Mavzu: Energetika ittifoqi va iqlim yo’nalishida Yevropa tizimi


Download 347.8 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi347.8 Kb.
#1329391
  1   2   3
Bog'liq
Ben Accounting

Mavzu: Energetika ittifoqi va iqlim yo’nalishida Yevropa tizimi

IHTT mamlakatlarida birlamchi energiya isteʼmoli tarkibida jiddiy oʼzgarishlar sodir boʼldi. Jumladan, 2009-2019 yillarda birlamchi energiya isteʼmoli tarkibida koʼmir va atom energiyasi ulushi tegishlicha 19,5%dan 13,8%ga va 9,5%dan 7,6%ga qisqarib, tiklanadigan energiya manbalari ulushi 2,0%dan 7,2%gacha oshdi (a-rasm). Bu davrda IHTT mamlakatlarida muqobil energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektrenergiya miqdori 3,3 martaga oshib, 1616,8 TVt-soatga tenglashdi. Xususan, 2019 yilda elektrenergiya ishlab chiqarish tarkibida jami tiklanadigan energiya manbalari ulushi 14,6%ni, shundan shamol energiyasining ulushi 7,6% va quyosh energiyasi ulushi 3,5%ni tashkil etdi


(a-rasm
(b-rasm
IHTT mamlakatlarida
birlamchi energiya isteʼmoli
tarkibining oʼzgarishi, %
IHTT mamlakatlarida
elektrenergiya ishlab chiqarish
manbalari tarkibi, 2019 y

АQShda “yashil energetika” barqaror iqtisodiy oʼsishni taʼminlash,

АQShda “yashil energetika” barqaror iqtisodiy oʼsishni taʼminlash,

sohada texnologik yetakchilikni belgilash omili siftida qaraladi. АQShda “yashil energetika”ni rivojlantirish va qoʼllab-quvvatlash siyosati 1970-yillardagi neftь inqirozi davridayoq boshlangan. Mamlakatda energiyamanbalarini diversifikatsiyalashni ragʼbatlantirish masalasi ilk bor 1975 qabul qilingan “Energetika siyosati va energiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi qonunda (United States. Energy Policy and Conservation Act, 1975) oʼz ifodasini topdi. Qonunga muvofiq 1978 yildan davlat tashkilotlariga muqobil energiyani xarid qilishlari majburiyati yuklandi

1992 yilda qabul qilingan “Energetika siyosati toʼgʼrisida”gi qonun (United States, Energy Policy Act) ustun darajada muqobil energetika texnologiyalarini tijoratlashtirishga va bozorlarga kirib borishdagi toʼsiqlarni qisqartirishga yoʼnaltirilgan edi. Mazkur qonun muddati bir necha bor uzaytirilib, 2012 yilda muqobil energetika sohasini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha soliq imtiyozlari koʼpaygandan keyin oʼz kuchiniyoʼqotdi. 2005 yilda esa hukumat tomonidan muqobilenergiyani isteʼmol qilish minimumi toʼgʼrisidagi qonun qabulqilindi. Hozirgi vaqtda АQSh federal hukumati elektrenergiyaning 7,5%ini shamol energiyasidan oladi


Download 347.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling