Mavzu: eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi


Pestalotsining ijtimoiy-pedagogik va falsafiy qarashlari


Download 29.49 Kb.
bet5/8
Sana22.06.2023
Hajmi29.49 Kb.
#1646785
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA

Pestalotsining ijtimoiy-pedagogik va falsafiy qarashlari. Pestalotsi o’z xalqini oyoqa turg’azishni orzu qildi, u mexnatkashlarni o’qitish va tarbiyalash yo’li bilan ularning turmushini o’zgartirish mumkin, deb o’yladi. U xalq boshiga tushgan kulfatlarning manbai iqtisodiy sharoit emas, balki ma’rifatning yo’qligi deb bildi.
Pestalotsi hamma odamlar tarbiya va ilm olish xuquqiga ega bo’lishi lozim, maktablar jamiyatni ijtimoiy jixatdan o’zgartirishning muhim vositalaridan biri bo’lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, har bir kishining xaqiqiy insoniy kuchlari harakatga kelib, mustaxkamlangandagina eng muhim ijtimoiy masalalar xal qilinadi. Bunga tarbiya yo’li bilan ham erishish mumkin.
Pestalotsining fikricha, mexnat odamni tarbiyalash va o’stirishning eng muhim vositasidir, mexnat odamning jismoniy kuchlarinigina emas, shu bilan birga, aqlini ham o’stiradi, shuningdek, unda axloq ham tarkib toptiradi. Mexnat bilan shug’ullanayotgan odam mexnatning jamiyat xayotida juda katta ahamiyati bor degan ishonch tug’iladi, bunday ishonch esa odamlarni axil va mustaxkam ijtimoiy ittifoq qilib, bir-biriga bog’lovchi eng muhim kuchdir.
Pestalotsining fikricha, bilish sezgi organlari orqali idrok qilishdan boshlanadi va tasavvurlarni qayta ishlash yo’li bilan g’oyalar darajasiga ko’tariladi, g’oyalar esa, garchi ravshan bo’lmasa ham odamning ongida tarkib toptiruvchi kuch tariqasida mavjud, lekin o’zining namoyon bo’lishi va jonlanishi uchun sezgilar yetkazib beruvchi materialga muxtojdir.
Pestalotsining dunyoqarashi insonparvarlik ruxi bilan, demokratik intilishlar ruxi bilan sug’orilgan hamda ba’zi bir materialistik da’volarni va dialektik qoidalarni o’z ichiga olgan edi.
Tarbiyaning maqsadi va moxiyati. Pestalotsining fikricha, tarbiyaning maqsadi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirish, o’stirganda ham har tomonlama va bir-biriga uyg’un ravishda o’stirishdir. Tarbiyaning bolaga ko’rsatayotgan ta’siri uning tabiatiga uyg’un bo’lishi lozim.
Pestalotsi tarbiyaning moxiyati to’g’risidagi tasavvurga asoslanib, tarbiyaning yangi metodlarini — insonning kuchini inson tabiati bilan muvofiqlashtirib, o’stirishga yordam beradigan metodlarni yaratishga intiladi. Bolani tarbiyalashni, deydi u, uning tug’ilgan kunidanoq boshlash lozim: «Bola tug’ilgan soat — unga ta’lim berishning birinchi soatidir». SHu sababli chinakam pedagogika onani to’g’ri tarbiyalash metodlari bilan qurollantirishi kerak. Pedagogika san’ati esa shu metodikani har bir ona, jumladan, oddiy dexqon ayol ham egallab oladigan qilib soddalashtirib berishi lozim. O’llada tabiatga muvofiq qilib boshlangan tarbiya maktabda ham davom ettirilishi lozim.
Barcha insoniy kuchlar va imkoniyatlar eng oddiy narsalardan rivojlana boshlaydi va sekin-asta murakkabroq darajaga ko’tarila beradi. Tarbiya ham ana shu yo’ldan borishi lozim.
Har bir bolaga xos bo’lgan tug’ma kuch va qobiliyatlar ko’rsatklarini tabiiy tartibga muvofiq odam kamolotining abadiy va o’zgarmas qonunlariga muvofiq xolda muntazamlik bilan mashq qildirib, o’stirish kerak.

Download 29.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling