Mavzu: Erkaklar shimi namunasini tayyorlash
ShIM TAQILMASIGA IShLOV BERISh
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
12-AM Shim tikish 17f82028a19beb1e6008f292b9e0db7e
ShIM TAQILMASIGA IShLOV BERISh
Shim taqilmasi tugmali yoki «molniya»li bo‘lishi mumkin. Òugmali taqilmada dastlab taqilmaning gulfigi (tugma solinadigan joyi) va tugma joyi (tugmalar chatiladigan joy) tikiladi. Hozirgi vaqtda shim taqilmasiga asosan «molniya»li taqilma bilan ishlov berish amalga oshiriladi (3-rasm). Bunda tugma joyiga qotirma qo‘yilmaydi, gulfik o‘rniga asosiy gazlamadan mag‘iz qo‘yiladi. Òugma joyiga astar qo‘yib, tashqi qirqimi ag‘darma chok bilan tikiladi. Detal o‘ngiga ag‘dariladi va asosiy detaldan 0,2 sm ziy hosil qilib dazmollanadi. Òugma joyining ichki qirqim tomoniga «molniya» tasmaning bir tomoni qo‘yiladi va astar, avra hamda tasma qirqimlari yo‘rmalanadi (3-rasm, a). Òugma joyi «molniya» tasma bilan birga shim old bo‘lagining o‘ng tomoniga biriktirib tikiladi. Chok haqi asosiy detal tomonga yotqizib dazmollanadi va o‘ng tomondan bostirib tikiladi (5.3-rasm, b). Old bo‘lak mag‘izining ichki qirqimi maxsus mashinada yo‘rmalanadi. Mag‘izni, o‘ngiga belgilangan chiziq bo‘ylab, «molniya» tasmasini ikkinchi tomoniga qo‘yib bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator tasma chetidan 0,2 sm oraliqda yuritiladi (3- rasm, c). Shim old bo‘lagi chap tomoniga mag‘izni qo‘yib, uqani qo‘ygan holda ag‘darma chok bilan tikiladi. Mag‘izni shim teskarisiga ag‘darib, asosiy detaldan 0,2 sm ziy hosil qilib dazmollanadi va belgilangan chiziq bo‘ylab taqilmaning o‘ngidan baxyaqator yuritiladi (3-rasm, d). 3-rasm. Shim taqilmasiga «molniya» tasma qo‘yib tikish. Jun va ip gazlamalardan shim tikishga sarflanadigan vaqtni kamaytirish uchun, shimning tugma joyi va gulfigi old bo‘laklar bilan birga yaxlit bichiladi. Natijada tugma joyini va gulfikni old bo‘laklarga ulash operatsiyalari hamda bu bilan bog‘liq ko‘pgina keyingi operatsiyalar qisqarib ketadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling