VII asr birinchi yarmida Islom g'oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o'z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz hamda Shimoliy Afrikada joylashgan bir qancha mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi. Arablarning Movarounnahrdagi g'alabasidan so'ng barcha mustamlaka mamlakatlar qatori u erda ham Islom dinining asoslari xususida ma’lumot beruvchi muqaddas kitob- «Qur’on» tili- arab tilini o'rganish joriy etildi. Diniy ulamolaming maxsus ko'rsatmalariga muvofiq muqaddas kitobni boshqa tillarga tarjima qilish ta’qiqlandi. Shu bois musulmon maktablarida asosiy manbaning tili hamda fan sifatida arab tilining o'qitilishi yo'lga qo'yildi. Mavjud fanlarning asoslari arab tilida o'rganila boshlandi. Arab xalifaligi tasarrufiga olingan barcha mamla katlarda masjidlar qoshida maxsus maktablar tashkil etildi.

Do'stlaringiz bilan baham: |