Mavzu: Eng qadimgi quldorlik davlatlarini tashkil topishi. Quldorlik tizimi davridagi urushlar


Download 162.68 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi162.68 Kb.
#1570536
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-вариант-Қулдорлик даври урушлари

O’zbekiston Qurolli Kuchlari tarixini o’rganish;
Talabalarni vatanparvarlik va baynalminalchilik ruhida tarbiyalash, ularni o’z Vataniga sadoqatlilik, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, jangovar quroli va harbiy san’atiga ishonch, g’alabaga intiluvchanlik tuyg’ularini rivojlantirish.


Quldorlik jamiyati - insoniyat tarixida ibtidoiy jamiyat oʻrniga kelgan tuzim. Q.j.da — quldorlar va qullar bilan ayni paytda erkin dehqonlar, hunarmandlar va b. ijtimoiy guruhlar ham mavjud boʻlgan. Eng qad. quldorlik davlatlari (Misr, Shumer) mil. av. 4-ming yillik oxiri — mil. av. 3-ming yillik boshida vujudga kelgan. Q.j. Yunoniston (mil. av. 5—4a.larda) va Qad. Rimda (mil. av. 2-a. — mil. 2-a.) yuksak darajada rivojlangan. Davr oʻtishi bilan bu jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishiga toʻsiq boʻla boshlagan. Qullar qoʻzgʻolonlari quldorlikning yemirilishini tezlashtirgan.
O’rta Osiyo hududlarida eng qadimgi quldorlik
davlatlarini tashkil topishi.


Mamlakatimiz xududida eng qadimgi sinfiy mamlakatlarning yuzaga kelish tarixi bo’yicha O’rta Osiyo muhim o’rin egallaydi. Eramizgacha III-II ming yilliklardayoq O’rta Osiyo davlatlari bilan old Sharq davlatlari O’rtasida ayrim munosabatlar mavjud bo’lishiga qaramay, O’rta Osiyoda Nil vodiysi, Janubiy Mesopatamiya va boshqa joylardagi davlatlar ko’rinishidagi davlatlar bor-yo’qligi to’g’risida xozircha xech qanday ma’lumot uchragan emas. Bu albatta tasodifiy emas, O’rta Osiyo xududlarida dastlabki sinfiy jamiyatlarning iqtisodiy asosi bo’lib xizmat qiluvchi voha dehqonchiligi o’z xususiyatiga old Sharq taraqqiyoti voha dehqonchiligidan farq qiladi. Daryolarning muntazam toshib turishi, o’zidan keyingi hosildor loyqa qatlamni qoldirishi tufayli old Osiyoda sug’orish ishlarini olib borish uchun birinchi (bronza) singari ma’dandan yasalgan mehnat qurolidan foydalanish imkoni tug’ildi.






O’rta Osiyo sharoitlarida esa birinchi mehnat quroli yordamida katta dar--yolardan ekin maydonlariga suv xaydab kelishi albatta, imkoniyatdan tashqari gap edi. O’rta Osiyoda aholi temir ma’danidan keng foydalana boshlagandan keyingina yirik sug’orish tuzilmalarini yaratishi mumkin bo’ldi.
Bu temir qurollar paydo bo’lishining yirik sug’orish (irrigatsiya) tuzulmalari va shahar ko’rinshidagi yirik manzilgoxlarning yaratila boshlanishi, arxeologik ma’lumotlar isbotlab turibdi.
O’rta Osiyo xududlarida birinchi ijtimoiy-iqtisodiy tuzimining inqirozga uchrashi va dastlabki davlatlarning bunyodga kelish davri xaqida muhim ma’lumotlar bor. Masalan, Hozirgi O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining «Muqaddas kitob» deb nom olgan, «Avesto» da ana shunday ma’lumotlarni uchratish mumkin. Kitobda kohinlar, jangchilar, dehqonlar va xunarmandlar xaqida so’z ketadi. Olovga ishonuvchi koxinlar tabaqasi, jangchilar tabaqasi, dehqonlar tabaqasi to’g’risida, bir necha bor eslatib o’tiladi. Quldorlik jamiyati kishini, kishi tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga asoslangan, birinchi sinfiy jamiyatdir. Bu jamiyat shunisi bilan tavsifga loyiqki, quldorlar va qullar asosan qarama-qarshi sinflar bo’lib, ular O’rtasidagi doimiy kurash, mazkur jamiyat tarixini harakatga keltiruvchi kuch bo’lib kelgan. Demak, ana shu sinfiy kurash tufayli jamiyatning butun tuzilishi iqtisodiy, xuquqiy normalar, turmushi, urf-odati, texnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi va ijtimoiy qarashlari to’la kuch bilan namoyon bo’lgan.
O’tmishdan ma’lumki, eng qadimgi ilk quldorlik davlatlari bu milloddan avvalgi, IV-III ming yilliklarda vujudga kelgan Mesopotamiya va Misr hisoblanib, qolgan xududlarda esa ancha keyinroq, ya’ni VIII-III asrlarda vujudga kelgan va rivojlangan.
Shuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy jamoa tuzumidagi mulkdor qabila boshliqlari bilan, oddiy jamoa a’zolari O’rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi natijasida quldorlik tuzumi va quldorlik davlatlari yuzaga kelgan.
Bu tuzumda qullikning 3 xil asosiy xususiyatlari mavjud bo’lgan:
1. Qul bir yoki bir necha xo’jayinnning shaxsiy mulki hisoblangan.
2. Qul ishlab chiqarish vositalarga ega bo’lmagan.
3. Qul eskpluatatsiyaga noiqtisodiy yo’l bilan majbur etilgan.
Markaziy Osiyoda, milloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlarida, yirik quldorlik davlatlari Baqtriya, So’g’d, Xorazm paydo bo’ldi, hamda ular Rim va Gretsiyaga nisbatan bir muncha boshqacha yo’ldan rivojlanib bordilar.
Agar Gretsiya va Rimda qulchilik munosabatlari ijtimoiy taraqqiyotning eng yuqori cho’qqisiga ko’tarilgan va ijtimoiy turmush tarzi to’la tarzda belgilangan bo’lsa, markaziy Osiyoda uning aksini ko’ramiz. Bu erda qulchilik sifatida mavjud bo’lsada, jamoa mavqei katta bo’lganligidan u taraqqiyotning yuqori darajasiga ko’tarila olmagan.
Markaziy Osiyoning o’ziga xos tabiiy, geografik va xo’jalik iqtisodiy sharoitlari, xususan bu erda sug’orma dexqonchilik madaniyatining ustunligi qullar mehnatiga nisbatan, dehqonlar mehnatini ustunroq mavqeida bo’lishini ta’minladi. Chunki dehqon ko’p ishlasa, ko’p hosil etishtirsa, ko’p daromad va foyda oladi. Qul esa ishlasa-ishlamasa xo’jayin beradigan bir burda non uchun o’zgarmas nasibaga ega bo’lgan. Shu boisdan, Markaziy Osiyoda qulchilik Misr, Gretsiya, Vaviloniya singari davlatlardagidek sinfiy jamiyat darajasida rivojlanmagan. Ammo XX asr boshlarigacha ham bu erda qul savdosi davom etganligini aloxida ta’kidlash lozim. Yozma manba’larda qadim zamonlarda, Amudaryo, Sirdaryo-Yaksart va Zarafshon esa Politimit deb atalgan. Markaziy Osiyoning keng xududlarida yashagan xalqlar u zamonlarda Skiflar nomi bilan yuritilgan. Skiflar tarixi to’g’risida yunon muarrixlari juda qimmatli ma’lumotlar berdilar. Jumladan, Pompey Tron skiflarni dunyodagi eng qadimiy xalqlardan biri deb hisoblaydilar, «Qadimiylikda ular misrliklar bilan baxslashadilar». «Skif» so’zi xalqning aniq nomi emas, balki ularning turmushining sifatlovchi ma’noni anglatgan. Yaqin o’tmishlarga qadar ham dasht va sahrolarda yashovchi xalqning maishiy turmushini anglatuvchi «Saqrat», «Sartlar» kabi iboralar ishlatilib kelinganligi tarixda sir emas.



Download 162.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling