Mavzu: eset nod32 vs kaspersky
Download 86.17 Kb.
|
mavzu3
Mavzu: ESET NOD32 vs KASPERSKY Ayting-chi, siz qaysi antivirusdan foydalanasiz? Kompyuterni sal-pal tushunganlar darrov sizga o'zlari foydalanadigan antiviruslarni taklif etishadi, ba'zi bezroqlari esa so'rab o'tirmasdan o'rnatib ham berishadi. Kimdur ESET NOD32 ni maqtasa, boshqalar Kaspersky ni "eng zo'ri" deyishadi. Quyida men sizga bu ikki antivirus haqida o'zimni xolis fikrim keltiraman. Antiviruslar 5 ta parametr bo'yicha solishtiriladi: 1.Dizayni 2.Ishlash va virus qidirish tezligi 3.Qo'shimcha imkoniyatlari 4.Viruslar bazasi imkoniyatlari 5.Moliyaviy qismi 1. Bu ikkala antivirus ham zamonaviylashgani sari dizayn jihatdan soddalashib borishgan, ortiqcha, foydalanuvchi tushunmaydigan, ko'p qo'llanilmaydigan funksiyalar ko'zdan panaga berkingan. ESET NOD32 va Kasperskyning dizayni boshqa antivuruslarga nisbatan ancha sodda va tushunarli. Kerakli narsalarni topish sizga u qadar qiyinchilik tug'dirmaydi. "Qidiruv" funksiyalarining oldi oynalarda joylashgani bu antiviruslardan foydalanishda ancha yengillik yaratadi. Boshida Kasperskyda qizil rang juda ko'p ko'zga tashlanardi, qizil hoshiyalar, qizil tugmalar va shu kabi belgilar Kasperskyning asl dizayni edi. Lekin, vaqt o'tgan sari Kaspersky imkon qadar och yashil rangga o'zgartirdi. NOD32 esa boshidan shu rangda edi. 2. NOD32 – Kasperskyga nisbatan tez ishga tushadi va tizimga yuklamasi har daqiqa kamayib boradi, yangilanish olib turganda foydalanuvchi deyarli sezmaydi, turli xato yoki shu kabi holatlarda esa soddagina yozuvlarni aks etadi. Kasperskyda esa aksincha, foydalanuvchi qancha ko'p fayllarni ochsa shuncha tizimni og'irlashtiradi, agarda biror bir xato yuzaga kelsa yoki kompyuter internetga ulanmagan bo'lsa – "voxima" solishni boshlaydi. Qidiruv tizimiga kelsak, ESET – Kasperskyga qaraganda tez qidiradi, lekin samarasi jihatidan nisbatan past hisoblanadi. Kaspersky juda uzoq vaqt tekshiradi, lekin nisbatan ko'proq xatarli fayllarni topadi. Shunga yarasha tizim yuklanadi va qotadi. 3.ESET da tashqi portlarni (fleshka portlari, diskovod) bloklash imkoniyati mavjud, qo'shimchasiga yangi versiyalarni tarmoqni ko'proq nazorat qilish imkonini beradi. Kasperskyda esa tizimni qayta tiklash, bulutli himoya va shu kabi noodatiy imkoniyati mavjud. 4.Yangilanish (Обновление) ni olishi bo'yicha Kaspersky juda katta masalani oldinga qo'yadi – Litsenziya masalasi! Agarda NOD32 ning eski versiyalari hech qanday litsenziyasiz viruslar haqida axborotlarni yangilasa, Kasperskyda bu juda qiyin masala, hatto eski versiyalari ham bazani yangilash uchun litsenziyali kalitni talab qiladi, aks holda qidiruv tizimi samarasi ishlaydi, ko'p holatda shunchaki ishlamaydi! Bundan tashqari, ESET ning eski versiyalariga yangilanishni qo'lda kiritib, internetsiz joylarda ham undan foydalanishni imkoni bo'lsa, Kasperskyda bu ishni amalga oshirish juda juda qiyin, amalga oshirganingizda ham samaradorlik darajasi ESETga qaraganda ancha past bo'ladi! 5.Endi gap litsenziyali kalitni sotib olish haqida ketadi! Yangi chiqayotgan ESET antiviruslari huddi Kaspersky kabi foydalanuvchi litsenziyali kalitni olmagunicha bazani yangilashga, viruslarga tekshirishga imkon bermaydi. Lekin ESETning ustun tomoni shundaki, uning kalitlarini bemalol internetdan tekinga topsangiz bo'ladi (to'g'ri faqat 1 oy muddatligini, xolos). Kasperskyning kalitlarini ham internetdan topishingiz mumkin, lekin ESETdan farqli ravishda kalitlar qalbakiligi tezda fosh bo'ladi va antivirus litsenziyali kalit qo'ymaguningizcha ish faoliyati samarasini kamaytiradi yoki kalit qalbakiligi haqidagi e'lonini chiqaraverib sizni "qon" qiladi! Download 86.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling