Mavzu: Erkaklar shimi namunasini tayyorlash


ShIM TAQILMASIGA IShLOV BERISh


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1535470
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-AM Shim tikish 17f82028a19beb1e6008f292b9e0db7e

ShIM TAQILMASIGA IShLOV BERISh
 
Shim taqilmasi tugmali yoki «molniya»li bo‘lishi mumkin. Òugmali taqilmada dastlab 
taqilmaning gulfigi (tugma solinadigan joyi) va tugma joyi (tugmalar chatiladigan joy) tikiladi. 


Hozirgi vaqtda shim taqilmasiga asosan «molniya»li taqilma bilan ishlov berish 
amalga oshiriladi (3-rasm). Bunda tugma joyiga qotirma qo‘yilmaydi, gulfik o‘rniga asosiy 
gazlamadan mag‘iz qo‘yiladi. 
Òugma joyiga astar qo‘yib, tashqi qirqimi ag‘darma chok bilan tikiladi. Detal o‘ngiga 
ag‘dariladi va asosiy detaldan 0,2 sm ziy hosil qilib dazmollanadi. Òugma joyining ichki qirqim 
tomoniga «molniya» tasmaning bir tomoni qo‘yiladi va astar, avra hamda tasma qirqimlari 
yo‘rmalanadi (3-rasm, a). 
Òugma joyi «molniya» tasma bilan birga shim old bo‘lagining o‘ng tomoniga 
biriktirib tikiladi. Chok haqi asosiy detal tomonga yotqizib dazmollanadi va o‘ng tomondan 
bostirib tikiladi (5.3-rasm, b). Old bo‘lak mag‘izining ichki qirqimi maxsus mashinada 
yo‘rmalanadi. Mag‘izni, o‘ngiga belgilangan chiziq bo‘ylab, «molniya» tasmasini ikkinchi 
tomoniga qo‘yib bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator tasma chetidan 0,2 sm oraliqda yuritiladi (3-
rasm, c). 
Shim old bo‘lagi chap tomoniga mag‘izni qo‘yib, uqani qo‘ygan holda ag‘darma chok 
bilan tikiladi. Mag‘izni shim teskarisiga ag‘darib, asosiy detaldan 0,2 sm ziy hosil qilib 
dazmollanadi va belgilangan chiziq bo‘ylab taqilmaning o‘ngidan baxyaqator yuritiladi (3-rasm, 
d). 
3-rasm. Shim taqilmasiga «molniya» tasma qo‘yib tikish.
 
Jun va ip gazlamalardan shim tikishga sarflanadigan vaqtni kamaytirish uchun, 
shimning tugma joyi va gulfigi old bo‘laklar bilan birga yaxlit bichiladi. Natijada tugma joyini 
va gulfikni old bo‘laklarga ulash operatsiyalari hamda bu bilan bog‘liq ko‘pgina keyingi 
operatsiyalar qisqarib ketadi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling