonda katta miqyosda uy-joy massivlari, mudofaa inshootlari, xunarmandchilik ustaxonalari, 2 mingdan ortiq qadimgi qabrlar ochildi. Otashparastlik ibodatxonasi o‘rganildi, qabila ittifoqi jamoasining qarorgoxi-xukmdor saroyi topildi. Jarqo‘ton yodgorligining xar xil bosqichlarida faollik ko‘rsatgan urug‘ jamoasi boshliqlarining qabrlari ochildi.
Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklarini o‘rganish natijasida bundan deyarli 3,5-4 ming yillar avval, ya’ni bronza davrida yashab, sug‘orma dexqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug‘ullangan urug‘ jamoalarining xayot faoliyati, diniy e’tiqodi, kasb kori, kundalik turmush tarzi, rasm-rusmlari va urf-odatlari xaqida umumiy tasavvur xosil qilish imkoniyati tug‘ildi. Bu yodgorliklar fanga Sopollitepa madaniyati nomi bilan kirdi.
Sopollitepa madaniyati urug‘ jamoalari xayotida xunarmandchilik muxim axamiyat kasb etgan. Sopollitepa madaniyatiga tegishli yodgorliklardan topilgan materiallarga qaraganda xunarmandchilikning qator soxalari bu davrda o‘zining yuksak rivojini topgan. Bu borada kulolchilik aloxida diqqatga sazovordir. Sopollitepa kulollari tajribali edilar. Ular yasagan sopol idishlar o‘zining xilma-xilligi, sifati va pishirilishi jixatdan xozirgi zamon chinni va xrustal sanoati maxsulotlaridan qolishmaydi. O‘sha zamon kulolchilik maxsulotlari 3,5-4 ming yillar davomida o‘z shakli va tarkibini o‘zgartirmay xozirgacha saqlanib keladi. Sopol idishlarning barcha turlari kulolchilik charxida ishlanib, ikki yarusli xumdonlarda pishirilgan. Idishlar juda nafis, chinnidek jarangdor ko‘rinishda san’at namunasi sifatida go‘zallikda tengi yo’q darajada ishlangan. Idishlar loydan tashqari bronzadan, toshdan, yog‘ochdan xam ishlangan. Ayrim mozorlarda lux va arpapoyadan to‘qilgan korzinalar xam topildi.
Sopollitepada xunarmandchilikning boshqa bir turi-to‘qimachilik xam o‘zining yuksak rivojini topgan. Bu erdagi mozorlarning bir nechtasidan kiyim qoldiqlari xam topildi. Bu kiyim qoldiqlari ilmiy laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda ularning paxta va tabiiy ipakdan ishlanganligi ma’lum bo‘ldi. Bu buyuk ixtiro edi. Chunki bu o‘tmish bobokalonlarimizning bronza davridan boshlab paxta bilan shug‘ullanganliklaridan dalolat beradi. Yaqin kunlargacha maktab darsliklarida ipakning vatani Xitoy ekanligi, o‘sha tomonlardan milodiy eraning boshlarida so‘g‘dlik sayyoxning xassasi ichiga ipak qurti urug‘ini solib yashirin xolatda olib kelib, O‘rta Osiyoga tarqatganligi to‘g‘risidagi tasavvur xukmron edi. Ana shu noma’lum sayyox xaqidagi xikoyaga asoslangan xolda O‘rta Osiyoda, o‘zbek va tojiklar tarixida ipakchilik 2 ming yillik tarixga ega, deyilar edi. Endilikda Sopollitepa topilmalari bu qarashlarga jiddiy tuzatishlar kiritib, O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda ipakchilik tarixining ildizlari bronza davriga borib taqalishi isbotlandi.
O‘zbekistonda paxtachilik tarixi xam 1,5-2 ming yildan oshmas edi. Endilikda uning tarixi 3,5 ming yildan kam emasligi aniqlandi. qadimgi bobo-dexqonlarimiz xayotida metall bilan ishlash xunarmandchiligi xam yuksak darajada rivojlangan. Arxeologik qazishmalar vaqtida yuzlab metall buyumlar-oddiy uy-ro‘zg‘or asbob-uskunalaridan tortib, to xarbiy qurollargacha, ayollarning kosmetika-surmadonlaridan tortib to xilma-xil idishlarigacha metalldan ishlanganligi ma’lum bo‘ldi. Oltin va kumushdan, qimmatbaxo toshlardan turli bezaklar, taqinchoqlar, xar xil shakldagi munchoqlar yasalgan. Jez oynalar, to‘nag‘ich va xayvon ma’budalari, urug‘ jamoasining naqshdor muxrlari va tamg‘alari xam metalldan ishlangan. Bular nafis san’at xunarmandchiligining maxsuloti edi. Ayniqsa, Sopollitepa madaniyatida uy-joy qurilishi, mudofaa tizimining murakkab me’moriy an’analari kishini lol qoldiradi. Uy qurilishida xom g‘ishtdan keng foydalanilgan. Uy-joy va ijtimoiy binolarning intererlariga pardoz berishda u davr ustalari boy tajribaga ega edilar. Bu masalada, fikrimizning dalili sifatida, Jarqo‘tondan topilgan andavani kursatish mumkin.
Yuqorida eslatib o‘tilganidek Jarqo‘tonda butun viloyat axoliga xizmat qilgan otashparastlarning ibodatxonasi ochildi. Ibodatxonaning atrofi qalin (4,5 m) devor bilan o‘rab olingan. Ibodatxona ikki qismdan, ya’ni muqaddas otashkada va ishlab chiqarish-xo‘jalik qismlaridan iborat. Ibodatxonaning muqaddas qismi kvadrat shaklida bo‘lib, 35x35 metrga teng. Uning tarkibida muqaddas olov va suvga sig‘inish bilan bog‘liq unsurlar bor (muqaddas quduqlar, altarlar, kulxona, xazinaxona va nixoyat 4 ta bosh altarlar joylashgan baland maydon) bor. Ibodatxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik qismida muqaddas ichimlik-xaoma tayyorlaydigan xona, mozor inventarlari tayyorlaydigan ustaxonalar va ibodatxonaga ajratilgan oziq-ovqat ombori joylashgan.
Ibodatxonada xech kim yashamagan, u faqat olovga sig‘inish bilan bog‘liq bo‘lgan urf-odatlar va diniy marsimlar o‘tkazish markazi edi. Otashparastlik ibodatxonasiga xos bo‘lgan ayrim elementlar keyinchalik to‘laligicha zardushtiylik dini tomonidan o‘zlashtirildi. Jarqo‘ton ibodatxonasi bronza davriga oid otashparastlikning yirik diniy e’tiqod va mafkura markazi edi. Jarqo‘ton va uning yaqin atrofida joylashgan jamoalar muqaddas olovga sig‘inish va qazo qilgan urug‘doshlarini ko‘mish marosimi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarda shu diniy markazdan fatvo olganlar. Ibodatxonada xizmat qilgan koxinlar ibtidoiy jamoa a’zolarining diniy va ma’naviy dunyosini shu erda turib boshqarganlar.
Qadimgi shaxarlar xaqida gap ketganda shuni ta’kidlash kerakki, olimlar xozirgacha dastlabki ilk shaxarlar O‘rta Osiyo sharoitida ilk temir davrida, ya’ni bundan 2,5 ming yil avval paydo bo‘ldi, degan tasavvurda edilar. Darxaqiqat, yaqin kunlargacha xam bu fikrni inkor etuvchi ilmiy dalillarga ega emas edik.
O‘rta Osiyoning o‘troq dexqonchilik madaniyati rivojlangan mintaqlarda bronza davridayoq ilk shaxarlar mavjud ekanligini professor V.Masson Janubiy Turkmaniston yodgorliklari misolida isbotlab berdi. V.Masson Oltintepada qazishmalar o‘tkazar ekan, u erda qator xunarmandlar massivi, qalin shaxar mudofaa devor qoldiqlari va diniy markaz Zikkuratni topdi.
Oltintepa yodgorligida mulkiy tengsizlik alomatlari xam ko‘zga yaqol tashlanadi. Ayniqsa bu xolat qabila va urug‘ jamoalari boshliqlarining mozorlarida o‘z aksini to‘liq topgan. Endi Sopollitepa va Jarqo‘ton masalasiga kelsak sopollitepaliklar xunarmandchilik bobida allaqachon ilk shaxar talabi darajasiga ko‘tarilgan. Jarqo‘ton esa Oltintepa tipidagi ilk shaxar edi. qadimgi Sharqning ilk shaxarlariga xos elementlarning deyarli barchasi Jarqo‘tonda shakllangan. Masalan, Sharqning qadimgi shaxarlar ikki qismdan, ya’ni arki a’lo va shaxristondan tashkil topgan. Bu alomatlar Jarqo‘tonda mavjud bo‘lgan. Arki a’loda xukmdorning qarorgoxi-saroyi boshqa binolardan o‘zining baxaybat salovati bilan ajralib turgan. U kvadrat shaklida bo‘lib, o‘lchami 36x36 metrga teng. Atrofi qalin mudofaa devori (4,5 m) bilan o‘rab olingan. qal’aga kirish darvozasi bor. qadimgi Sharqning ilk shaxarlarga xos alomatlardan yana biri bu shaxar miqyosidagi bosh ibodatxonaning shakllanishi edi. Bu fakt xam Jarqo‘tonga mansub. Bu oila ibodatxonasi emas, balki umumshaxar diniy-e’tiqod markazidir.
Jarqo‘tonda xunarmandchilikning ko‘pgina yo’nalishlari bo‘yicha shaxar xunarmandchiligining talablariga javob beruvchi maxsulot ishlab chiqarish ommaviy tus olgan. Bu esa xunarmandchilik maxsulotlari bozor uchun ishlab chiqarilganligidan darak beradi. Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklarini o‘rganish tufayli quyidagi muxim ilmiy xulosalarga kelish mumkin.
1. O‘zbekiston xududida sun’iy sug‘orishga asoslangan o‘troq dexqonchilik madaniyatining kelib chiqish tarixi taxminan ming yilga qadimiylashdi. Respublikamiz xududi qadimgi Sharq madaniyati yoyilgan mintaqaning ajralmas qismi ekanligi isbotlandi. qorako‘lchilik, ipakchilik, paxtachilik, bog‘dorchilik kabi xo‘jalik soxalari buyicha O‘zbekiston tarixiga oid qator aniqliklar kiritildi.
2. Ilk shaxarlar tarixi xaqidagi tasavvurimiz va O‘rta Osiyo sharoitida rosa ming yilga qadimiylashdi.
3. O‘rta Osiyo va Eron xalqlarining qadimgi diniy e’tiqodi-zardushtiylikning ildizlari O‘rta Osiyoda, jumladan Baqtriya va Marg‘iyona xududida ekanligi isbotlandi.
O‘rta Osiyo ilk shaxarlarining paydo bo‘lishi zaminlari avvallari Eron xududidan qidirligan bo‘lsa, Endilikda uning moddiy va ma’naviy asosi respublikamizning janubiy rayonlarida xamda Janubiy Turkmaniston xududida ekanligi ma’lum bo‘ldi.


O‘zbekiston xududida bronza asrining cho‘l zonasi. Chorvador qabilalar madaniyati.

Bronza davrida O‘rta Osiyoning cho‘l va dashtlarini chorvador qabilalar egallagan edilar. Ular iqtisodiy xayotining asosini chorvachilik va ibtidoiy motiga dexqonchilik xo‘jaligi tashkil etardi. Bu qabila jamoalari yashaydigan qishloqlar engil tipdagi qarorgox yoki qisqa muddatli makonlar bo‘lib, ular Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi xavzalarida, O‘rta Osiyo tog‘ etaklari va tog‘ yonbag‘irlaridagi suv yoqalarida istiqomat qilar edilar. Bronza davrida chorvador qabilalar keng yoyilgan rayonlar asosan O‘rta Osiyoning cho‘l zonasi bo‘lgani uchun bu qabila jamoalari maxsus adabiyotlarda "bronza asrining cho‘l zonasi qabilalari" nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi. Bu qabilalar madaniy va xo‘jalik qurilishi soxasida janubning o‘troq dexqonchilik bilan shug‘ullanuvchi jamoalaridan ancha orqada edilar. Ular kulolchilik charxini bronza davrida umuman bilmay o‘tdilar. Sopol idishlarning xili juda kam bo‘lib, idishlar qo‘lda yasalar, qo‘pol va mo‘rt edi. Sopol idishlar ochiq gulxanlarda pishirilib, ularning sirtiga esa chiziqli, taroq va bosma usulda turli xil geometrik naqshlar berilar edi. Ammo kulolchilikda qoloqlik metall bilan ishlash xunarmandchiligida aslo sezilmadi. Shuning uchun xam dexqonchilik va chorvachilik zonalari ibtidoiy jamoalari o‘rtasida bo‘ladigan iqtisodiy va madaniy aloqalar vaqtida avvalo dasht qabilalarining bronza industriyasi xomashyo sifatida keng muomalada bo‘lar edi. Dasht qabilalari dexqon jamoalaridan farqli o‘laroq, erto‘la va yarim erto‘la tipidagi kulbalarda yashar edilar. Xo‘jalik va madaniy qurilish soxasidagi bu tafovutlar xar bir zonaning jug‘rofiy va ekologik sharoitidan kelib chiqqan. Lekin bu ikki mintaqa axolisi o‘rtasida xo‘jalik va madaniy aloqalar davom etib turgan. Dexqon jamoalarining dasht qabilalari moddiy madaniyatga ta’siri kuchli edi. Dexqon jamoalarining ilg‘or xo‘jalik va madaniy ta’sirida bronza davriga kelib aloxida arxeologik madaniyatlar shakllandi. Ana shunday dasht qabilalarining o‘ziga xos arxeologik majmulari Zarafshon va Amudaryoning quyi xavzalarida, Farg‘ona vodiysida tashkil topdi.


S.P.Tolstov 1930 yilning O‘rtalaridan Amudaryoning quyi xavzasida, qadimgi Xorazmda keng ko‘lamda arxeologik izlanishlar olib bordi va qator olamshumul kashfiyotlar qildi. S.P.Tolstov faoliyatiga tegishli kashfiyotlardan biri 1938 yili Amudaryo etaklarida, qadimgi Xorazm erida topilgan Tozabog‘yob madaniyati edi. Bu madaniyat jamoalari bronza davrida, ya’ni miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalarida shakllangan. Ular Tozabog‘yob kanali zonasida qisqa muddatli bir necha makonlar qoldirib ketganligi uchun shunday deb ataldi. Bu madaniyat axolisi asosan erto‘lalarda, chaylalarda yashab, chorvachilik bilan, daryo etaklaridagi pastqam, zaxkash erlarda esa dexqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Tozabog‘yob urug‘ jamoalari Janubiy Sibir va qozog‘istonning Andronova madaniyati jamoalaridan shu jixatlari bilan farq qilardi. Tozabog‘yob makonlarining atrofida dexqonchilik ekin maydonlari, sug‘orish inshoatlari ko‘plab topilgan. Darxaqiqat, shu davrga oid qadimgi Xorazmning sug‘orish ariqlari, keng dexqonchilik dalalari Tozabog‘yob madaniyati keng tarqalgan mintaqda B.V.Andrianov tomonidan yaxshi o‘rganilgan.
Tozabog‘yob kulbalari yarim erto‘la tarzida qurilgan, ularning O‘rtacha maydoni 12-18 m.kv. ga teng. Kulbaning markazida o‘choq joylashgan. Markaziy o‘choq atrofi oila a’zolarining yotoq qismi xisoblangan. Tozabog‘yob kulbalari bitga juft oila uchun mo‘ljallangan. Ularning orasida maydoni 100-120 m.kv. ga teng kulbalar xam bor. Ular bir urug‘ jamoalari uchun mo‘ljallangan. Tozabog‘yob madaniyatiga tegbshli nodir yodgorlik Ko‘kcha-3 qabristoni bo‘lib, u erda 1954-1955 yillarda keng arxeologik qazishmalar olib borildi.
Ochilgan mozorlarda skeletlar xuddi ona qornida yotgandaek o‘ng yoki chap yoni bilan, oyoq-qo‘llari buklangan xolda g‘ujanak xolatda uchratiladi. qabrlarning deyarli ko‘pchiligi yolg‘iz, ba’zida ayol yonida go‘dak bola skeleti yotardi. Ba’zi xollarda esa er va xotin birgalikda ko‘milgan. xar bir mozorda bir yoki bir necha sopol idishlar, erkaklar mozoridan bronza buyumlari, ayollar qabrida esa bronza taqinchoqlar uchraydi.
Tozabog‘yob madaniyati odamlariga kelsak ular Ovrupa irqi tipidagi odamlar edi. Ba’zi skeletlar o‘z jussasiga ko‘ra cho‘l zonasi andronova qabilalariga o‘xshab ketadi, boshqa bir skeletlar esa O‘rta Osiyoning qadimgi maxalliy axolisi tipini tashkil etadi. Demak Tozabog‘yob madaniyati axli bir necha etnik komponentlardan, ya’ni kelgindi andronova va erli axoli vakillaridan tashkl topgan.
Miloddan avvalgi II ming yillikning O‘rtalarida xuddi Amudaryoning quyi xavzasidagidek Zarafshonning etaklarida xam chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi urug‘ jamoalarining "qishloq" lari qad ko‘tardi. Ular dastlab 1950 yillarda akademik Ya.G‘.G‘ulomov tomonidan Moxandaryo xavzalaridan topib o‘rganildi.
Ya.g‘.g‘ulomovning quyi Zarafshondagi arxeologik izlanishlari 1960 yillarda ushba satrlar mualliflaridan biri tomonidan davom ettirildi. Olim bosib o‘tgan yo’l Zarafshonning qurib borayotgan o‘zanlari Moxandaryo va Gurdush daryosi bo‘ylab qayta ko‘rib chiqildi va o‘nlab yangi arxeologik ob’ektlar ochildi.
Topilmalarning taxlili va makonlarning joylashgan o‘rinlariga qaraganda miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmi davomida Tozabog‘yob madaniyatiga tegishli chorvador dasht qabilalari Zarafshon etaklarida keng tarqalganlar. Ular asosan chorvachilik va qisman qadimgi suv xavzalarining pastqam va zaxkash uchastkalarida ibtidoiy motiga dexqonchiligi bilan shug‘ullanganlar. Sopol idishlar, ularning shakli va naqshlari, ishlanish va pishirish texnikasi jaxatidan ular tozabog‘yobliklardan farq qilmas edi. quyi Zarafshon urug‘ jamoalari yarim erto‘la va chaylalarda yashaganlar. O‘z qo‘shinlari-xorazmlik tozabog‘yobliklar bilan yaqindan iqiisodiy va madaniy, etnik aloqda bo‘lganlar.
Ushbu madaniyatga aloqador urug‘ jamoalarining izlari Zarafshonning Navka (Kattaqo‘rg‘on) va Mo‘minobod (Urgut) qishloqlaridan xam topib o‘rganildi. Yaqinda bu madaniyatta tegishli qadimgi qabriston Panjikentning yuqori qismidagi Dashti qazodda topildi. Xullas, Tozabog‘yob madaniyatiga tegishli dasht qabilalari miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmi davomida Zarafshon voxasida keng tarqalgan edi.
Miloddan avvalgi II ming yillikking ikkinchi yarmida Toshkent viloyatining tog‘oldi rayonlari, adirlari, dasht zonasi chorvador urug‘ jamoalari tomonidan o‘zlashtirildi. Arxeologlar ularning qisqa muddatli qarorgoxlarini Toshkent shaxri yaqinidagi "Achikul" atrofida, "Nikifirovlar eri" deb yuritilgan sharqiy daxasida, Yangier tumani va Toshkent kanali zonasida topdilar. Ammo ularning xech birida madaniy qatlam saqlanmagan, faqat qadimgi qishloq xarobalarida chizma naqshli sopol parchalari, bronzadan ishlangan uy-ro‘zg‘or buyumlari uchraydi. Ayrim xolda uchragan mozorlarda esa xuddi Ko‘kcha-3 va Gurdush mozorlaridagidek skeletlar o‘ng yoki chap yoni bilan oyoq-qo‘llari buklangan xolda yotardi. Ular yonida turli taqinchoqlar va ko‘zachalar bor.
Chul zonasi qabilalariga tegishli yodgorliklar ayniqsa Farg‘ona vodiysida bir qadar keng o‘rganilgan. Shular jumlasiga Farg‘ona viloyatining Vodil va Karamko‘l qishloqaridan topilgan qadimgi qabristonlarni, Xo‘jand viloyati xududiga tegishli qayroqqum va Daxana qabristonlarini kiritish mumkin. qayroqqumda o‘tkazilgan arxeologik qidiruv ishlari 60 dan ortiq joyda chorvador urug‘ jamoalarining qisqa muddatli qarorgoxlarini topib o‘rganish imkoniyatini berdi. Bu makonlarda minglab chizma naqshli sopol parchalari, bronza va toshdan ishlangan mexnat qurollari, xayvon suyaklari uchratildi. qayrovdumdagi qadimgi manzilgoxlar asosan uch joyda topildi. qayroqqumning g‘arbiy rayoni bo‘lgan Sho‘rko‘l atrofida, Taqir yagona deb atalgan markaziy va sharqiy qismida ular keng tarqalgan. Ba’zi bir makonlarni qazish vaqtida gulxan izlari topildi. Ammo biror joyda kulba qoldig‘i uchratilmadi. U erlardan topilgan sopollar naqshlari, shakli, qo‘pol va mo‘rtligi jixatidan Toshkent voxasi, Zarafshon vodiysi va Amudaryo etaklarida o‘rganilgan bronza davri dasht qabilalarini eslatadi.
O‘rta Osiyoda keng tarqalgan bu madaniyat izlari maxsus adabiyotlarda xar xil nomlar bilan atalib kelinadi. Bir gurux olimlar ularni qozog‘iston va Janubiy Sibirda o‘z podalari orqasidan ergashib yurgan Andronova madaniyati qabilalari deb atasa, ikkinchi gurux olimlar Tozabog‘yob, qayroqqum madaniyati qabilalari deb ataydilar. Uchinchi gurux olimlar esa ularning qozog‘iston cho‘llaridan O‘rta Osiyoga kelib qolgan yangi etnik guruxlarqing maxalliy axoli bilan qorishuvidan tashkil topgan urug‘ jamoalari ekanligini ta’kidlaydilar. Bizningcha, uchinchi gurux olimlarining fikriga qo‘shilsa bo‘ladi. Chunki ularning jismoniy tipida bir necha etnik komponentlar borligi isbotlangan. Ammo ularning moddiy madaniyati qiyofasida ularga xos umumiylik o‘zining yorqin ifodasini topgan. Bu umumiylik ularning kundalik turmush tarzidan, xayotining xo‘jalik asosdan kelib chiqqan bo‘lsa kerak.
Xullas, miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoning barcha tog‘ oldi rayonlari, cho‘l va dashtlari chorvador qabilalar bilan qoplangan edi. Miloldan avvalgi II minginchi yillikning oxirlariga kelganda ular to qadimgi dexqon jamoalari muxitiga qadar kirib bordilar. Bu xolat O‘rta Osiyoda etnik jarayonlarning faollashuviga ijobiy ta’sir qildi. Oqibatda ibtidoiy jamoa ildiziga zil ketdi. Dastlabki sinfiy jamiyatning ibtidoiy jamoa bag‘rida ildiz olishiga olib keldi. Milodiy eraning oldingi II minginchi yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida O‘rta Osiyo xududida yuz bergan migrasiya va etnik jarayonlar xozirgi zamon o‘zbek va voxa tojiklarining dastlabki etnik qatlamining shakllanishida muxim rol o‘ynadi.


Qadimgi Xorazmda Amirobod madaniyati.

Miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida O‘rta Osiyoda tub ijtimoiy-iqiisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ana shu tub o‘zgarishlar asosida ijtimoiy soxada ibtidoiy jamoalar orasida mulkiy tengsizlik iqiisodiy soxada esa kechagi o‘troq chorvadorlarning bugun yarim ko‘chmanchi xayot tarziga o‘tishi yotar edi. Bu xolat qadimgi Xorazmda arxeologik yodgorliklar misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuni aloxida ta’kidlash joizki, bu o‘lkada miloddan avvalgi II ming yillik davomida chorvador bobokalonlarimizni arxeologik terminologiyada Tozabog‘yob madaniyati nomi bilan atadik. qadimgi Xorazmning bepoyon xududi bronza davri cho‘l zonasi qabilalarining doimiy o‘tlov joylariga aylana olmadi. Chunki bu davrda yuz berayotgan ijtimoiy-qiisodiy tabaqalanish va uning oqibatida yarim ko‘chmanchi xayot tarzining shakllanib borishi axolining bir qismini Amudaryoning quyi xavzasida, dexqonchilikka qulay joylarda o‘troq xayot kechirishga majbur etardi. Ana shunday xayot tarziga moyil ibtidoiy jamoalarning izlari qadimgi Xorazm tarixida Amirobod madaniyati nomi bilan ataladi. Amirobod madaniyatiga doir yodgorliklar 1940 yilda S.P.Tolstov tomonidan Janubiy qoraqlpog‘istonda Amirobod kanali etaklaridagi ko‘chma qum bosgan taqirliklarda birinchi bor topib o‘rganilgan. 1957 yilda S.P.Tolstov raxbarligidagi arxeologik qidiruv guruxi Amirobod kanali etaklaridan qadimgi o‘zan bo‘ylab yana o‘nlab punktlarda o‘sha zamon qishloq izlarini topdi. qadimgi qishloq xarobalari ilk feodal davriga oid Yakka-Parson ko‘shki atrofida joylashgan edi. S.P.Tolstov Amirobod madaniyatiga tegishli makonlardan eng kattasini Yakka-Parson-2 deb atadi. Olim bu makonlardan topilgan arxeologik ashyoviy dalillar yil sanasining miloddan avvalgi X-VIII asrlarga oidligini isbotladi.


Yakka-Parson-2 makoni atrofida ekin dalalari, ariq va kanallarning izlari saqlangan. Ushbu makonda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar vaqtida 20 dan ortiq yarim erto‘la shaklidagi uy qoldiqlari ochilgan. Uylarning maydoni 100 va 150 m.kv gacha bo‘lgan. S.P.Tolstov ta’biri bilan aytganda, bu uylarda Amirobod madaniyati jamoalarining oilalari yashagan. Makon va kulba maydonida ko‘plab sopol parchalari, metall buyumlar va xar xil taqinchoqar uchraydi. Sopol sirtiga chizma naqsh solingan. Naqshlar ustidan qizil rang berilib, usti pardozlangan. Metall buyumlari asosan o‘roq, pichoq, jez oyna, igna, bigizlardan iborat bo‘lib, ular tosh qoliplarda quyilgan. Olimlarning kuzatuviga ko‘ra, bu davr sug‘orish inshoatlari keng va sayoz kanallardan iborat bo‘lib, ularning cheti dambalangan. B.V.Andrianovning xisobiga ko‘ra, bu davrda qadimgi davr sug‘orish inshoatlarining asosi yaratilgan.
Bu davr ijtimoiy xayoti va diniy tasavvurlarini o‘rganishda shu davrning klassik yodgorligi Tagisken aloxida diqqatga sazovordir. Tagisken tepaligi Sirdaryoning quyi oqimidagi Inqor daryosining o‘ng soxilida joylashgan Amirobod madaniyatiga tegishli mavzoley edi. Tagisken tepaligida 20 ga yaqin xar xil kattalikdagi mozor-qo‘rg‘onlar joylashgan. Bu mozor-qo‘rg‘onlar ikki davrga oid bo‘lib, ulardan 5 tasida arxeologik qazishmalar o‘tkazilgan. Shulardan 4 tasi so‘nggi bronza davriga, bittasi esa miloddan avvalgi VI-V asrlarga oid saklarning mozoriga tegishlidir.
So‘nggi bronza davriga oid mozor-qo‘rg‘onlar asosan xom g‘ishtdan qurilgan mavzoley tipidagi xilxonalar (go‘rxonalar) bo‘lib, ularning xar biriga yopishtirilib yoki yaqin qilib xilxona qilingan. Bir mavzoley atrofida ana shunday qabrlardan 7 ta, boshqa birida 6 ta, uchinchisining atrofida 3 ta qabr ochildi. Shu erda o‘rganilgan mozor-qo‘rg‘onlarning eng kattasi oltinchi mavzoley bo‘lib, uning asosi kvadrat shaklida, ustki qismi esa gumbazsimon qilib yopilgan. Bu mavzoley bir qarashda juda ulkan qora uyni eslatadi. Uning ichki maydoni 50 m.kv. bo‘lib, bino 1,5 metr er ostiga tushirilgan. Asosiy kvadrat, usti esa doira shaklida qad ko‘targan. Mavzoleyning atrofi qalinligi 4 metrgacha bo‘lgan g‘isht devor bilan o‘rab olingan. Bu tashqi devor bilan bino devori oralig‘ida yo’lak bo‘lib, uning kengligi 2 metr keladi. xilxonaning devori ichkarisidan qamish bilan o‘rab olinib, uning ustidan gilam yopilgan. xilxona poliga bo‘yra to‘shalgan. Mavzoleyning gumbazsimon tomi xam yog‘och karaks va qamish bilan yopilgan. qolgan uchta mavzoley xam qurilish rejasi jixatidan xuddi oltinchi mavzoleyga o‘xshash bo‘lib, faqat xajm jixatidan undan kichikroq bo‘lgan. Barcha mavzoleylarga sharq tomondan kirilgan. Mavzoleylarga yopishtirilib qurilgan qabrlar esa ularning shimoliy va janubiy tomonlarida joylashgan. Bu manzara xamma mavzoleylarga xos bo‘lib, ularga kirish eshiklari quyoshga qaratilgan. Mavzoleylarning bu tartibda qurilishi qadimgi Xorazm va Orolbo‘yi qabilalarining diniy e’tiqodi bilan bog‘liq edi.
Mavzoleylarda o‘tkazilgan arxeologik izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, ularning deyarli xammasi o‘z vaqtida o‘g‘irlangan. Masalan, oltinchi mavzoleyni olib ko‘raylik. Mavzoleyning xom g‘ishtdan ishlangan me’moriy asosi saqlangan xolda uning qamishdan yopilib, usti somonli loy bilan shuvalgan tomi, ichkarisidagi devorga yopishtirilgan qamishlar yonib ketgan. S.P.Tolstov ushbu manzarani ko‘rib, bu fakt kremasiyani (murdani kuydirish) eslatadi deb xulosa chiqargan. Mavzoley o‘z xajmi jixatidan Samarqanddagi Go‘ri Amirdan qolishmas edi.
Oltinchi mavzoley o‘g‘irlangan bo‘lishiga qaramay, uning go‘rxona va yo’laklaridan juda ko‘p predmetlar topib olindi. Biroq qimmatbaxo matolar-oltin, kumush va asl toshlardan ishlangan predmetlar, devorlarga qoqilgan gilamlar o‘g‘irlab ketilgan. Faqat qimmati jixatidan o‘g‘rilarni qiziqtirmagan yoki shoshilinch o‘g‘irlash davrida tushib qolgan ba’zi bir ashyoviy dalillargina qolgan. Bizningcha o‘g‘rilar ketish oldidan mavzoleyga o‘t qo‘yib yuborgan bo‘lsa kerak. Chunki Tagisken mavzoleyi tomini yopish uchun ishlatilgan yogoch va qamishlar to‘la kuyib ketmagan. Bundan tashqari quyib ketmagan odam skeletlar xam mavzoleylarda uchratilmadi. Extimol, murdalar aloxida kremasiya xonasida kuydirilib, ularning kuli dafn etilgan bo‘lishi mumkin. Mavzoleydan 60 ta idish-tovoqcha, ko‘zacha va xurmachalar topib olindi. Ularning sirtiga geometrik naqsh berilgan. Ayrim idishlarning gardishi bo‘ylab yupqa oltin qoplama yopishtirilgan. Mavzoleydan 100 dan ortiq bronza mixlari xam topildi. Ular yordamida go‘rxona devorlariga gilamlar osilgan. Yana bir necha oltin bezaklar, boshiga yupqa oltin qoplama quyilgan mis mixlar, tosh munchoq va oltin sirg‘alar, bronzadan ishlangan bir necha kamon o‘q uchlari-paykanlar topib olindi. Bularning ko‘pchiligi mozor o‘g‘rilari olib ulgurmagan yoki yo’qotgan ashyoviy dalillar edi. Chunki ular mozorda o‘z joyida turmagan.
Mavzoley o‘zining salovati va ichki mazmuniga ko‘ra o‘sha zamon qabila oqsoqolining mozori bo‘lgan. U erga oqsoqol bilan birga uning oilasi va oila a’zolari, xizmatkorlari dafn etilgan. Beshinchi mavzoley shimol tomondan yopishtirilib bir mozordan 40 ta bir-biridan chiroyli sopol idishlar, oltin sirg‘a va munchoqlar topildi. Extimol, bu mozor urug‘ oqsoqoli oilasining qabri bo‘lsa kerak.
S.P.Tolstov Tagisken mavzoleylaridan topilgan ashyoviy dalillarni xar taraflama taxlil qilib, Tagisken tepaligining eng qadimgi mozorlari miloddan oldingi X-VIII asrlarga oiddir degan xulosaga keldi. Darxaqiqat, xuddi shunga o‘xshash va unga yaqin manzara beruvchi mavzoleylar qipchoq cho‘li bo‘ylab keng tarqalgan va ular Oltoy va Janubiy Sibirda xam uchraydi.
Miloddan avvalgi X-VIII asrlar Markaziy Osiyo chorvadorlari xayotida tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz bergan davr bo‘lib, ular emirilib borayotgan ibtidoiy jamoa zaminida mulkiy tengsizlik sinfiy tabaqalanish jarayonining faollashganligidan dalolat beradi. Xuddi shu davrda chorvador qabilalar xayotida yarim ko‘chmanchi va ko‘chmanchi xayot tarzining faol shakllanib borishi, dexqonchilik zonalarida esa sun’iy sug‘orish tizimining kanallar va ariqlar qurish asosidagi rivoji kuzatiladi. Bu manzara, albatta, ibtidoiy jamoa tuzumi zaminida xarbiy-demokratiya prinsiplari asosida qurilgan dastlabki davlatlarni paydo bo‘lishidan darak beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:



Download 193.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling