REJA: - REJA:
- Eritmalar xakida umumiy tushuncha.
- Kolloid eritmalar.
- Eritmalar kontsentratsiyasini ifodalash usullari.
- Tuyingan eritma va eruvchanlik.
- Eritmalarning xossalari.
- Osmotik bosim- qonunlari
- Eritmalarning bug’ bosimi.
- Eritmalar. Dispers sistemalar. Eritmalarning xossalari. Osmos xodisasi. Vant-goft va raul qonunlari
Eritmalar xakida umumiy tushuncha. - Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi. O’z agregat holatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi.
- Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddaning protsent mikdori 0 dan 100% gacha buladi. Masalan: N3 SO4 C2 H5 OH lar suvda chegarasiz eriydi.
- Lekin juda ko’pchilik moddalarni temperaturada ma‘lum chegaraga qadar eriydi. Masalan: uy temperaturasida osh tuzi suvda eriganida uning miqdori 26, 48% dan ortmaydi.
- Eritmalarning fizik xossalari t, qaynash erigan modda miqdori ortuvi bilan o’zgaradi. Eritmalarning ximiyaviy xossalari eruvchi modda miqdori ortishi bilan kam o’zgaradi. Eritmalar ionli va jonsiz tabiat uchun muhim ahamiyatga ega, ayniqsa fan va texnika katta rol oynaydi. Hayvon va o’simlik organizmidagi fiziologik protsesslar, sanoatda olinadigan ishqorlar asosan eritmalarda sodir bo’ladi.
Kolloid eritmalar. - Kristallik tuzilishga ega bo’lgan moddalar kristalloidlar deb, amorf massa hosil qiladigan moddalar kolloidlar deb ataladi. Kolloid grekcha «kolla» so’zidan olingan bo’lib yelim demakdir. Kristalloidlar osh tuzi, shakar va boshqalar misol bo’la oladi. Kolloidlarga esa yelim, jelatina, tuxum oqi va boshqalar misol bo’la oladi. Keyingi vaqtda kolloidlar deb optik mikroskop bilan ko’rinmaydigan zarrachalarga aytilmoqda. Zarrachalar razmeri 1 panometrdan 400 ponometrgacha bo’lgan moddalar holatiga (1 ponometr = 10-2 metr = 10-7 santimetr) moddelarning kolloid holati deb aytiladi.
- Bir modda ikkinchi modda ichida ma‘lum darajada mayda zarrachalar holida taqsimlangan har qanday sistema dispers sistema deb ataladi (dispers grekcha «disperg» so’zidan olingan bo’lib tarqatmoqda). Maydalangan modda sistemaning dispers fazosi deb, uni urab olgan modda esa dispertsion muhit deb ataladi. Masalan: gilning suvdagi suspenziyasida gil zarrachalari dispers fazoni, suv esa disperzitsion muhitni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |