Mavzu: Erkin elektronlarning metallarda mavjudligining tajribada tasdiqlanishi. Elektronlarning tartibli harakat tezligi
Moddalar elektr o`tkazuvchanlik xossasiga qarab o`tkazgichlar, yarimo`tkazgichlar, dielektriklarga ajratiladi. O`tkazgichlarga barcha metallar, suyuq elektrolitlar, ionlashgan gazlar kiradi. Bundan tashqari vakuumli elektron asboblarida elektr toki termoelektron emissiya tufayli metallardan ajralib chiqqan elektronlar oqimidan hosil bo`ladi. Ana shunday muhitlardagi, xususan: metallardagi, elektrolitlardagi, gazlardagi, vakuumdagi va yarimo`tkazgichlardagi elektr tokining tabiati va ularning xossalari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |